Uchb inqilob emas, balki amaliyot evolyutsiyasining bir qismidir
Download 72.88 Kb.
|
UCHB-lotin
UCHB— Uzbek Chemists and Biologists imtihoni O’zbekistonda ( keyinchalik qo’shni davlatlar va butun jahonda ) foydalaniladigan kimyo va biologiya fanlarini egallaganlik daraja tizimi. UCHB inqilob emas , balki amaliyot evolyutsiyasining bir qismidir. UCHB usul emas , balki turli metodologik variantlar haqidagi fikrlarni taklif qiladi. U kimyo va biologiya fanlarini o’qitishda yangi davrda lider sifatida qimmatli va innovatsion vosita bo’lib xizmat qiladi. Umumiy ma’lumot sifatida UCHB birinchi navbatda aks ettirish , aloqa va vakolatlar berish vositasi sifatida yaratilmoqda. UCHB amaliyotchilarga nima qilish kerakligini yoki qanday qilish kerakligini aytmaydi. U umumiy kimyo va biologiya metodikasi va ko’nikmalari sifati , muvofiqligi va shaffofligini ta’minlash maqsadida yaratilmoqda. UCHB ning asosiy vazifalari : Kimyo va biologiya fanlari bo’yicha dasturlarni tanlashda plyurilingualizm va diversifikatsiyani rag’batlantirish Shaxsiy o’quvchilarning keng doiradagi profilini ishlab chiqish va namoyish qilishni qo’llab – quvvatlash O’qituvchilar orasida o’qituvchi ta’limini va hamkorligini qo’llab – quvvatlash O’rganish , o’qitish va baholashda sifatni oshirish va muvaffaqiyat Sinovlarda shaffoflikni va sertifikatlarning taqqoslanuvchanligini taminlash va korrupsiyani oldini olish . UCHB imtihonining asosiy maqsadi – umumiy kimyo va biologiya fanlari uchun qabul qilinadigan baholash va oʻqitish usulini taqdim etish va tibbiyot sohasiga faqatgina bilimlilarnigina kirishini ta’minlash. U kimyo va biologiya fanlari bo’yicha dasturlar va o’quv qo’llanmalarini ishlab chiqish , o’quv materiallarini ishlab chiqish va bu fanlarni bilish darajasini baholash uchun shaffof , izchil va komleks asos yaratishga mo’ljallangan. UCHB ushbu sohadagi turli sheriklar orasidagi , shu jumladan, o’qituvchilar malakasini oshirish bilan shug’ullanadigan va bu sohaga oid o’quv dasturlari , o’quv qo’llanmalar , darsliklar , imtihonlar va hakazolarni ishlab chiqishda qatnashuvchi tashkilotlar o’rtasida o’zaro fikr va muloqotlar qilish uchun umumiy asos yaratishni ko’zda tutadi. UCHB o’quvchilar tanlagan yo’nalishlari uchun qanday bilim va ko’nikmalarga ega bo’lishlari kerakligini va bu fanlarni o’rganishlari kerakligini keng qamrovda tariflaydi. Dastur shuningdek , o’quvchilarning ta’limning har bir bosqichida va umrbod davom etadigan darajada taraqqiyotiga imkon beradigan malakalar darajasini belgilaydi. UCHB asosan, ta’lim tizimining tibbiyot , kimyo va biologiya sohalari uchun amalga oshiriladigan o’quvchilar guruhini maqsadga moslashtiradi va qo’llab- quvvatlaydi. UCHB imtihoni O’zbekistonda tibbiyot , kimyo va biologiya yo’nalishlari bo’yicha oliy o’quv yurtlarida (bakalavriat va magistratura ) o’qishni istaganlar uchun mo’ljallangan va ushbu sohalarga ixtisoslashgan institutlarda o’qishni istagan shaxslar uchun birinchi standartlashgan imtihon sinovi hisoblanadi. UCHB ushbu yo’nalishlar bo’yicha o’quvchilarning qobiliyatlarini sinab , aniqlab oladi. UCHB imtihoni og’zaki va yozma ko’rinishda o’tkaziladi. Yozma imtixonda o’quvchilar bir xonada o’zlariga berilgan masalalarni ishlaydilar. Og’zaki imtihon imtihonchi(lar) bilan yakkama – yakka brifing tarzida (kamida 2ta mutaxassis baholaydi) o’tkaziladi. Mutaxassis(lar) imtihon topshiruvchi shaxsni yozma va og’zaki savollar bilan baholaydi. UCHB imtihoni 3 qismdan iborat :
A1 – asosan o’rta- maxsus o’quv yurtlariga kirishni istovchilar uchun o’tkaziladi va bu imtihon bir muncha osonroq o’tkaziladi . B1 – asosan oliy o’quv yurtlariga kirishni istovchilar (abiturientlar) uchun o’tkaziladi va davlat ta’lim standartidan kam bo’lmagan darajada bo’ladi ( 30 balli sistemada ) . C1 – asosan oliy o’quv yurtlarida istovchilar (abiturientlar ) , o’qishni davom ettiruvchilar (magistratura ) va ma’lum sohada ishlashni xohlaganlar uchun malaka sertifikati sifatida beriladi ( bu turdagi sertifikatni olgan abiturientlar kirish imtihonlarida ushbu fanlardan ozod etiladilar va ularga yo’nalish bo’yicha eng yuqori ball beriladi ) . UCHB taqdim etadigan imtiyozlar: Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Xalq taʼlimi vazirligi bilan birgalikda kimyo va biologiya fanlarini bilish darajasini baholashning milliy test tizimini keng qoʻllagan holda ushbu malaka sertifikatiga ega boʻlgan talabgorlarga sertifikatni olgandan boshlab 2 yilgacha quyidagi imtiyozlar berish tartibini joriy etadi: A1 darajadagi malaka sertifikatiga ega bo’lgan umumiy o’rta ta’lim muassasalari bitiruvchilariga o’rta – maxsus , kasb – hunar ta’limi muassasalarining saralash test sinovlari ro’yxatiga kimyo va biologiya fanlari kiritilgan bo’lsa , ularga sertifikatda ko’rsatilgan fanlar bo’yicha maksimal ball berish va shu fanlar bo’yicha test sinovidan ozod etish. B1 darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kirish test sinovlari majmuasiga sertifikatda qayd etilgan fanlari ( kimyo , biologiya ) kiritilgan yoʻnalishlarda ushbu fanlardan sertifikatda belgilangan ballni berish (agar abiturient o’zi xohlasa) va ularni ushbu fanlardan test sinovidan ozod etish(agar abiturient xohlasa, sertifikatda ko’rsatilgan balliga qoniqmasa testda ishtrok etishi mumkin va agar sertifikatda ko’rsatilgan ballidan yuqori ball to’play olsa o’sha balli hisobga olinadi va agar yuqori ball to’play olmasa sertifikatdagi balli hisobga olinadi); C1 darajadagi malaka sertifikatga ega boʻlgan abituriyentlarga oliy taʼlim muassasalari bakalavriat va magistraturasining kirish test sinovlari majmuasiga kimyo va biologiya fanlari kiritilgan yoʻnalishlarda sertifikatda ko’rsatilgan fanidan belgilangan maksimal ball berish va ularni ushbu fandan test sinovidan ozod etish. UCHB imtixoni uchun roʻyxatdan oʻtish tartibi : 1. On-line arizani toʻldiring. Toʻldirigan arizangizning pdf formatdagi nusxasi arizada koʻrsatgan elektron pochtangizga yuboriladi. 2. Elektron pochtangizdan pdf formatdagi arizangiz nusxasini yuklab oling va printerdan chiqaring. 3. Istalgan bank boʻlimidan DTM hisob raqamiga eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlang. 4. Quyidagi hujjatlarni DTMga pochta orqali yuboring yoki shaxsan olib keling: 5. Toʻldirilgan ariza nusxasi (pdf formatda pochtangizga yuborilgan arizani chiqaring); 6. Eng kam ish haqining 1.5 baravari miqdorida toʻlovni toʻlaganligingiz haqida kvitansiya nusxasi yoki toʻlov topshiriqnomasi; 7. Pasportingiz nusxasi; 8.) 3.5 * 4.5 oʻlchamdagi fotosuratingiz (1 dona). Rasm hujjat talablariga mos kelishi kerak; 9. ) 3.5 *4.5 oʻlchamdagi fotosuratingizning CD diskga yozilgan elektron nusxasi; 10. hujjatlar uchun jild. SAVOLLAR: Bilimi qay darajada bo’lgan abiturientlarni tibbiyot oliygohlarida o’qishga loyiq deb hisoblaysiz? Imtixon paytida qanday usullardan (yozma og’zaki va boshqalar ) foydalangan bo’lardingiz? Savollar va shartlar nechta bo’lishini xoxlaysiz va qaysi mavzularga aloqador bo’lishini xoxlaysiz? Imtixon olish , savol tuzish va abiturientlarni test savollariga tayyorlash uchun qaysi kitob va qo’llanmalardan foydalangan bo’lardingiz? O’zbekistonda kimyo, biologiya va tibbiyot sohasida qanday kadrlar yetishmayapti va ularni tayyorlashda nmalarga e’tibor qaratish lozim? Ushbu sohalar bo’yicha qaysi korxonalar va tashkilotlar malakali kadrlar yetishmasligi sababli oqsamoqda va bunday muammolarni hal qilishda qanday yo’llardan foydalanishni maqul deb bilasiz? Sertifikat berish tashkiloti fanlar olimpiadalar Chet el universitetlari bilan shartnomalar laboratoriya kimyo biologiya fizika matematika O’zbek tili Tushgan pul mablag’larini grantlar stipendiyalariga yo’naltirish G’oliblarga alohida stipendiyalar joriy qilish Sohalarga qarab : tibbiyot, texnika va boshqalar Download 72.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling