Mavzu: Torondoshlar, suvyaproqdoshlar, suvpiyozdoshlar( suv qalampiri, suv piyoz misolida) Reja: I. Kirish. Torondoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot II. Asosiy qism


Download 0.65 Mb.
bet1/3
Sana17.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1527785
  1   2   3
Bog'liq
4-mavzu Torondoshlar oilasi


Mavzu:Torondoshlar, suvyaproqdoshlar, suvpiyozdoshlar( suv qalampiri, suv piyoz misolida)
Reja:


I.Kirish. Torondoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot
II.Asosiy qism
2.1. Tarondoshlar oilasi(Polygonaceae)ning turlari
2.2.Suvyaproqdoshlar oilasi
2.3.Suvpiyozdoshlar oilasi
III.Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


I.Kirish. Torondoshlar oilasi haqida umumiy ma’lumot
1.Torondoshlar (Polygonaceae) -ikki urugʻpallalilar sinfiga mansub oʻt, buta va yarimbuta oʻsimliklar oilasi. Barglari ketma-ket oʻrnashgan, tekis qirrali. Gullari, asosan, ikki, baʼzan, bir jinsli, mayda, toʻpguli shingilsimon, boshoqsimon. Gulqoʻrgʻoni 3—6 boʻlakchali bir yoki ikki qavat. Changchisi 3—9 ta, urugʻchisi 2—4 ustunchali. Mevasi — uch qirrali yongʻoqcha. 30—35 turkumi, 1000 turi maʼlum. Oʻrta Osiyoda 7 turkumi bor. Hammasining tarkibida tannin mavjud (mas., toron, otquloq va rovoch).Bu oilaning 35 turkumva 1000 yaqin turi turi o‘sadi. Bular o‘t, buta va daraxt o‘simliklar bo‘lib, barglari poyada ketma-ket, qisman qarama-qarshi joylashadi. Barglari oddiy, ikkita yon barglari qo‘shilib, naycha hosil qiladi. Gullari mayda aktinomorf, ikki jinsli yoki bir jinsli, qo‘sh o‘ramli yoki bir o‘ramli bo‘lib ko‘pincha ro‘vak yoki boshoqsimon to‘pgullarga birlashgan. Gulo‘ramining barglari 3-6 ta yashil yoki har xil ranglarda bo‘ladi. Chagchisi 6-9 erkin yoki qo‘shilib o‘sgan. Ginetsey 2-4 meva bargining qo‘shilishidan hosil bo‘lgan. Tugunchasi ustki bir uyali va bir urug‘kurtakli. Mevasi lizikarp pista yoki uch qirrali yong‘oqcha mevadir. Bu oilaning respublikamiz territoriyasida otquloqlar, rivochlar, juzg‘unlar, erqunoqlar, grechixalarning turlari uchraydi.
Dorivor otquloq - Rumex confertus Willd.
Otquloq ildizi tarkibida 4% gacha antrasen unumlari, 4,6-17% oshlovchi moddalar, S va K1 vitaminlari bor. Bulardan tashqari, flavonoidlar, kislotalar, qandlar, kraxmal ham bo’ladi.
Ildizining asosiy ta’sir qiluvchi biologik faol moddasi antrasen unumlari, oshlovchi moddalar va K1 vitamini hisoblanadi.
Otquloq ildizi va mevasi preparatlari (damlama, qaynatma) kichik dozada ichak shilliq pardasini burishtiradi, katta dozada esa ichni suradi. Burishtiruvchi ta’sir tarkibidagi oshlovchi moddalarga bog’liq bo’lsa, ichni surishi esa antraglikozidlar hisobigadir. Ichni surish ta’siri ichilgandan 10-12 soatdan keyin bilinadi. Shuning uchun ham preparatni kechqurun yotishdan oldin qabul etish tavsiya etiladi.
O’simlikning Galen preparatlari (damlama, qaynatma, ekstraktlari) kolitlarda, enterokolitlarda, bavosilda beriladi hamda og’izni chayish uchun stomatit, gingivit, anginada tavsiya etiladi.
Otquloq ildizidan qaynatma tayyorlash uchun 5 g maydalangan ildiz olinib, 1 stakan qaynab turgan suvga solinadi va 30 daqiqa davomida qaynab turgan suvda ushlab turiladi. Sovitilgach, dokadan suziladi va ovqatdan 30 daqiqa oldin kuniga 2-3 marta chorak stakandan qabul qilinadi.



Download 0.65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling