Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/37
Sana18.10.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1708446
TuriУчебное пособие
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

4.7. Tomchilatib sugʻorish tizimi. 
Ekinlarni yer ustidan egatlab sugʻorishda koʻp tadbirlar qoʻl kuchi bilan 
bajariladi, eng muhimi qishloq xoʻjalik ekinlari uchun zarur boʻlgan suv bu usulda 
talab qilingan me’yorga nisbatan ancha (25 - 30 %) ortiqcha sarflanadi. Egatlarga 
suvni toʻgʻri taqsimlanmasligi oqibatida egat tubiga solingan mineral oʻgʻitlar suv 
bilan yuvilib yoki quyi qatlamlarga shimilib, ularning samarasi kamayadi
me’yoridan ortiqcha sugʻorish tuproqning meliorativ-ekologik holatiga, kollektor - 
zovur tarmoqlarining ish faoliyatiga salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Taraqqiy etgan jahon mamlakatlarida uzoq yillar davomida qishloq xoʻjalik 
ekinlarini sugʻorishda eng zamonaviy tejamkor, kompyuterlashtirilgan tomchilatib 
sugʻorish usulidan keng foydalanib kelinmoqda.
Chet el va Oʻzbekistonning shu soha olimlari hamda mutaxassislari 
tomonidan tomchilatib sugʻorish usulining boshqa texnika va texnologiyalarga 
nisbatan afzallik tomonlari ma’lum darajada oʻrganilib ishlab chiqarishda 
qoʻllanimoqda.
Tomchilatib sugʻorish usulida ekin turlari boʻyicha 1 ga maydonda egatlab 
sugʻorishga nisbatan 40 - 55 % gacha suvni tejalishi, 1,5 - 2 barobar mehnat sarfini 


91 
kamayishi, 35 - 40% gacha mineral oʻgʻitlarning tejalishi, paxta hosildorligining 
10st/ga dan yuqori boʻlishi aniqlangan.
 Tomchilatib sugʻorish tizimining oʻziga xosligi uning bosim ostida 
ishlovchi suv taqsimlovchi doimiy tarmoqdan iboratligi bilan belgilanadi. Ushbu 
tarmoq oʻsimlikning suvga boʻlgan ehtiyojiga teng me’yordagi suvni uzluksiz va 
muntazam ravishda ekinlarning ildiz qatlamiga yetkazib beradi. Tomchilatib 
sugʻorishda oʻsimlik ildiz qatlami namligini doimiy bir xilda ushlab turilishi tufayli 
oʻsimlikning bir tekis rivojlanishiga imkoniyat yaratiladi. Bunda tuproqning 
namlanishi asosan kapillyarlar hisobiga amalga oshiriladi, natijada tuproqning suv 
- fizik xossalarida keskin oʻzgarishlar boʻlmaydi. Tomchilatib sugʻorish tizimlarni 
hamma joyda, hatto boshqa sugʻorish usullarini qoʻllash mumkin boʻlmagan yoki 
qoʻllash samara bermaydigan sharoitlarda, ya’ni: murakkab relyefli va nishabligi 
katta uchastkalarda; qurgʻoqchilik uzoq davom etadigan va shamoli kuchli boʻlgan 
hududlarda; tuproq qatlami yupqa va suv shimilishi yuqori boʻlgan maydonlarda
sugʻorish suvini yetkazib berish qimmatga tushadigan (nasoslar yordamida suv 
beriladigan) hududlarda va sugʻorishga tozalangan chiqit suvlar ishlatiladigan 
holatlarda qoʻllash mumkin.

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling