U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika
VSEVOLOD IVANOVICH ROMANOVSKIY
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
49997 (3)
VSEVOLOD IVANOVICH ROMANOVSKIY (1879-1954) Qozog„istonning Verniy (hozirgi Olma- ota) shahrida tug„ilgan. Yoshlik yillarida uning oilasi Toshkentga ko„chib keladi va u o„rta ma‟lumotni Toshkent real bilim yurtida oladi. 1906-yilda Peter- burg universitetini a‟lo baholar bilan tamomlagandan so„ng, magistraturaga qabul qilinadi. Magistraturada o„qish davrida unga mashhur rus matematigi A.A. Markov ilmiy rahbarlik qiladi va magistrlik imtihonlarini topshirgach, 1908-yilda Toshkentga qaytdi hamda o„zi bitirgan o„quv yurtida fizika va matematika o„qituvchisi bo„lib ishladi. 1912-yilda “Xususiy hosilali differensial tenglamalar” mavzusida dissertatsiya yoqlab, magistr ilmiy darajasini oldi. 1911‒1917-yillarda Polshaning Varshava va Rostovning Don universitetlarida dastlab dotsent, so„ngra professor lavozimlarida ishladi. 1916-yilda doktorlik dissertatsiyasini tayyorladi, lekin o„sha paytdagi urush sharoitida uni yoqlash imkoniyati bo„lmadi. Lekin V.I.Romanovskiyga 1935-yilda dissertatsiya yoqlamasdan fizika-matematika fanlari doktori ilmiy darajasi berildi. V.I.Romanovskiy faoliyati mobaynida O„rta Osiy Davlat universiteti (hozirgi O„zMU) bilan ilmiy va pedagogik aloqani uzmadi. 34 yil davomida, dastlab matematika kafedrasiga, so„ngra ehtimollar nazariyasi va matematik statistika kafedrasiga rahbarlik qildi. 16 Bir necha yillar fizika-matematika fakulteti dekani lavozimida xizmat qildi. O„zbekiston Fanlar Akademiyasi tashkil topgan davr 1943-yildan boshlab, V.I.Romanovskiy uning haqiqiy a‟zosi, akademiya Prezidiumi a‟zosi, fizika-matematika bo„limi raisi, matematika va mexanika ilmiy tadqiqot instituti rahbari lavozimlarida faoliyat olib bordi. Taniqli matematik olimlar T.N.Qori-Niyoziy, N.N.Nazarov, T.A.Sarimsoqov, S.H.Sirojiddinov, M.K.Kamolov, M.I.Eydelnant, N.A.Akbarxo„jayev, umuman, 60 dan ortiq kishilarning birinchi ustozi V.I.Romanovskiydir. U matematikaning turli xil sohalariga doir 170 dan ortiq ilmiy ishlarni e‟lon qilgan. V.I.Romanovskiy ustozi A.A.Markov tomonidan kiritilgan “tasodifiy miqdorlarning zanjir arqoni bog„liq bo„lishligi” tushunchasini umumlashtirdi. Manfiy bo„lmagan matritsalar nazariyasini kengaytirib, uni Markov zanjiriga tatbiq etdi. Zamonaviy ehtimollar nazariyasi va matematik statistika fanida Romanovskiyning “Matritsa metodlari” juda ahamiyatlidir. V.I.Romanovskiy matematik statistikani mustaqil matematik fan sifatida shakllanishiga salmoqli hissa qo„shgan olimlardan biridir. Uning “Математическая статистика” (M., 1938, 803 bet) nomli fundamental kitobi xorijiy universitetlarda ham asosiy darslik sifatida uzoq yillardan biri foydalanib kelingan. Shuningdek, V.I.Romanovskiy Markov zanjiri bo„yicha yozilgan birinchi adabiyot “Дискретые цепи Маркова” M., 1949, 507 bet), matematik statistika metodlarini xalq xo„jaligining turli sohalari (texnika, qishloq xo„jaligi, sanoat, iqtisod)ning tatbiqiga bag„ishlangan “Применение математи- ческой статистики в опытном деле” nomli klassik adabiyotlar muallifi. Shuningdek, O„zbekistonda matematikaning asosiy yo„na- lishlaridan biri bo„lgan ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasida dunyo miqyosida tan olingan mutaxassisdir. V.I.Romanovskiy ehtimollar nazariyasi va matematik statistika sohasidagi yirik ilmiy ishlari bilan O„zbekiston matematikasini butun dunyoga tanitdi. U Toshkent matematika jamiyatining 1918-yildan boshlab doimiy raisi, “Bilim” jamiyatining aktiv a‟zosi, O„zbekiston Fanlar akademiyasining akademigi, “O„zbekistonda xizmat ko„rsatgan fan arbobi” va bir necha medallar, bir qancha davlat mukofotlariga sazovor bo„lgan. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling