Учебное пособие для бакалавриата и магистратуры. «Издательство Юрайт»
O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari
Download 44.76 Kb.
|
1-mavzu
2. O‘qish darslarining tarbiyalovchi imkoniyatlari.
Bu o’rinda o’qish darslari alohida o’rin tutadi. O’qish darslarida barcha ishlar davlat ta’limi standarti talablari asosida tashkil etiladi. O’quvchilarda o’qish odobi ,so’zlash odobi kabi qator fazilatlarni shakllantirishga qaratilgan ijodiy ishlarda amalga oshiriladi. Ma’rifiy matnlar o’qitiladi va ulardagi asosiy g’oyalar tahlil davomida singdiriladi.Masalan , bolalarga xalq og’zaki ijodi hikoyat va rivoyat orqali oila ,mahalla , jamiyat, ona-zamin haqidagi bilimlar mujassamlashgan holda beriladi. Boshlang’ich sinflarda xalq og’zaki ijodi namunalariga ham alohida bo’lim mavzulari ajratilgan bo’lib, ularda turli xil maqollar, topishmoqlar, masal, ertak va hikoya kabilar keltirilgan. Sinfda va sinfdan tashqari o’qish darslarida xalq og’zaki ijodi namunalaridan foydalaniladi. Xalq og’zki ijodi namunalari orqali o’quvchilarni ma’naviy, axloqiy, jismoniy, mehnat tarbiyasi, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash mumkin. Masalan, 1- sinf o’qish darsligida berilgan “Aqlli bog’bon” ertagi o’quvchilarni mehnatsevarlikka, aka – ukalari bilan ahillikka, “Ochko’z sichqon” esa kamtarlikka, ochko’z bo’lmaslikka chorlaydi. Darslikdagi maqollar, topishmoqlar, tez aytishlar bolalarni topqirlikka, hozirjavoblikka o’rgatadi. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida o’qish malakalarini shakllantirish murakkab jarayon hisoblanadi. Xususan, o’qish malakalarini shakllantirishga to’xtalishdan avval o’quvchilarni o’qishga o’rgatishning vazifalari to’g’risida to’xtalishimiz joiz. O’qishga o’rgatishning muhim vazifalari quyidagilardan iborat: boshlang’ich o’qish malakalarini ya’ni to’g’ri, tez, ongli va ifodali o’qishni takomillashtirish; bolalarning o’qigan asarlarining adabiy-estetik xususiyatlarini chuqur idrok etish, ularni tasvirlangan voqea-hodisalar mag’zini chaqish, muayyan xulosalar chiqarishga tayyorlash; bolalarda yuksak axloqiy sifatlarni va nafosat tuyg’usini tarbiyalash; o’qivchilarni matn ustida ishlashga o’rgatish; o’quvchilarning atrof-muhit haqidagi bilimlarini boyitish. Yaxshi o’qish malakasining sifatlari deganda tez, to’g’ri, ongli, ifodali o’qish tushuniladi. O’qish malakasini takomillashtirish deganda esa o’quvchilarda yaxshi o’qish malakasini shakllantirish tushuniladi. O’qish sifatlari bir-biri bilan o’zaro bog’liq bo’lib, ongli o’qish o’qishning asosiy sifati hisoblanadi. Agar o’quvchi tez o’qisa-yu, anglab o’qimasa, o’zi ham, boshqalar ham matn mazmunini tushunmaydi.To’g’ri o’qish esa ongli o’qishga xizmat qiladi. To’g’ri, tez va ongli o’qish ifodali o’qishning asosi hisoblanadi. O’qish malakasi murakkab malaka bo’lib, uni shakllantirish uzoq vaqtni talab etadi. Psixolog T.G.Yegorov o’qishmalakasini shakllantirish jarayonini 3 bosqichga bo’ladi: analitik bosqich; sintetik bosqich; avtomatlashgan bosqich. Analitik bosqich boshlang’ich ta’limning savod o’rgatish davriga to’g’ri keladi. Bunda so’zlarni bo’g’in, harf tomonidan tahlil qilish va bo’g’inlab o’qish malakasi shakllantiriladi. Sintetik bosqich uchun so’zni sidirg’a o’qish harakterlidir. Bunda so’zni ko’rish orqali idrok qilish va uning talaffuzi so’z ma’nosini anglash bilan asosan mos keladi. O’quvchilar sintetik o’qishga dastlab 2-sinfning II-yarmida, to’liq 3-sinfda o’tadilar. Bundan keying yillarda o’qish malakasi avtomatlasha boradi ya’ni o’quvchi o’z yoshiga mos har qanday kitobni tez, to’g’ri va ongli o’qiy oladi. Buyuk pedagog K.D.Ushinskiy tez o’qish matnni tushunishdan ajralib qolmasligi lozimligini ta’kidlaydi. O’qish tezligi matnni tushunish tezligi bilan muvofiq ravishda bo’lishi kerak. Tez o’qish ongli idrok etishni ta’minlaydigan o’qishdir. Og’zaki nutq tempiga mos keladigan o’qish tempi normal tezlik hisoblanadi. O’ta tez o’qish va o’ta sekin o’qish matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. O’qish tezligi bir daqiqada o’qiladigan so’zlar miqdori bilan belgilanadi. Tez o’qishni ta’minlovchi yo’llar: O’qishni turli topshiriqlar asosida mashq qilish; O’qishga qiziqish uyg’otish; Badiiy asarni rollarga bo’lib o’qitish: dialoglarni 2 o’quvchiga o’qitish: 1) oldin tez o’qiydigan o’quvchiga; 2) keyin sekin o’qiydigan o’quvchiga; Matnni navbat bilan o’qitish; Ko’pincha o’quvchilar tez o’qiyman deb xatoga yo’l qo’yadilar. O’quvchilar xato o’qimasliklari va xato yozmasliklari uchun ularni tez, to’g’ri, ifodali, ongli o’qishga o’rgatish lozim. To’g’ri o’qish deganda xato qilmasdan, yanglishmasdan o’qish tushuniladi, ya’ni to’g’ri o’qish so’zning tovush-harf tarkibini grammatik shakllarini buzmasdan, so’zdagi biror tovush yoki bo’g’inni tushirib qoldirmay, ortiqcha tovush yoki bo’g’in qo’shmay, harflar o’rnini almashtirmay, aniq talaffuz qilib, so’zga urg’uni to’g’ri qo’yib o’qishdir. Boshlang’ich sinf o’quvchilarida so’zni talaffuz qilish va matnni tushunish o’rtasida puxta sintez bo’lmagani uchun o’quvchilar o’qishda xatoga yo’l qo’yadilar. Bu matn mazmunini tushunishni qiyinlashtiradi. Xato o’qishni oldini olish uchun matnni o’qishdan oldin uning mazmunini tushunishni qiyinlashtiradigan so’zlarning leksik ma’nosini tushunturishda quyidagilarga ahamiyat berish kerak: o’qilishi qiyin bo’g’inli yoki morfemik tarkibli so’zlarni, matnni o’qitishdan oldin bo’g’inlab o’qitish; vazifalarni tushunarli qilib topshirish orqali darsda matnni diqqat e’tibor bilan o’qish uchun sharoit yaratish; oldin matnni ichida o’qish; matn mazmunini tushunish va ovoz chiqarib o’qishga tayyorlanish maqsadida o’quvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olgan holda ularning o’qishini muntazam tekshirib turish; xatoning harakteriga qarab, uni metodik tomondan to’g’ri tuzatish. Masalan, o’quvchi so’z oxiridagi qo’shimchani noto’g’ri o’qisa, o’quvchini o’qishdan to’xtatmasdan xatoni to’g’rilash mumkin. Xato o’qish bilan gapning mazmuni buzilsa, qayta o’qitish usulidan foydalaniladi, o’qilgan matn mazmuni yuzasidan savol beriladi, o’quvchi qo’yilgan savolga javob berish uchun gapni e’tibor bilan qayta Download 44.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling