U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika


Download 1.93 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/85
Sana03.11.2023
Hajmi1.93 Mb.
#1744533
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85
Bog'liq
49997 (3)

 
 


22 
TURSUN ABDURAHIMOVICH AZLAROV 
 
1938-yilda Toshkent shahrida tug„ilgan. 1955-yilda 
o„rta maktabni a‟lo baholarga tamomlab, 1955-yili 
ToshDUga (hozirgi O„zMU) matematika ixtisosligi 
bo„yicha o„qishga qabul qilindi va 1960-yili oliygohni 
imtiyozli diplom bilan tamomladi. 1960‒1963-yillarda 
ToshDU da akademik S.H.Sirojiddinov rahbarligida 
aspiranturani 
o„tadi va 1963-yili “Lokal limit 
teoremalarda tekis baholash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini 
himoya qildi. 1963‒1970-yillarda ToshDU da katta o„qituvchi, dotsent, 
1970‒1972-yillarda O„zRFA matematika institutida katta ilmiy xodim, 
1972‒1985-yillarda shu institutning bo„lim mudiri, 1985-yildan ToshDU 
amaliy matematika va mexanika fakulteti umumiy matematika kafed-
rasining mudiri vazifalarida xizmat qildi. 1973-yil S.H.Sirojiddinov 
rahbarligida “Ommaviy xizmat ko„rsatishning matematik nazariyasi 
bo„yicha tadqiqotlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi va 
1974-yilda unga professor unvoni berildi. T.A.Azlarov ehtimollar na-
zariyasining limitik teoremalariga, ommaviy xizmat ko„rsatishning ma-
tematik nazariyasi va uzluksiz funksiyalarni chiziqli musbat operatorlar 
bilan yaqinlashtirish nazariyasiga bag„ishlangan salmoqli ilmiy tadqiqot-
larini olib bordi. Markov zanjirlari uchun statistik masalalar va shunga 
bog„liq amaliy masalalar bo„yicha katta natijalarni qo„lga kiritdi. 
T.A.Azlarov, ilm-fanning rivojlanishiga va tatbiqlanishiga qo„shgan kat-
ta hissasi hamda yuqori malakali matematik mutaxassislarni tayyor-
lashdagi beminnat xizmatlari, samarali ilmiy faoliyati uchun, Abu 
Rayxon Beruniy nomli davlat mukofotiga (1973-y.) sazovor bo„ldi. 
SHOKIR QOSIMOVICH FARMONOV 
 
Taniqli matematik olim, f.m.f.d, professor, O„zbekiston 
Respublikasi FA akademigi, Abu Rayxon Beruniy 
nomli 
O„zbekiston 
Davlat 
Mukofoti 
laureati. 
Sh.Q.Farmonov – O„zbekistonda matematikaning aso-
siy yo„nalishlaridan biri bo„lgan ehtimollar nazariyasi 
va matematik statistika sohasida dunyo miqyosida tan 
olingan 
mutaxassis. 
Sh.Q.Farmonov 
akademik 
S.H.Sirojiddinovning shogirdlaridan biri bo„lib, hozirda ustozi tomoni-
dan tashkil etilgan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika ilmiy 


23 
maktabining rahbaridir. Sh.Q.Farmonov 1941-yil 20-fevralda Farg„ona 
viloyatining Dang„ara tumanida tug„ildi. 1958-yilda Farg„ona davlat 
pedagogika instituti (hozirgi Farg„ona davlat universiteti)ning fizika-
matematika fakultetiga o„qishga kirdi. Ikkinchi kurs oxirida Sh.Q.Far-
monov o„zining dastlabki ilmiy ishini differensial tenglamalar bo„yicha 
professor J.X.Karimov (1909-1993) rahbarligida bajardi. 1961-yilning 
boshida Farg„ona davlat pedagogika institutiga akademik S.H.Sirojid-
dinov tashrif buyuradi va fizika-matematika fakultetining eng faol tala-
balari bilan suhbat o„tkazadi. Bu uchrashuvda keyin Sh.Q.Farmonov 
akademik S.H.Sirojiddinov tavsiyasi va ko„magi bilan Toshkent Davlat 
universiteti (hozirgi Mirzo Ulug„bek nomli O„zbekiston Milliy uni-
versiteti) mexanika-matematika fakultetining II kursiga qabul qilindi. 
1963-yilning aprel oyida V kurs talabasi Sh.Q.Farmonov Bishkek shah-
rida Xalqaro talabalar konferensiyasida qatnashdi va uning “Lokal limit 
teoremada qoldiq hadining baholari” nomli ilmiy ishi I darajali 
mukofotga sazovor bo„ldi. Sh.Q.Farmonovga, 1963-yilda ToshDU ni 
bitirgach, O„zbekiston Fanlar Akademiyasining V.I.Romanovskiy nomli 
Matematika ilmiy tadqiqot institutiga yo„llanma berildi. Shu davrdan 
boshlab uning ilmiy va pedagogik faoliyati shu institut va Mirzo 
Ulug„bek nomli O„zMU bilan chambarchas bog„liq. 1966-yilda 
Sh.Q.Farmonov ustozi akademik S.H.Sirojiddinov ilmiy rahbarligida 
“Markov zanjirlari uchun ba‟zi limitik teoremalar” mavzusida nom-
zodlik, 1973-yilda esa “Markovning bir jinsli zanjiriga bog„langan taso-
difiy vektorlar va miqdorlar yig„indilari uchun limitik teoremalar bo„yi-
cha tadqiqotlar” mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi. 
Sh.Q.Farmonovning asosiy ilmiy izlanishlari zamonaviy ehtimollar 
nazariyasi va matematik statistikaning quyidagi yo„nalishlariga bag„ish-
langan: 
‒ bog„liqsiz va kuchsiz bog„langan tasodifiy miqdorlar va vek-
torlarni qo„shish nazariyasi; 
‒ tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar; 
‒ tayyor mahsulotni statistik qabul nazoratining matematik usullari; 
‒ tasodifiy joylashuvlar (Diskret matematikaning ehtimollik usul-
lari). 
XX asrning 30‒40-yillarida yetuk matematiklar P.Levi, A.N.Kol-
mogorov, A.Ya.Xinchin va B.V.Gnedenkolar harakatlari evaziga bog„-
liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasi yaratildi. Bu nazariyani 
bog„liq tasodifiy miqdorlar uchun umumlashtirish qiyin matematik 
muammo edi. Sh.Q.Farmonovning ilk izlanishlari obyekti ‒ holatlar 


24 
to„plami ixtiyoriy (abstrakt) bo„lgan bir jinsli Markov zanjiriga 
bog„langan tasodifiy miqdorlar yig„indilarining limit taqsimotlarini 
o„rganishdan iborat bo„ldi. U markaziy limit teorema o„rinli bo„lishining 
sodda yetarli shartlarini topdi. Uning yana bir salmoqli natijasi tekis 
ergodiklik (tekis qorishmalilik) shartini qanoatlantiruvchi Markov zanjiri 
uchun Berri-Esseenning klassik tengsizligining analogini isbotlashdan 
iborat. Shuni ta‟kidlash lozimki, bu natijalarning olinishi Sirojiddinov-
Nagaev metodini takomillashtirish bilan bog„liq. Bu takomillashtirish 
Sh.Q.Farmonov tomonidan xarakteristik funksiyalarning analitik usuli 
va chegaralangan funksiyalarning Banax fazosida aniqlangan chiziqli 
operatorlar spektral nazariyasini birlashtirish natijasida ishlab chiqildi. 
Keyinchalik olim tomonidan, birinchi bo„lib, holatlari ixtiyoriy to„p-
lamdan iborat bir jinsli Markov zanjirlari uchun Donsker-Proxorovning 
invariantlik prinsipi va Shtrassen formasidagi (funksional limit teorema) 
takroriy logarifm qonuni o„rinliligi isbotlandi. Mazkur natijalar 
mutaxassislar e‟tirofiga sazovor bo„ldi va ularni o„z ichiga olgan 
maqolalar A.N.Kolmogorov va Yu.V.Proxorov kabi akademiklar 
tomonidan nashrga tavsiya etildi. Akademik Sh.Q.Farmonov 1973-yilda 
“Ehtimollar nazariyasining limit teoremalari va ularning tatbiqlari” 
turkumidagi ishlari uchun Abu Rayxon Beruniy nomli O„zbekiston 
Davlat mukofotiga sazovor bo„ldi (S.H.Sirojiddinov, T.A.Azlarov, 
M.Mamatov bilan birgalikda). Akademik Sh.Q.Farmonovning ilmiy 
izlanishlarida “Tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlar” alohida o„rin 
tutadi. Uning ishlarida bunday jarayonlarning nisbatan murakkab 
bo„lgan modeli, ya‟ni migratsion komponentalarga ega bo„lgan modeli 
o„rganilgan. Oddiy tasodifiy jarayonlardan, ya‟ni evolyutsiyasini hosil 
qilish funksiyasining analitik usuli yordamida o„rganish muammo bo„l-
magan jarayonlardan farqli o„laroq, bunday model “bog„liqsiz tarmoq-
lanish” xossasiga ega bo„lmaydi. Shuning uchun ushbu jarayonlar 
holatlarining taqsimotlarini asimptotik tahlil qilish izlanishlarning yangi 
usullarini qo„llashni talab etdi. Sh.Q.Farmonov o„zi tomonidan klassik 
“momentlar usuli” ning takomillashtirilgan variantidan va sanoqli 
Markov zanjirlarining umumiy nazariyasidan foydalanib, holatga bog„-
liq migratsiyali tarmoqlanuvchi tasodifiy jarayonlarning yetarli darajada 
keng sinfi uchun limit xossalarini aniqladi. Tayyor mahsulotning 
statistik qabul nazorati bilan bog„liq masalalar amaliy matematik 
statistikaning aktual yo„nalishlaridan biri hisoblanadi. Statistik qabul 
nazoratining matematik usullari A.N.Kolmogorov, S.H.Sirojiddinov va 
gollandiyalik matematiklar F.Vander-Varden, A.Xaldlar tomonidan 


25 
ishlab chiqilgan (o„z vaqtida S.H.Sirojiddinov Xalqaro statistika 
instituti (Gollandiya) a‟zosi va birinchilar qatorida, bu institut qoshida 
tashkil etilgan Bernulli Jamiyatining a‟zosi bo„lgan). Sh.Q.Farmonov va 
uning shogirdlari ishlarida “Risk” funksiyasini minimallashtirish 
ma‟nosida optimallik xossalariga ega bo„lgan statistik qabul nazorati 
rejalarining yetarlicha keng sinfining tuzilishi o„rganildi. Bunda, boshqa 
mutaxassislardan farqli o„laroq, mos “Risk” funksiyalari ularga kiruvchi 
iqtisodiy parametrga nisbatan chiziqli bo„lmagan hol o„rganildi. Bu 
izlanishlarda zamonaviy bog„liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo„shish naza-
riyasining usullari va natijalari keng qo„llanildi (markaziy limit teore-
mada yaqinlashish tezligining baholari, bog„liqsiz tasodifiy miqdorlar 
yig„indilari uchun asimptotik yoyilmalar). “Tasodifiy joylashuvlar” 
(Diskret matematikaning ehtimollik usullari) XX asrning 60‒70-yilla-
rida zamonaviy ehtimollar nazariyasi va matematik statistikaning 
alohida yo„nalishi sifatida shakllandi. Bu yo„nalish masalalari va usullari 
mumkin bo„lgan natijalari diskret to„plamli turli stoxastik modellarda 
paydo bo„ladigan tasodifiy jarayonlarni talqin etishda muhim 
ahamiyatga ega. Sh.Q.Farmonov va uning shogirdlari ishlarida mos 
“tasodifiy joylashuvlar” chekli yoki sanoqli polinomial sxemani tashkil 
etgan holda, “bo„sh qutilar” klassik statistik kriteriysi qo„llanilishini 
asoslash bilan bog„liq muammolar o„rganildi. Bunda diskret bog„liq 
tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasiga qarashli “shartli lokal limit 
teoremalar”dan unumli foydalanildi. Ushbu yo„nalish bo„yicha olib 
borilgan izlanishlar natijalari va usullari diskret matematikaning ehti-
mollik usullari bo„yicha Petrozavodskda o„tkaziladigan an‟anaviy 
konferensiyalarda ma‟ruza qilindi (1982, 1996, 2004, 2008 yillar). XX 
asr oxiri va XXI asr boshlariga kelib, Sh.Q.Farmonovning izlanishlari 
“noklassik limit teoremalar” bilan bog„liqdir. Bu teoremalar “klassik” 
teoremalardan bog„liqsiz tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasida 
muhim rol o„ynaydigan “yig„indilarning tekis cheksiz kichiklik sharti”ni 
qatnashmasligi bilan farq qiladi. Xususan, Lindeberg-Feller markaziy 
limit teoremasining noklassik varianti isbotlandi. Ushbu natijani isbot-
lash jarayonida Sh.Q.Farmonov yaxshi ma‟lum bo„lgan Steyn usulining 
yangi takomillashgan variantini taklif etdi, bu usul yordamida kuchsiz 
bog„langan tasodifiy miqdorlar yig„indilarining taqsimoti o„rganildi. O„z 
ilmiy izlanishlari natijalari haqida Sh.Q.Farmonov Rossiya, AQSH, 
Yaponiya, Ukraina, Litva, Vengriya, Polsha, Malayziya, Mongoliya, 
JAR, Kanada ilmiy markazlarida va Fransiya, Shvetsiya, Singapur va 
boshqa davlatlarda bo„lib o„tgan xalqaro konferensiyalarda ma‟ruza 


26 
qildi. Sh.Q.Farmonov unumli ilmiy faoliyat bilan birgalikda, doimo 
ilmiy va pedagogik kadrlar tayyorlash masalasi bilan ham shug„ullanib 
kelmoqda. Hozirgi vaqtga kelib u tomonidan o„ttizdan ortiq fan nom-
zodlari va o„ndan ortiq fan doktorlari tayyorlandi. Milliy universitetdan, 
tashqari, u respublikamizning ko„plab oliy o„quv yurtlarida, o„qituv-
chilar malakasini oshirish institutlarida ma‟ruzalar o„qiydi, shu bilan 
birga, barcha darajadagi maktab matematika olimpiadalarini tashkil etish 
va o„tkazishda faol ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda u O„zMU professori va 
O„zR FA, V.I.Romanovskiy nomli Matematika ilmiy tadqiqot institu-
tining “Ehtimollar nazariyasi va matematik statistika” bo„limi mudiri 
sifatida O„zbekistonda ehtimollar nazariyasi va matematik statistika 
maktabini boshqarib kelmoqda va xorij davlatlari mutaxassislari bilan 
faol hamkorlik olib bormoqda. U ko„plab konferensiyalar va forumlarda 
ishtirok etib, yangi g„oyalar va usullarni yetkazib bermoqda, bu esa, o„z 
navbatida, O„zbekistonda ushbu ilmiy yo„nalishning rivojlanishini ta‟-
minlab kelmoqda. Hozirda u rahbarlik qilayotgan O„zbekiston ehti-
molliklar nazariyasi va matematik statistika maktabida, jumladan: 
• tasodifiy va tarmoqlanuvchi jarayonlar nazariyasi; 
• tasodifiy miqdorlarni qo„shish nazariyasi va uning tatbiqlari; 
• Markov zanjirlari, ommaviy xizmat ko„rsatish nazariyasi va 
boshqalar; 
• taqsimotlarning noma‟lum bo„lgan parametrlarini statistik baho-
lash nazariyasi; 
• matematik statistikaning noparametrik masalalari yo„nalishida 
katta ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda. 

Download 1.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   85




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling