4.4. Yer ustidan egat uzunligi boʻyicha sugʻorishda tuproqlarning namlanishi.
Yengil tuproqli boʻlgan dalalarda sugʻorish texnika elementlaridan, egatlar
orasidagi masofa a = 60 sm, nishablik 0,0002 ga teng boʻlgan xolda, oʻzgaruvchan
suv sarfi boʻyicha sugʻorish ishlari amalga oshirilganda, ikkinchi sugʻorishda suv
egat boʻyicha bir xilda taqsimlanadi.
Yengil tuproqli dalada suv egatning oxiriga 2 soatda yetib boradi, ammo
egat oxirida tuproq namlanishi koeffitsienti kichik boʻlganligi uchun sugʻorish
davom qildirish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
Suvni egat orqali oqizib qoʻyish ya’ni oʻzgaruvchan suv sarfi bilan
sugʻorilganda suv egat oxiriga yetib borgan vaqtda suv sarfi 2 barobar
qisqartiriladi. Egat toʻliq namlanishi aniqlash maqsadida 2 nchi sugʻorish
ma’lumotlari olish maqsadga muvofiq. Xar gektar maydonga 600 m
3
suv
berishning ta’minlanishi (sugʻorish oldi tuproq namligi CHDNSga nisbatan 70-80-
60 foizda ushlab turilishi) natijasida yengil mexanik tarkibli tuproqda suvning
shimilishi maromida boʻladi (4.1 a - rasm).
86
4.1- rasm. Suvning egat uzunligi boʻyicha shimilishi (a- egatni oʻzgaruvchan suv
sarfi bilan sugʻorish; b- egatni qarama-qarshi tomondan sugʻorish; s- egat oralab
sugʻorish.
Yengil mexanik tarkibli tuproqlarga qabul qilingan sugʻorish texnikasi
elementlari, jumladan suv sarfi 0,6 l/s boʻlgan xolda 1 kun davomida 51,84 m
3
dalaga kirishi ta’minlanadi. U xolda sugʻorish vaqtini hisoblashda 0,6 · 8 · 80 =
384 m
2
maydonga suvni 5 soat davomida kiritilganligi aniqlandi. Shu xolatda
tuproqning toʻliq namlanishi ta’minlandi.
4.1. b - rasmda egatni qarama - qarshi tomondan sugʻorishda egatning
uzunligi boʻyicha namlanish epyurasi quyida keltirib oʻtilgan.
Egat oralab sugʻorishda tuproq namlanishi va egat oxiriga suvning yetib
borishi uchun 2,5 soatdan ortiq vaqt talab qilindi (4.1. c- rasm). Suv sarfi egat
oxirga yetib borgan, xamda tuproq toʻliq suvga toʻyingan.
Sugʻorish texnologiyalarida sugʻorish texnikasi elementlari egat uzunligi
boʻyicha namlanishini aniqlashda ishlab chiqarishda qabul qilingan tuproqning
mexanik tarkibi va sugʻoriladigan maydon nishabligi boʻyicha egat uzunligi 80 -
120 metr qilib olinishi maqsadga muvofiq hisoblanadi. Ushbu egat uzunligi qabul
qilinishi orqali, egatga berilgan suv sarfi egat oxiriga yetib borishi toʻliq
ta’minlanadi.
87
Do'stlaringiz bilan baham: |