<<< O`RTA YERLAR >> qirolligi O`tgan kun. Qirollikning janubiy Sharqiy qismi. Men o`zimni g`alati his qilyapman, huddi tanamni iliqlik va sovuqlik egallab olgandek va bu kuchli og`riq beryapti. Ko`z qorachiqlari kengaygan, ammo tanasi baquvvat, lekin ong g`azab va nafratga to`lgan, yurak ham bu yurak bilan uni yengolmaysan. Gendel sendan iltimos qirolichani asrab qol. Ilojim yo`q men bu ishlarga aralasha olmayman. Nega axir qo`lingdan keladi, men bilgan hazilkash, quvnoq do`stim qayoqqa ketdi. (Osmon gumburlardi, momaqaldiroq chaqib atrof zulmatlasha boshlaydi.) Lekin bir yo`li bor. Qanday yo`l ayt men hammasiga tayyorman. Kim senga bir o`zing bajarasan deb aytdi, buni birgalikda bajaramiz…. Sizlarga bir narsani aytib qo`yay bu eng so`nggi chora va bu yo`lni boshladikmi oxiriga yetkazmay qayta olmaymiz. O`zi nima qilishimiz kerak? << Shimoliy yerlarga>> boramiz u yerda << SAURN >> ning eski saroyi bor, saroyda esa << QUDRAT QILICHI >> bor. Aynan, o`sha qilich sizga yordam bera oladi, faqatgina u yordam beradi, bu so`nggi umidimiz. Lekin yo`l juda olis va xavf- xatarga to`la bo`ladi, bunga tayyormisiz qirolicham. Tayyorman hammasiga tayyorman, muhumi, bu og`riqdan xalos bo`lsam bas. Unday bo`lsa qani yo`lga tushdik, men sizlarga qo`limdan kelgancha yordam beraman ortimdan yuringlar, ha aytgancha, qirolicham bir narsani yodingizdan chiqarmang bir inson sizni chin dilidan sevdimi bilib qo`ying u juda kamyob odam bo`ladi, siz unga befarq bo`lmang har qanday odam bo`lishidan qatiy nazar, unga bir marotaba bo`lsa ham imkoniyat bering. To`g`ri, siz uni judayam yomon ko`rasiz, balki yomon ko`rmassiz, b u sizning yaqin insoningizdir, balkim u sizning burningiz tagida turgan oddiy bir do`stingizdir. Men nima demoqchiman dunyoni Go`zallik, mehr va muhabbat asrab qoladi. Men aytganday yo`l tuta olasizmi, bir marotaba bo`lsa ham. Men harakat qilaman, imkon berishga harakat qilaman. Bu so`zingizdan ko`nglim taskin topdi biroz bo`lsada. Bashoratlarim hech qachon aldamaydi……….
Do'stlaringiz bilan baham: |