Uchburchaklar


Download 1.01 Mb.
bet2/3
Sana03.05.2023
Hajmi1.01 Mb.
#1423797
1   2   3
Bog'liq
UCHBURCHAKLAR

Asosiy xossalari

  • uchburchak ichki burchaklari yigʻindini 180° ga teng;
  • uchburchakning tashqi burchagi oʻziga qoʻshni boʻlmagan ikkita ichki burchaklar yigʻindisiga teng;
  • hamma koʻpburchaklar singari, uchburchak tashqi burchaklari yigʻindisi 360°ga teng;
  • uchburchakning ixtiyoriy ikkita tomoni yigʻindisi doim uchunchi tomondan katta boʻladi:a+b>c, a+c>b, b+c>a

UCHBURCHAK PERIMETRI

Uchburchaklar haqida bilishni istagan ikkita o'lchov - bu perimetr va maydon. Birinchisini hisoblash uchun uning barcha tomonlarining uzunligini qo'shish kerak:

P = a + b + c

Uchburchakning asosiy elementlari: mediana, balandlik va bissektrisa

  • ABC uchburchakning B uchini uning qarshisida yotuvchi tomonning o‘rtasi M nuqta bilan tutashtiramiz (1-rasm). Hosil bo‘lgan BM kesma ABC uchburchakning medianasi deb ataladi. Bu mediana B uchdan chiqqan yoki AC tomonga tushgan deyiladi. Uchburchak uchini shu uch qarshisidagi tomonning o‘rtasi bilan tutashtiruvchi kesma uchburchakning medianasi deb ataladi. ABC uchburchak B burchagining bissektrisasini o‘tkazamiz (2-rasm). Uning AC tomon bilan kesishgan nuqtasini L bilan belgilaymiz. Hosil bo‘lgan BL kesma ABC uchburchakning bissektrisasi deb ataladi. Uchburchak burchagi bissektrisasining uchburchak ichida yotgan qismi (kesmasi) uchburchak bissektrisasi deyiladi.

B
A
C
M
B
A
C
L

Uchburchakning asosiy elementlari: mediana, balandlik va bissektrisa

  • ABC uchburchakning B uchidan AC tomon yotgan to‘g‘ri chiziqqa perpendikular tushiramiz (3-rasm). Perpendikular asosini H bilan belgilaymiz. Hosil bo‘lgan BH kesma ABC uchburchakning balandligi deb ataladi. Uchburchak uchidan shu uch qarshisidagi tomon yotgan to‘g‘ri chiziqqa tushirilgan perpendikular, uchburchakning balandligi deb ataladi.

Pifagor teoremasi

Pifagor teoremasi — toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari haqidagi teorema. Unga koʻra, agar toʻgʻri burchakli uchburchak tomonlari bir xil masshtabda oʻlchangan boʻlsa, katetlar uzunliklari kvadratlari yigʻindisi gipotenuza uzunligi kvadratiga teng:


Download 1.01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling