U. X. Xonqulov matematikaning stoxastika
Download 1.93 Mb. Pdf ko'rish
|
49997 (3)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Uchinchi bobda
- To‘rtinchi bobda
Ikkinchi bobda kombinatorikada qo„llaniladigan usul va qoidalar,
kombinatsiyalar, kombinatsiya tushunchasi, o„rinlashtirishlar, o„rin almashtirish, guruhlashlar (gruppalashlar), binom formulasi, takror- lanuvchi o„rinlashtirishlar va o„rin almashtirish, takrorli guruhlashlarga 4 oid ma‟lumotlar bayon qilingan. Shuningdek, kombinatorikaning asosiy qoidalariga, o„rinlashtirishlarga, o„rin almashtirishga, guruhlashlarga (gruppalashlar), binom formulasiga, takrorlanuvchi o„rinlashtirishlar, o„rin almashtirish va gruppalashlarga hamda takrorlashga doir misollar keltirilgan. Uchinchi bobda ehtimollar nazariyasining asosiy tushunchalari, hodisalar va ular ustida amallar, ehtimollikni hisoblashning turli ta‟rif- lari, ehtimollikning xossalari, shartli ehtimollik, ehtimollikning ko„pay- tirish teoremasi, hech bo„lmasa bitta hodisaning ro„y berish ehtimolligi, to„la ehtimollik formulasi, Bayes formulasi, bog„liqmas sinovlar ketma- ketligi, Bernulli sxemasi, binomial taqsimot, ehtimollikning klassik va geometrik ta‟rifiga doir misollar, hodisalar va ular ustida amallar, shartli ehtimollik va hech bo„lmasa bitta hodisaning ro„y berish ehtimolligiga, to„la ehtimollik formulasiga va Bayes formulalari (gipotezalar teoremasi)ga, bog„liqmas sinovlar ketma-ketligi, Bernulli sxemasi, binomial taqsimotga doir misollar keltirilgan. To‘rtinchi bobda matematik statistikaning obyekti, predmeti, vazifalari, asosiy masalalari, bosh to„plam, tanlanma to„plam va uni hosil qilish usullari, variatsion qator, gistogramma va poligon, empirik taqsimot funksiyasi, tanlanmaning o„rta qiymatlari, o„rta arifmetik va o„rta kvadratik qiymatlar, matematik kutilma va dispersiya kabi ba‟zi ma‟lumotlar bayon etiladi. O„quv qo„llanmani tayyorlashda xorijiy va davlatimiz olimlari, pedagoglarining darslik, o„quv qo„llanma va ilmiy tadqiqotlari, ilmiy maqolalaridan hamda muallifning ilmiy tadqiqot natijalaridan keng foydalanildi. O„quv qo„llanma bilan to„liq tanishib, uni takomillashtirishga foydali maslahatlarini bergan taqrizchilarga o„z minnatdorchiligimizni bildiramiz. Download 1.93 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling