U yoki bu o‘simlikning don va urug‘lari yig‘im davrida, tashish va saqlash


Download 29.08 Kb.
bet2/2
Sana27.02.2023
Hajmi29.08 Kb.
#1234581
1   2
Bog'liq
Don va urug


Ma’lumki, har bir organizm hayot faoliyatini saqlash uchun sistematik
energiya kirib turishiga muxtoj. Saqlanayotgan don va urug‘larda bu jarayon
ularning tarkibidagi moddalarining parchalanishi va shakl o‘zgarishi bilan, ya’ni
organiq moddalar dissimilyasisi asosan qand moddalargacha parchalanishi bilan
namoyon bo‘ladi. Bunda sarflanadigan qandlar organizmdagi murakkab
moddalarning gidrolizi va oksidlanishi natijasida to‘ldiriladi. Qandlar (geksoza)
ning dissimlyasiyasi aerob, ya’ni oksidlanish, yoki anaerob-bijgish yo‘li bilan
yuzaga keladi.
2.4.3. Don va urug‘larning nafas olish turlari.
Don va urug‘larni saqlashda ularda ikki dissimlyasiya turi xam kuzatiladi.
𝑆6𝑁12𝑂6 + 6𝑆𝑂2 = 6𝑆𝑂2 + 6𝑁2𝑂 + 𝑒𝑛𝑒𝑟𝑔𝑖𝑦𝑎 (1)
𝑆6𝑁12𝑂6 = 2𝑆𝑂2 + 2𝑆2𝑁5𝑂𝑁 + 𝑒𝑛𝑒𝑟𝑔𝑖𝑦𝑎 (2)
Birinchi tenglik dissimlyasiyaning aerob jarayonini xarakterlab-aerob nafas
olish deyiladi. Bunda geksoza to‘liq oksidlanib fotosintez mahsulotlari -karbonat
angidrid va suv hosil bo‘ladi.
Ikkinchi tenglik spirtli bijg‘ish-anaerob jarayonni aks ettiradi. Bunda kamoksidlangan etil spirti bilan SO2 hosil bo‘ladi.
Nafas olish jarayonining u yoki bu turi ekanligini nafas olish koeffitsenti
𝑘 = 𝐶𝑂2
𝑂2
yordamida talqin qilish mumkin.
Don uyumida nafas olishda ajralib chikdan karbonat angidridning yutilgan
kislorodga bo‘lgan nisbati nafas olish koeffitsienta deb ataladi. Agar don uyumida
aerob nafas olish yuz bersa, unda nafas olish koeffitsienti donda birga teng buladi.
Anaerob nafas olish kechsa kislorod sarflanmasdan karbonat angidrid miqdori
ortadi va nafas olish koeffisienti birdan yuqori buladi.
Moyli o‘simliklarda bu koeffitsent 1 dan kichik bo‘ladi. Sababi bunda
kislorod nafaqat nafas olishga, balki moyning oksidlanishiga ham sarf bo‘ladi.
Geksozlarning oksidlanishi va parchalanishi natijasida (asosan glyukoza)
don va urug‘larda ko‘plab quruq moddalar isrof bo‘ladi. Bu isroflar hajmi nafas
olish tezligiga bog‘likdir. Nafas olishda ajraladigan suv don uyumida ko‘proq
ushlanib qolib, undagi namlikni oshiradi hamda o‘z yo‘lida gaz almashinishini
tezlatadi va mikroorganizmlarning rivojlanishiga olib keladi. Don oraliqlaridagi
havo namligining sezilarli darajada ortib borishi don tepasida “terlashga” olib
keladi. Bu xolatlar, ayniqsa yuqori fiziologik xarakatchanlikka ega bo‘lgan yangi
yig‘ishtirilgan hosilning don uyumlariga taalluqlidir.
Donning hayot faoliyatini issiqlik bilan ta’minlash uchun anaerob nafas
olishda aerob nafas olishga qaraganda juda ko‘p miqdorda geksoz parchalanishi
kuzatilgan.
Izlanishlardan ko‘rinib turibdiki, nafas olish koeffitsienti asosan namlikka
qarab o‘zgaradi. Masalan, donning namligi oz bo‘lganda yuqori, namligi 14—17
foiz bo‘lganda birga yaqin, 17 foizdan yuqori bo‘lganda birdan past bo‘lishi
aniqlangan.
Nafas olish koeffitsienti boshoqli va dukkakli donlarning turi, ularning
tarkibida kechadigan jarayonlarning jadalligi, yo‘nalishi, namligi va boshqa
omillarga bog‘liqdir.
Don uyumi saqlanishidagi bug‘-havo muhitida boshqa o‘zgarishlar xam
kuzatiladi. Don uyumini saqlash davrida quruq moddalar miqdorining kamayishi
nafas olish tezligiga bog‘liq bo‘lib, uniig o‘tishi natijasida ko‘mir isi (gaz) ajralib
chiqadi va havodan og‘irligi sababli ko‘pincha don oraliqlaridagi bo‘shliqlarda
o‘rnashib qoladi. Bu xol katta uyumlar va ayniqsa yaxshi zich yopiladigan elevator
bo‘limlarining ichki qismlarida yorqin ko‘zga tashlanadi. Bunda don uyumida
shunday sharoit yuzaga keladiki, don to‘kimalari va boshqa organizmlar anaerob
nafas olishga o‘tadi.
Anaerob nafas olishning etil spirti bo‘lib, u don to‘qimalarining hayot
faoliyatiga ta’sir qiladi va yashash qobiliyatini susaytirishga, keyinchalik esa
yo‘qotishga olib keladi.
SHunday qilib, don nafas olishining jadallashishi oqibatida quruq
moddalarning yo‘qolishi kuzatiladi, don uyumining namligi ortadi, don
oraliqlaridagi bo‘shliqlarda havo tarkibi o‘zgaradi va issiqlik to‘planadi. Buning
hammasi don uyumlarida nafas olish jarayonini hech bo‘lmasa oz miqdordakisqartirishini hisobga olgan holda saqlashni tashkil etish zaruriyatini tug‘diradi.
Nafas olish tezligiga ta’sir etuvchi omillar. Donni saqlash davrida ro‘y
beradigan nafas olish tezligiga ta’sir etuvchi omillarni o‘rganishga ko‘plab
izlanishlar bag‘ishlangan. Barcha o‘simliklarning don va urug‘larini saqlashda
nafas olish tezligi bir xil omillarga bog‘likligi aniqlangan bo‘lib, ular ikki guruhga
bulinadi: don uyumlarida nafas olish tezligiga ta’sir etuvchi omillar; namlik,
harorat va don uyumlaridagi havo almashinish darajasi.
Alohida saqlanadigan don uyumlariga muhim ahamiyatga ega bo‘lgan va
o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar kiradi.
Don va urug‘lardagi tang (kritik) namlik. Don qanchalik nam bo‘lsa, u
shunchalik tez nafas oladi. Juda quruq donlarda (javdar, bug‘doy, suli, arpa,
makkajo‘xori va dukkaklilarda) 11 —12 va ko‘p moylilarda 4—5 foizgacha nafas
olish tezligi juda sust bo‘ladi. Aksincha, juda nam donlar (namligi 30% va undan
yuqori), sovutilmagan xolda to‘g‘ri toza havo bilan muloqotda bo‘lsa, bir kecha
kunduzda 0,05—0,2 foiz quruq modda yo‘qotadi. Agar don namligi oshib, unda
erkin suv paydo bo‘lsa, don va urug‘larda nafas olish tezligi keskin oshadi, bu hol
tang namlik deyiladi.
Asosiy boshoqli ekinlarning don va urug‘lari namligi 14 foizdan kam bo‘lsa
saqlashga chidamlidir. Ularni baland (30 m va undan baland) xirmonlarda saqlash
tadbiri qo‘llaniladi.
Download 29.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling