Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»
Tomchilatib sugʻorishning afzalliklar
Download 1.96 Mb. Pdf ko'rish
|
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma
Tomchilatib sugʻorishning afzalliklari, bu ekinning ildizi rivojlanadigan
tuproq qatlamida (ayniqsa, oʻsimlikning amal davrida) maqbul suv - fizik rejimni birday ushlab turish oqali qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori hosil olish uchun qulay sharoit yaratishdan iborat. Oʻsimlik ildiz qatlamida maqbul namlikni ta’minlash esa oʻsimlikning oʻziga zarur boʻlgan vaqtda suv va oziq moddalarni olishiga doimiy imkoniyat yaratadi. Natijada oʻsimlikning energiyasi toʻlaligicha oʻzining rivojlanishi va oʻsishi, pirovardida esa hosilini koʻpaytirishiga yoʻnaltiriladi. Maqbul sugʻorish va oziqlanish hisobiga bogʻ va tokzorlarda hosildorlik 20 - 40 % gacha, sabzavot ekinlarida esa 50 - 80 % gacha oshishi ilmiy tomondan isbotlangan. Bundan tashqari sabzavotlarni pishib yetilishi ham 10 - 15 kunga avvalroq boʻladi. Tomchilatib sugʻorish tizimlarida suv oʻsimlikka quvur va shlanglar vositasida yetkazib berilishi va tizim bir joyda doimiy turishi tufayli sugʻorish va 92 oziqlantirish jarayonlarini toʻliq avtomatlashtirish imkoniyati yaratiladi. Dalaning faqat ekinlarni idizi joylashgan qismigina namlanadi. Bunda dala tuprogʻi qotmaydi, natijada tuproqni yumshatish (kultivatsiya) va undan keyin yana ariq olishga hojat qolmaydi. Oʻgʻit suv bilan birga berilganligi bois, oʻgʻitlash uchun texnika ishlatishning zaruriyati qolmaydi. Natijada mehnat va yonilgʻi moylash materiallari sarfi kamayadi. Tomchilatib sugʻorish tizimlarining eng asosiy afzalligi mavjud suvdan samarali foydalanish imkoniyatini yaratishidir. Tomchilatib sugʻorish tizimlari qoʻllanilganda sugʻorishga ishlatiladigan suv miqdori boshqa sugʻorish usullaridagiga nisbatan 20 % dan 80 % gacha kam boʻladi. Suvni tejash kattaligi joyning tabiiy-iqlim va tuproq sharoitlari, yetishtirilayotgan ekin turi va qoʻllanilayotgan tomchilatib sugʻorish tizimining texnik koʻrsatkichlariga bogʻliq boʻladi. Tomchilatib sugʻorishda suvni tejashga odatda quyidagilar hisobiga erishiladi: - sugʻorish rejimining oʻziga xosligi (sugʻorish me’yorining oʻsimlikning suvga boʻlgan talabiga mosligi); - sugʻoriladigan (namlanadigan) maydonning cheklanganligi (suv toʻgʻridan - toʻgʻri oʻsimlikning ildizi rivojlanadigan qatlamga yetkazib beriladi); - tuproqdan bugʻlanadigan suv miqdorining kamligi (dalaning koʻp qismi quruq qolishi ta’minlanishi sababli); - begona oʻtlar rivojlanishini cheklanishi (mazkur oʻtlar boʻlmaganligi tufayli dalaga beriladigan suvdan ekinlar foydalanishi mumkin); - sugʻorishga berilayotgan suvning dala boʻylab tarqalib ketmasligi va tuproqqa singib ketmasligi; - daladan tashlamaga suv chiqib ketmasligi (tashlanmasligi). Tomchilatib sugʻorishda faqat oʻsimlikning ildizi atrofi namlanganligi tufayli sugʻorishning foydali ish koeffitsienti 90 - 95 foizga teng boʻladi. Egatlab va yomgʻirlatib sugʻorish usullarida bu koʻrsatkich 70 - 75 foizdan ortmaydi. 93 Qayd etilgan asosiy afzalliklardan (hosil miqdori va sifati yaxshilanishi, mehnat sarfi kamayishi va suv tejalishi) tashqari tomchilatib sugʻorish tizimlarining yana bir qancha ijobiy tomonlari mavjud: - tomchilatib sugʻorish ozuqani (oʻgʻitni) oʻsimlik rivojining turli fazalarida oʻsimlik ehtiyojiga mos ravishda sugʻorish suviga qoʻshib berish imkoniyatini yaratadi. Bunda mehnat sarfi va beriladigan oʻgʻit miqdori 50 foizgacha kamayishi mumkin; - tomchilatib sugʻorish tizimi suv va ozuqani ekin maydoni boʻyicha bir tekis taqsimlanishini ta’minlaydi. Bunda oʻsimliklar bir xil rivojlanadi va hosili ham bir vaqtda pishadi. Natijada hosilni yigʻib olish osonlashadi; - ekin dalasini cheklangan ravishda namlanishi dalaga mexanizmlar kirishiga imkoniyat qoldiradi. Dala qurishini kutishga hojat yoʻqligi bois agrotexnik tadbirlarni sugʻorish bilan bir vaqtda olib borish mumkin, ya’ni mehnatni toʻgʻri tashkil etishga imkoniyat yaratiladi; - sugʻorish vaqtida daladan oqava chiqmaganligi bois tuproq eroziyasi butkul bartaraf etiladi. Ushbu jihat katta nishabli va tekislanmagan maydonlarda tomchilatib sugʻorishni qoʻllash ayniqsa katta samara berishini koʻrsatadi; - suvni tuproqqa shimilishining cheklanganligi yer osti suvlari sathining koʻtarilib ketishiga imkoniyat qoldirmaydi, demak dala botqoqlanmaydi va shoʻrlanmaydi; -sugʻorishga bir vaqtda beriladigan suv sarfining kichikligi kam debitli suv manbalaridan (quduqlardan) foydalanishga, yoki ushbu kam suv bilan katta maydonlarni sugʻorishga imkoniyat yaratadi; -egatlar oraligʻidagi tuproq doimo quruq boʻlganligi tufayli begona oʻtlarni chopib yoʻqotish osonlashadi. Bundan tashqari gerbitsidlarni suv bilan birga berish imkoniyati ham yaratiladi; -oʻsimlik ildiz qatlami atrofi doimo nam boʻlganligi bois, u yerda tuz yigʻilishiga sharoit qolmaydi. Tomchilatib sugʻorish texnikasining juda koʻp afzallik tomonlari mavjud. Jumladan: 94 - suv resurslari 45 - 55 foizgacha tejaladi; - notekis yerlarni sugʻorish imkonini beradi; - sugʻorish ishlari yengillashadi; - suvchilar soni kamayadi; - mineral oʻgʻitlarning isrof boʻlishining oldi olinadi; - ortiqcha mehnat: oʻq ariqlar olish, joʻyaklarni boshini har xil materiallar bilan qoplash, oʻq ariqlarni buzish va boshqalar bajarilmaydi; - ekin qator oralari qotib ketmaydi, qator oralariga ishlov berish soni kamayadi va boshqalar. Download 1.96 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling