Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

 
Annotation 
 
The manual for practical exercises is intended for graduate students in the 
specialty of 5A450206 - "Water-saving technologies." The manual is written 
according to the standard and working curriculum of the discipline "Landscape 
Irrigation". 
The training manual covers the essence of landscape irrigation, the science 
of landscape irrigation, the subject, the object, and natural and anthropogenic 
factors characterizing landscape changes, landscape protection, and the 
implementation of practical exercises. This tutorial can be used by farm workers, 
mirabs and engineers when performing irrigation works. 
Taqrizchilar:
Yakubov M.A. 
– Irrigatsiya va suv muammolari ilmiy-tadqiqot instituti 
bosh ilmiy xodimi, texnika fanlari doktori, professor. 
Amanov B.T. 
– TIQXMMI, “Gidromeliorativ tizimlardan foydalanish” 
kafedrasi dotsenti, texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori 
(PhD). 
 



Kirish 
“Landshaftli irrigatsiya” inson ssivilizatsiyasining ilk davrlarida shakllangan 
turlardan biri hisoblanadi. “Landshaftli irrigatsiya” fani inson yashaydigan 
muhitni estetik jihatdan shakllantirish yoʻnalishida rivojlangan. Oʻzbekistonda 
keyingi yillarda koʻkalamzorlashtirish koʻlami kengayib, shahar va qishloqlarini 
qiyofasi yil sayin oʻzgarib, obodonlashib, koʻrkamlashib borishi aynan landshaftli 
irrigatsiyani amaliy tomondan toʻgʻri qoʻllanishidan dalolat beradi. Shahar va 
qishloqlarni koʻkalamzorlashtirishda yangi usullar va stillar qoʻllana boshlandi. 
Zamon talabiga mos sun’iy landshaftlar barpo etilmoqda, shu sababli landshaftli 
irrigatsiyaning koʻkalamzorlashtirishda oʻrni beqiyos hisoblanadi.
Mavjud tabiiy resurslardan oqilona foydalanish masalalari hozirgi kunning 
dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Mamlakatimizda insonlarning turmush 
darajasini oshirish asosiy iqtisodiy siyosiy yoʻnalish hisoblanib, u tabiatdan 
oqilona foydalanish masalalari bilan bogʻliq. Tabiat resurslaridan oqilona 
foydalanish strategiyasi inson hayoti uchun qulay yashash muhitini yuzaga 
keltirishdan iborat. Bu masalalarni amaliyotda hal etish qishloq xoʻjalik ekinlarini 
yetishtirishda xamda aholi yashash joylarida koʻkalamzorlashtirish tizimini yuzaga 
keltirish orqali amalga oshiriladi. Bu ochiq maydonlarni landshaftini tashkil etish 
kabi faoliyat turi bilan ham chambarchas bogʻliq hisoblanadi. “Landshaft” termini 
nemischa soʻz boʻlib, yerning koʻrinishi, joyning koʻrinishi ma’nosini bildiradi. 
“Landshaftli irrigatsiya” termini bu qishloq xoʻjalik ekinlaridan yuqori
maksimal va sifatli xosil olishda, tabiy resurlarga salbiy ta’sir etmasdadan 
sugʻorish ishlarini amalga oshirishdan iborat. 
Landshaftli irrigatsiyaning eng muhim vazifalaridan biri – qishloq xoʻjalik 
ekinlaridan toʻlaqonli hosil olish uchun yaxshi (estetik) muhit yaratishdir. Bu 
ma’noda landshaftli irrigatsiya, landshaftli melioratsiya bilan hamkorlikda faoliyat 
yuritadi. Demak landshaftli irrigatsiya hududlarni koʻkalamzorlashtirishda tabiiy 
sharoitdagi landshaft komponentlaridan hamda sugʻoriladigan maydon holati va 
yetishtiriladigan ekin turlaridan foydalangan holda tashkiliy ishlarni amalga 
oshirish hisoblanadi. 



Landshaftli irrigatsiya, inson paydo boʻlgan davrdan boshlab vujudga kelgan 
desak toʻgʻri, chunki bu tushuncha inson faoliyatining minglab yillari bilan 
bogʻliq. Landshaftli irrigatsiya asosan suv manbalaridan foydalanilgan holda 
manzarali bogʻlar barpo etish yoʻnalishida faoliyat yuritdi. 
Landshaftli 
irrigatsiyaning 
orqali 
hududlarni 
koʻkalamzorlashtirish 
infrastrukturasi shakllandi, ya’ni manzarali bogʻlar, ekinlarni toʻgʻri joylashtirish 
orqali sugʻorish ishlari bajarildi, parklar, xiyobonlar, bulvarlar, istirohat parklari 
barpo etiladi.
Landshaftli irrigatsiyaning oʻziga xosligi bu tabiat, ya’ni yer re’yefi va uning 
geoplastik imkoniyatlari, suv ob’yektlari, oʻzgaruvchan oʻsimlik dunyosi va iqlim 
kabi omillarni asosiy ish materiali sifatida foydalanadi. Ushbu tabiiy materiallarni 
yagona kompozitsiyaga biriktirish muayyan ijodiy asar yaratish landshaftli 
irrigatsiyaning mohiyatini belgilab beradi. Landshaftli irrigatsiya va sugʻoriladigan 
maydonning meliorativ holati bilan birgalikda tabiiy materiallardan foydalangan 
holda ochiq muhitni estetik shakllantiradi. Zamonaviy tushunchada landshaftli 
irrigatsiya umuman olganda insoniyat jamiyati va xususan har bir uning a’zosi 
yashovchi fazoviy muhitni tashkil etuvchi faoliyatdir.
Fazoviy muhitda landshaftli irrigatsiyani shakllantirish - ekologik, funksional 
va estetik talablarga boʻysunadi. Ekologiya landshaftli irrigatsiya ikki xil xarakterli 
xususiyati - inson va oʻsimlik ekologiyasi bilan ajralib turadi. 
Birinchi holatda inson uchun komfort sharoitlarni (havo harorati, nisbiy 
namligi, shamol rejimi va insolyatsiya) shakllantirish boʻlsa, ikkinchi holatda 
oʻsimliklarni oʻsishi uchun qulay sharoitlarni yuzaga keltirish hisoblanadi. 
Masalan, issiq iqlimda inson uchun soya va moʻtadillikni ta’minlash oʻsimliklarni 
sugʻorish orqali amalga oshiriladi.
Landshaftli irrigatsiyadagi funksional talablar birinchi galda aholini toʻlaqonli 
turli tuman dam olish turlarini tashkil etishga qaratiladi. Landshaftli irrigatsiyada 
estetik va sanitar - gigienik masalalarni hal etish jamiyatning sotsial talablaridan 
kelib chiqqan holda yechimi topiladi: har bir kishilik formatsiyasi oʻz ideallariga 



ega boʻlgan, bu oʻsha davrlardan manzarali bogʻlar va parklarni shakllantirishda 
oʻz aksini topgan. 
Shu bilan bir qatorda manzaralarni tashkil qilishda, park muhitini estetik 
jihatlari keng qamrovli boʻlib, fazoviy muhitni garmonizatsiyalashgan vositalar 
yordamida shakllantiradi. Landshaftli irrigatsiya ekologiya, irrigatsiya va 
melioratsiya, oʻsimlikshunoslik, tuproqshunoslik, geografiya kabi biologik fanlar 
bilan chambarchas bogʻliqdir. 
U oʻzining antik davrlardagi bogʻdorchilik tashkil qilishdan boshlab, toki 
bizning davrimizgacha boʻlgan bir necha ming yillikda juda katta klassik tajribaga 
ega boʻldi, ular hozirgi davrdagi landshaftli irrigatsiya ham dolzarbdir. 
Landshaftli irrigatsiya kompozitsiya nazariyasi va amaliyotini oʻrganishni 
qadimgi davrdagi tajribalardan bexabar holatda oʻtkazib boʻlmaydi, shu sababli 
ham ushbu darslikda l
andshaftli irrigatsiyaning yuzaga kelishi va rivojlanish 
tarixi
ga alohida boʻlim ajratilgan. Qadimgi landshaftli irrigatsiyani qoʻllash orqali 
yaratilgan koʻkalamzorlashtirish ishlari xamda bogʻzorlar minlab yillar avvallari 
barpo etilgan boʻlib, ularning rivoji bilan bir qatorda amalga oshib bordi. 
Insoniyat necha ming yilarni yer yuzasi qiyofasini oʻzgartirish bilan bir 
qatorda tabiiy landshaftlarni nafaqat hozirgi zamon hayoti uchun yaroqli holda, 
balki kelgusi avlodlar uchun ham yaroqli holda qolishligi haqida gʻamxoʻrlik 
qilmoqda. 
Landshaft boʻlgʻusi resurs yaratuvchi tizim sifatida oʻzida genofond 
elementlarini va peyzaj bioxilma-xilligini saqlovchi hamda insonlar tomonidan 
doimiy foydalaniladigan tabiiy obyekt hisoblanadi. 
Landshaft muayyan darajada sotsial - tarixiy ahamiyatga ham egadir, chunki u 
millatlar tarixi bilan bogʻliq. Bularning barchasi landshaftlarga ekspluatatsiya 
qilinadigan obyektlar sifatida emas, balki insonlarning tabiatni muhofaza etuvchi 
faoliyati deb ham qaramogʻimiz lozimligini koʻrsatadi. Insonning hayoti doimo u 
yoki bu landshaftlar muhitida oʻtgan, uning xoʻjalik faoliyati birinchi galda 
tabiatga, aniqrogʻi landshaftlarga ta’sirida namoyon boʻlgan. 



Landshaftli 
irrigatsiyaning 
eng 
muhim 
tarmoqlaridan 
biri 
koʻkalamzorlashtirishning oʻziga xosligi, bu oʻsimlik, suv, tuproq va yer 
topografiyasi xususiyatlaridan unumli foydalanishidir. Ochiq fazoviy muhitni 
shakllantirishda ana shu tabiiy vositalar asosiy rol oʻynaydi. Landshaftli 
irrigatsiyaning umum qabul etilgan va sugʻorish amaliyotiga nisbatan oʻziga 
xosligi boʻlib, undagi estetik va ekologo - gumanistik ibtido bosh mezon sifatida 
xizmat qiladi. Landshaftli irrigatsiyada fazoviy muhitni shakllantirishning 
funksional va texnik tomonlari ham muhimliligiga qaramasdan yordamchi oʻrin 
tutadi. Landshaftli irrigatsiya faoliyatining muhim sohalaridan biri qishloq 
xoʻjaligini koʻkalamzorlashtirishda ochiq fazoviy muhitlarni shakllantirish va 
tashkil etishdir.
Oxirgi yuz yillikda landshaftli irrigatsiya faoliyati doirasi ancha kengaydi. 
Koʻkalamzorlashtirish tajribasi shuni koʻrsatadiki, uning asosiy vazifalaridan biri - 
tabiiy va sun’iy yaratilgan fazoviy muhit orasida muayyan muvozanat va garmonik 
uygʻunlashuvga erishish, barcha landshaftli irrigatsiya bilan oʻzaro bogʻliqli va 
yaxlit tizimga birlashtirish hisoblanadi. 
Ushbu darslik “Irrigatsiya va melioratsiya” ta’lim sohasining 5A450206 - 
“Suv tejamkor sugʻorish texnologiyalari” magistratura mutaxassislar uchun 
moʻljallangan boʻlib, ularning landshaftli irrigatsiya haqida tushuncha, geografik 
landshaftshunoslik asoslari, koʻkalamzorlashtirish obyektlarini kompozitsion 
loyihalash asoslari haqida bilimlari kengaytirishga xizmat qiladi. 
Magistrlar ushbu fanni oʻrganishda landshaftli irrigatsiyadagi asosiy 
yoʻnalishlar, tendensiyalarni oʻziga xosligi, landshaft obyektlarida sugʻorish 
tarmoqlarini loyihalashtirish, baholash, tabiiy manba elementlaridan oʻsimlik, suv, 
yer, 
joy 
topografiyasining 
xususiyatlaridan 
foydalanish 
masalalarini 
oʻzlashtiradilar. 




Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling