Учебное пособие для бакалавриата и магистратуры. «Издательство Юрайт»


Ifodali o‘qish metodikasining asoslari


Download 46.49 Kb.
bet5/5
Sana17.02.2023
Hajmi46.49 Kb.
#1206157
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-mavzu

3. Ifodali o‘qish metodikasining asoslari.
Ifodali o’qish alohida san’atdir. U kishidagi nutqiy ko’nikma va malakalar bilan boglik holda rivojlanib boradi. Hech kim tug’ma notiq bolib tug’ilmaydi. Demak, ifodali o’qishga hamma ham o’rganishi mumkin. Buning ayrim talablari mavjud. Har bitta matnda qanday mazmun aks etganini aniq bilish ifodali o’qishning bosh shartidir. Matnda qanday mazmun aks etgan bo’lsa, uning o’ziga xos ohangini hamifodalash zarur bo’ladi. Bunda nafas olish, nafas chiqarish, tovishning rang-barangligi, baland-pastligi, talaffuzdagi o’ziga xoslikdir, hatto to’xtam – pauzalar o’z ta’sirini ko’rsatib turadi. Ifodali o’qilgan matnni tushunish ham oson bo’ladi. Undagi har bitta so’zning ma’nosi, uning nima uchun qo’llanayotgani ifodali o’qishga ochiq seziladi.
Ifodali o’qish orqali muallif ko’zda tutgan maqsad, ruhiyat va kayfiyatni to’la darajada aniqlash imkoni paydo boladi.
Uning vositasida asar qahramonlarining ruhiyati, kechinmalari ham to’laroq namoyon bo’ladi. Xursand yoki xafa bo’lgan, shod yoki qayg’urayotgan odamning o’ziga xos tuyg’ularini ifodali o’qish vositasida nozik darajada ilg’ash mumkin.
“ifodali o’qish” mashg’ulotlari nihoyasida o’quvchilar:
- o’zbek va jahon adabiyotining mumtoz va zamonaviy namunalarini, xalq og’zaki ijodiga oid asarlarni tog’ri, ravon va ifodali o’qishni;
- o’z fikr-mulohazalarini og’zaki va yozma shaklda tog’ri va izchil ifodalanishi;
- badiiy asar tahlili bilan aloqador holda ijtimoiy-ma’naviy hodisalarga mustaqil va ijodiy baho bera olkishni bilishlari nazarda tutiladi.
Ayni paytda 4-sinf o’quvchilalining o’qish texnikasiga oid ko’nikma va malakalarni rivojlantirish ustida ham ishlash ko’zda tutiladi. Bunda: o’qiyatgan materialning to’griligi, ravonligi, su’rati, ifodaliligi nazarga olinadi. Sanalgan ko’nikma va malakalarning hatto yuqori sinf o’quvchilarining ham ko’pchiligida tegishli talablar darajasida emasligini inkor etib bo’lmaydi.
Har bir badiiy asarni o’qish va o’rganishda, xususan, ularni badiiy asar sifatida tushunishda o’quvchilar ayrim murakkabliklarga, qiyinchiliklarga duch kelishadi. Bunga tavsiya etilayotgan adabiy materiallarning turli-tuman janrlarga oidligi ham sabab boladi. Zero, har bir janr, hatto har bir asarning o’zi uning o’rganishdagi yangidan-yangi usul va shakllarni taqozo etadi. Bu adabiy ta’lim metodikasidagi asosiy aksiomalardan biridir.
Ifodali o’qish bevosita inson tafakkuri bilan bo’gliq
hodisa. Demak, badiiy asarlarni tishunish, his qilish va ifodali o’qish o’rtasida bevosita aloqadorlik mavjud. Shuning uchun ham ifodali o’qish jarayonida badiiy asarning har bir unsuriga, har bir detaliga, uning sujet va kompozitsiyadan boshlab, tasvir vositalariga, ifoda tarziga, uslubiy va tiliga ham ayricha e’tibor berish lozim boladi. Albatta, bularning barchasi o’quvchilarning yosh xususiyatlari ularning, psixo-fizologik imkoniyatlari, umumiy adabiy saviyalarni eyanadaazaz’tiborga olgan holda amalgam oshirilishi kerak. Shunda ularning badiiy-estetik didlari yanada takomillashib boradi.
Natijada o’quvchilar qo’yilgan savollarga to’gri javob berishga, o’zlari o’qigan asarlari mazmunini tola, to’g’ri, izchil, eng muhimi, mustaqil va ijodiy tarzda yoritishga asosiy adabiy-badiiy hodisalar mohiyatini anglashga asar mazmunini ixcham va qisqa tarzda qayta hikoyalashgan, asosiy va ikkinchi darajali qahramonlarni ajratishga ularning asosiy, etakchi xususiyatlarini tavsiflab berishga, har bir adabiy qaxromon holati va xatti-harakatlarini baho berishga unchalik murakkab bolmagan sabab-oqibat munosabatlarini ilg’ashga odatlanib borishadi. Shu asnoda ular har bir badiiy-estetik nisbatan o’z nuqtai nazarini ifodalash, ulardan muayyan xulosalar chiqarish, ularga nisbatan hissiy munosabat bildirishga oid kompetensiyalarni egallab borishadi.
O’qishga oid ko’nikma va malakalar:
-adabiy talaffuz me’yorlariga muvofiq holda ongli, to’gri, ravon ifodali o’qish asoslarini egallash va yanada takomillashib borish;
-berilgan topshiriqlar asosida adabiy matnlarni mustaqil ravishda “ichida” o’qiy olish va uning asosiy mazmunini tushunish, his etish;
-badiiy asarlarning janr xususiyatlari va uslubiy o’ziga xosliklarni anglagan holda ifodali o’qiy olish;
-qahramonlarning holati, ruhiy ahvoli, boshqalar bilan munosabatidagi o’rniga ko’ra o’qish ohangida ularni ifodalashga harakat qila bilish;
-sinfdoshlar oldida ifodali o’qish uchun mustaqil tayyorgarlik ko’ra bilish;
-rollarga bo’lib o’qishni uddalash;
-badiiy asar yoki uning ayrim parchalarini deklamatsiya qilganida ifodali o’qish talablariga roiya eta bilish;
-badiiy asarda aks etgan hodisalar, adabiy qahramonlar, ularning xatti-harakatlari o’rtasidagi mantiqiy va mazmuniy aloqadorlikni belgilay olish;
-asar matnini tegishli qismlarga ajrata olish;
-asar yoki uning ayrim qismlariga xos bo’lgan asosiy fikrni (o’qituvchi yordamida) tahlileta bilish;
-badiiy asarni unda aks etgan ma’naviy haqiqatlar yuzasidan (o’qituvchi yordamida) tahlil eta bilish;
-qahramonlardagi yozuvchi ko’zda tutgan, tasvirlangan u yoki bu ma’naviy-axloqiy xususiyatlarni tasdiq yoki inkor etish ucnun asardan tegishli misol, namunalarni tanlash va tavsiflay olish;
-tasvirlanayotgan adabiy hodisalar yoki qahramonlarga nisbatan muallif nuqtai nazarini ajrata olish va boshqalardan iborat.
Mavzu yuzasidan savollar:
1. O‘qish malakalarining sifatlarini ayting?
2. Tez, ongli o’qish turlari qanday?
3. Ifodali o‘qish sifatlari qanday?
4. O‘qish malakalarini shakllantirish jarayonini takomillashtirish yo‘llari ko’rsating.
5. .Ifodali o‘qish metodikasining asoslari.
Download 46.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling