Uch xil tezlikka ega bo'lgan uch fazali qisqa tutashgan rotorli asinxron motorni avtomatik boshqarish sxemasini o'rganish va hisoblash Tayyorladi: 60-20 guruh Abdullayev X O’qituvchi: Soliyev B Reja: 2. Asinxron matorni tezligini boshqarish 3.Xulosa va Foydalanilgan adabiyotlar Asinxron dvigatelni rotorini aylanish tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: Asinxron dvigatelni rotorini aylanish tezligi quyidagi formula bilan aniqlanadi: bu erda f - berilgan kuchlanishini chastotasi, r- juft qutblar soni, s - sirpanishi. Ko‘p tezlilikli asinxron dvigatelni boshkarish sxemasi (2.1-rasm) dvigatel statori cho‘lg‘amlarining seksiyalarini uchburchak yoki ikkilangan yulduz kabi ulash orqali ikki qiymatdagi tezlikni xamda reverslashni ta’minlaydi. Elektr yuritmani ximoyalash issiqlik relelari KK1 va KK2 hamda saqlagich FA orqali amalga oshiriladi. Dvigatelni kichik aylanish tezligigacha ishga tushirish uchun, tugmacha SB4 bosiladi, shundan so‘ng kontaktor KM2 va bloklovchi rele KV esa, apparatlar KM3 va KM4 ning g‘altaklari zanjirlaridagi o‘zining kontaktlarini tutashtirib, dvigatelni kuchlanish manbasiga ulashni ta’minlaydi. So‘ngra tugmacha SB1 yoki SB2 larni bosish, mos xolda “Oldiga” yoki “Orqaga” yo‘nalishlari bo‘yicha ulanishga olib keladi. Dvigatel kichik tezlikgacha tezlangandan so‘ng, uni katta tezlikgacha tezlanishni amalga oshirish mumkin 2.1-rasm. Ikki tezlikni asinxron dvigatelni boshqarish sxemasi Buning uchun, tugmacha SB5 bosiladi, bu kontaktor KM2 ni ishdan chiqishiga, kontaktor KM1 ni ishga tushishiga va bu esa o‘z navbatida cho‘lg‘amlarning seksiyalarini uchburchakdan ikkilangan yulduzga ulanishiga olib keladi. Dvigatelni to‘xtatish, tugmacha SB3 ni bosish bilan amalga oshiriladi, bu barcha kontaktorlarni tarmoqdan uzilishini va dvigatelni to‘xtatishni chaqiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |