Uch bo’lakli qoraqiz -bolalar uchun foydali o’simlik. Reja: Kirish 1
Download 0.55 Mb.
|
farmk kurs ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2.2.Flavonoidlarning o’simlik dunyosida tarqalishi
II Adabiyotlar sharxi
2.1. Flavanoidlarga umumiy tasnif. Flavonoidlar deb, benzo-γ-piron (xromon) unumi va asosida С6-С3-С6 uglerod atomlaridan tashkil topgan fenil propan skeleti bo’lgan tabiiy birikmalarga aytiladi. Birinchi o’simlikdan sof holda ajratib olingan flavonoid sariq rangda bo’lgani (lotincha “flavum” -sariq) uchun ham bu guruxdagi birikmalarga flavonoidlar deb nom berilgan. γ-piron behzo–γ-piron Flavonoidlarni to’qimalarda hosil bo’lishi (biogenez) Bu to’g’rida har xil fikrlar bor. Bu fikrlar asosan 2 ta: 1. Sirka kislotasi qoldig’dan hosil bo’ladi. 2. Shkim kislotasidan hosil bo’ladi. Ilgari olimlar tomonidan hamma aromatic moddalar uglebodlardan hosil bo’ladigan shkim kislotasi ishtirokida sintez bo’lishini tasdiqlaganlar. 2.2.Flavonoidlarning o’simlik dunyosida tarqalishi Flavonoidlar tabiatda keng tarqalgan. Fabaceae – dukkakdoshlar Asteraсeae - astrdoshlar Apiaceae - seldereydoshlar Рolygonaceae - torondoshlar Rosaсeae – ra’noguldoshlar Lamiaceae – yasnotkadoshlar va b. Flavonoidlar o’simliklarni hamma organlarida xujayra shirasida erigan holda to’planadi. Flavonoidlar: Yer ostki organlar va poyalarida – kamroq; bargi va gulida – ko’proq to’planadi. Masalan, yapon soforasi g’unchasida flavonoidlar 44% gacha to’planishi mumkin ekan. 2.3.Flavonoidlarning fizik-kimyoviy xossalari Ajratib olingan flavonoidlar rangsiz yoki ko’pincha sariq rangda bo’lgan kristall moddalar, ularning aglikonlari organik erituvchilarda eriydi, suvda erimaydi. Glikozidlarida qand moddasi qancha ko’p bo’lsa, shuncha suvda eruvchanligi ortib boradi va organic erituvchilarda erishi kamayaveradi. Aglikon ham, glikozidlar ham spirtda yaxshi eriydi. О-glikozidlarning eritmasiga kislota, ferment, ishqorlar ta’sir ettirilsa gidrolizga uchrab aglikon va qand moddalarga parchalanadi. C-glikozidlarni aglikonlarini olish uchun qattiq sharoit, Kiliani aralashmasi, Nа metalini suyuq ammiakdagi aralashmasini ta’sir ettirish kerak. Antotsianidinlar rangli eritmalar hosil qilib, uning rangi eritmaning рН ga bog’liq. Kislotali sharoitda qizil, pushti, zarg’aldoq bo’lib, ishqoriy sharoitda esa binafsha, ko’k, zangori rangda bo’ladi. Download 0.55 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling