Uch fazali tok sistemasi
Generator chulg‘amlarini yulduz shaklida ulash
Download 0.66 Mb.
|
BIR VA UCH FAZALI ELEKTR TOKI. ULARNING FARQI, AFZALLIKLARI VA KAMCHILIKLARI
Generator chulg‘amlarini yulduz shaklida ulash.
Uchta mustakil bir fazali zanjirga ega bulgan generatorning sxemasi ko‘rsatilgan. Bu zanjirlarda e. yu. k. lar bir xil, ya’ni bir xil amplitudaga va fazasi jihatidan 1/3 davrga siljigan bo‘ladi. Generator statori chulg‘amlarining ayrim juft qisqichlariga liniya simlari orqali iste’molchilar ulangan va ular o‘zaro boglanmagan uch fazali sistemaga ega bulishi mumkin. Generator chulg‘amlarini yulduz shaklida uchala fazaning oxirgi uchlari umumiy O nuktaga ulanadi, bosh uchlariga esa energiyani iste’molchilarga eltuvchi o‘tkazgichlar ulanadi. Shu usulda hosil qilingan uchta sim liniya simlari deb, istalgan ikki liniya simi orasidagi kuchlanish esa liniya kuchlanishi deb ataladi. Generator chulg‘amlarining oxirgi uchlari ulangan umumiy nuktadan iste’molchilarga nol sim deb ataluvchi turtinchi sim tortilgan bulishi ham mumkin. Uchta liniya simlarining istalgan biri bilan nol sim orasidagi kuchlanish bir fazaning bosh uchi bilan oxirgi uchlari orasidagi kuchlanishga teng va u faza kuchlanishi deb ataladi.Odatda, generator chulg‘amlarining hamma fazalari bir xil, fazalardagi e.yu. k. ning effektiv qiymatlari teng, ya’ni bo‘ladigan qilib ulanadi. Agar generatorning xar bir fazasi zanjiriga iste’molchi ulansa, bunda shu zanjirlar buylab tok uta boshlaydi. Iste’molchining uchala fazasida qarshilikning kattaligi va xarakteri bir xil bo‘lsaya’ni Bu kuchlanishlar vektor diagrammasida ko‘rsatilganidek, fazasi buyicha 1200 burchakka siljigan bo‘ladi. sxemaning istalgan nuktalari orasidagi kuchlanish shu nuktalar orasidagi vektorlar mos keladi. Masalan, sxemaning A va O nuktalari orasidagi kuchlanish ( faza kuchlanishi U ) diagrammaning ON vektoriga mos bo‘ladi, sxemaning A va V liniya ismlari orasidagi kuchlanish (liniya kuchlanish U ) esa diagram-maning OM vektoriga mos keladi. OMN uchburchakli lekin,OM = 2OD = 2ON cos30 = 3 ON lekin OM = UAB = UЛ ON = UA = UФ demak, UЛ = 3 UФ Shunday qilib, generator chulg‘amlari yulduz shaklida ulanganda faza kuchlanishlarining simmetrik sistemasi uchun liniya kuchlanishining effektiv qiymati faza kuchlanishining effektiv qiymatidan marta katta bular ekan. Generator chulg‘amlari yulduz shaklida ulanganda liniya simidagi tok generator fazalaridagi tokka teng, ya’ni bo‘ladi.Kirxgofning birinchi qonuniga kura generator fazalaridagi toklarning geometrik yig‘indisi nolga teng, ya’ni i1 + i2 + i3 = 0 Buni quyidagicha isbot qilish mumkin. Buning uchun tokning oniy qiymatlarini qo‘shib chiqamiz. i1 + i2 + i3 = Im[sint+sin(t-120)+sin(t-240)] = =Im(sint+sintcos120-costsin120+sintcos240- -costsin240) = Im(sint+1/2 sint - cost - - 1/2 sint+cost) = 0 Demak, fazalardagi nagruzkalar teng bo‘lganda ( yulduz shaklida ulashda) toklar oniy qiymatlarining algebraik yig‘indisi ham nolga teng ekan. Download 0.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling