Учебное пособие для практических занятий предназначено для магистров, обучающихся по специальности магистратуры 5А450206 «Водосберегающие технологии»


 Landshaftli irrigatsiyaning asosiy qoidalari va tushunchalari


Download 1.96 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/37
Sana30.03.2023
Hajmi1.96 Mb.
#1309298
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37
Bog'liq
Ландшафтли ирригация узбек oquv qollanma

1. Landshaftli irrigatsiyaning asosiy qoidalari va tushunchalari. 
1.1. Landshaftli irrigatsiya fani, predmeti, obyekti. 
Yer sharining yuzasi uning turli tuman koʻrinishida qadimda ham, hozir ham 
koʻpgina tabiiy fanlarning (geologiya, fizikaviy geografiya, biologiya, 
tuproqshunoslik va boshqalar) oʻrganuvchi predmeti boʻlib xizmat qilgan. Ushbu 
fanlarning rivojlanish jarayonida hamda yer yuzasining tuzilishi haqida bilimlarni 
kengayishi ushbu yer qobigʻi 4 ta uning asosini tashkil etuvchi muhitdan: litosfera 
(qattiq, toshli), atmosfera (havo) gidresfera (suv) va biosfera (tirik moddalar) 
qatlamlaridan iborat ekanligini koʻrsatdi. Buning natijasida yangi ilmiy atama - 
yerning geografik qobigʻi atamasi paydo boʻldi va unga 4 ta bir - biri bilan birikib 
ketgan fizik-geografik qobiqdan tashkil topgan kompleks tabiiy birlashma sifatida 
qaraldi. 
Yer planetasi qobiqli tuzilish xususiyatiga egadir. Uning qobiqlaridan biri - 
geografik qobigʻi murakkab tuzilgan va oʻziga xos belgilari bilan ajralib turadi. 
Yerning geografik qobigʻining alohida belgilari shundan iboratki, uning tarkibi 
asosan uchta agregat holdagi (qattiq, suyuq va gaz holati) moddalardan tashkil 
topgan va unda kosmik va yer energiya manbalarini mavjudligidir. Bundan 
tashqari yer qobigʻida organik materiya - hayot mavjuddir. 
Yerning geografik qobigʻi toʻrtta qobiq yoki muhitdan tashkil topganligini 
ilk bor rus tabiatshunosi P.I. Brounov ta’kidlagan. Uning fikricha ushbu toʻrtta 
qatlamlar (litosfera, atmosfera, gidrosfera va biosfera) bir - biri bilan chambarchas 
bogʻliqdir va bir - biri bilan murakkab ta’siri oqibatida yerning hozirgi tashqi 
qiyofasini yuzaga keltirgan. 
Yer qobigʻining asosiy xususiyati - unda doimiy ravishda modda va energiya 
almashinuvi sodir boʻlishi, shu bilan bir paytda tashqi dunyo - koinot boʻshligʻi 
bilan, uning asosiy qatlamlari havo, suv va biomassa orasida ham bu jarayonni 
sodir boʻlishidir. Ushbu modda almashinuvi geografik qobiqni doimiy 
rivojlanishini belgilaydi, tarkibi va tuzilishini oʻzgaruvchanligi uni yuksak va 
murakkab tabiiy komponentlar tuzilmasidan iborat ekanligini koʻrsatadi. 



Yerning geografik qobigʻi juda yuksak quvvatga ega, uning chegaralari 
haqida turlicha qarashlar mavjud. Hozirgi keng tarqalgan fikrga koʻra uning yuqori 
chegarasi atmosferada hayotning yuqori tarqalish chegarasi 25 - 30 km. 
balandlikdadir. Ushbu balandlikkacha yer yuzasining issiqlik ta’siri sezilarli 
darajada boʻlib, atmosfera ozonga boy boʻladi. Atmosferaning ozon (O
3
) qatlami 
quyosh radiatsiyasining ultrabinafsha nurlarini ortiqchasini ushlab qoladi va bu 
bilan yer yuzasidagi hayotni muhofaza etadi. 
Yerning geografik qobigʻiga okean suvlarining barcha qatlami ham kiradi. 
Materiklarda hayot, qatlamining quyi chegarasi yer poʻstlogʻining quyi tarqalish 
qatlamidir. Ushbu qatlamda toʻxtovsiz ravishda gidrosfera va atmosfera orasida 
modda va energiya almashinuvi jarayonlari sodir boʻladi va u tektonik xarakatlar, 
zilzila va vulkonlar faoliyatida namoyon boʻladi. Shunday qilib, yerning hayot 
mavjud qatlami 35 - 40 km. ni tashkil etadi. Yerning geografik qobigʻi uni tashkil 
etuvchi qatlamlarni turlicha ekanligi bilan ajralib turadi ular orasida oʻzaro 
ta’sirlashuvchi qatlam-landshaft muhitini alohida ajratish lozim. Aynan ana shu 
muhitda quyosh energiyasini turli yer energiyalariga transformatsiyasi sodir 
boʻladi va hayot uchun juda qulay sharoit vujudga keladi. Uning qamrab olgan 
qatlam qalinligi bir necha oʻn metrdan 250 metrgacha yer yuzasidan va okeanlar 
ustidagi balandlikni qamrab oladi (tekisliklar hamda togʻlar ustida). Ana shu 
oraliqda quruqlikda ham, okeanlarda ham litosfera, atmosfera va gidrosferani bir - 
biri bilan faol ta’sirlashuvi hamda toʻgʻridan - toʻgʻri ta’siri ostida landshaftlar 
yuzaga keladi. 
Quruqlikdagi landshaft muhitiga zamonaviy shamol va suv eroziyasi 
oqibatida shakllangan yer shari yuzasi, tuproq, oʻsimlik dunyosi, tirik organizmlar 
va havoning yer yuzasi qatlami kiradi. Boshqacha soʻzlar bilan aytganimizda 
landshaft muhiti - yer yuzasidagi tabiiy komplekslarning yagona majmuasidir. 
yerning geografik qobigʻini markazini egallagan landshaft muhitida biologik fokus 
boʻlib, unda quruqlik va suvda hayotning eng mukammal rivojlangan shakllari 
mavjud. yerning geografik qobigʻining bir qismi sifatida ushbu qatlam global 



ahamiyatga ega boʻlib, alohida fan-landshaftshunoslikning oʻrganish predmeti 
hisoblanadi. 
Landshaftshunoslikning oʻrganish predmeti yerning landshaftli muhiti 
hisoblanadi, u oʻz navbatida umumiy landshaftshunoslikka va regional 
landshaftshunoslikka ajratiladi. Umumiy landshaftshunoslik asoslari landshaft 
geofizikasi, landshaft geokimyosi, landshaft biofizikasi, landshaft xaritashunosligi, 
landshaft oʻrmonchiligi, landshaftli irrigatsiya kabi mustaqil fanlardan iboratdir. 
Landshaft termini landshaftshunoslik fanining asosiy tushunchalaridan biri 
hisoblanadi. Bu nemischa soʻz boʻlib, “yerning koʻrinishi” yoki “joyning 
koʻrinishi” ma’nosini bildiradi. Landshaft -genetik bir xil tabiiy - hududiy majmua 
boʻlib, unda relyef va uni tashkil etuvchi tuproq, iqlim, suv, tirik organizmlarning 
nisbiy birligi bilan xarakterlanadi va doimo inson ta’sirida boʻladi. Yer yuzasidagi 
landshaftlarni turli - tumanligi, ularni ichki tarkibi va rivojlanish qonuniyatlari - 
landshaftshunoslik predmeti hisoblanadi. Geografik landshaft tushunchasining 
hajmi va mazmuniga nisbatan turli qarashlar mavjud, lekin umumiy nuqtai nazar 
shundan iboratki, landshaft deyilganda geografik tabiiy - hududiy majmua 
tushuniladi. 
Har bir landshaft obyektiv mavjud tabiiy boʻlak boʻlib, oʻzining tashqi 
koʻrinishi va ichki strukturasiga hamda landshaft hosil qiluvchi tabiiy 
komponentlari orasida toʻgʻri va teskari oʻzaro bogʻliqlik va oʻzaro ta’sirga egadir. 
Ular yer yuzasida konkret hududda mavjud boʻlib, oʻzining aniq chegaralari, vaqt 
oraligʻida va fazoda rivojlanishi bilan xarakterlanadi, bu landshaftni tashkil etuvchi 
tabiiy komponentlar massasi va energetik balansi nisbatlarini oʻzgarishi bilan 
oʻlchanadi. Landshaftlar aniq tabiiy - hududiy majmualar sifatida individual hamda 
tipologik jihatdan oʻrganiladi. Bu ilm - fan va amaliyot uchun, masalan qishloq 
xoʻjaligi uchun har bir konkret landshaft (togʻ landshafti, vodiy landshafti, sahro 
landshafti) uning qaytarilmas, oʻziga xos individual tabiiy xususiyatlari bilan 
ahamiyatlidir. Shu bilan birga turli landshaftlarda ularning qaytariladigan 
oʻxshashlik, umumiy (tipologik) belgilarini aniqlash muhimdir. Bu 


10 
landshaftlarning xilma - xilligiga qaramasdan ularni muayyan klassifikatsion 
tushunchalarga sinflarga, tiplarga, turlar biriktirish uchun kerak. 
Quyidagi 1.1- rasmda togʻ landshafti kelitirib oʻtilgan. Togʻ landshaftlarini 
sugʻorish asosan yomgʻir va qor suvlari yordamida amalga oshiriladi.
1.1- rasm. Togʻ landshaftining umumiy koʻrinishi 
Vodiy landshafti oʻzining chiroyli koʻrinishi (manzarasi) bilan ajralib turadi 
(1.2-rasm). Vodiy landshaftlarning shakllanishi asosan buloq suvlari xamda qor va 
yomgʻir suvlari ta’sirida oziqlanadi. Vodiy landshaftida giyohli oʻsimliklar xamda 
dam olish maskanlarining mavjudligi bilan katta ahamiyatga ega hisoblanadi. 
1.2- rasm. Vodiy landshaftining umumiy koʻrinishi 


11 
Sahro landshafti oʻzining choʻlu buyobon, qishi qattiq sovuqligi, yozi 
issiqliq hsoblanadi (1.3- rasm). Xamda asosan yovvoyi daraxt va oʻsimliklar 
oʻsishi rivojlanadi. Sahro landshaft dexqonlar tomonidan oʻzlashtirilishi bilan bir 
qatorda mavjud yontoqlaga xar xil sabzavot ekinlari (qovun, tarvuz va boshqalarni) 
payvand qilish orqali dehqonchilik qilish katta ahamiyat kasb qiladi.
Sahro landshafti yuqori darajada rivojlangan Isroil davlatida qishloq 
xoʻjalik ekinlarini sugʻorishda zamonaviy sugʻorish usullari, tomchilatib xamda 
yomgʻirlatib sugʻorish usullari keng miqyosda foydalanish yoʻlga qoʻyilgan. 
Yuqorida ta’kidlab oʻtilgandek, landshaftning tipologik tuzilish nuqtai 
nazardan muayyan xarakterli nisbatan bir xil boʻlgan hudud yoki joy hisoblanadi. 
Masalan sahro tipidagi landshaft haqida soʻz yuritilganda uning qumli landshaft, 
qum - barxanli sahro, taqir yerli sahro, shoʻrxokli sahro koʻchma qumli sahro, 
toshloq sahro kabi tiplari haqida tassavurlar koʻz oldimizda shakllanadi. 
Landshaftlarning morfologik qismi - ularning sodda tuzilgan tabiiy majmualarni 
tadqiq etishda tipologik nuqtai nazardan yondashish ustuvor ahamiyatga ega 
hisoblanadi. 
Landshaftni 
tipologik 
jihatdan 
oʻrganish uning tarqalish 
chegaralaridan qat’iy nazar tuzilishi va xususiyatlariga koʻra oʻrganiladi va 
klassifikatsiyalarga ajratiladi. 
1.3-rasm. Sahro landshaftining umumiy koʻrinishi 


12 
Landshaftlar areali tipologik birlik sifatida xaritalashtirish hamda boshqa 
amaliyot maqsadlari, aniqrogʻi qishloq xoʻjaligi uchun oʻrganish obyekti boʻlib 
xizmat qiladi. 
Landshaftli irrigatsiyaning asosiy qoidalaridan biri, sugʻoriladigan ekin 
ekilgan maydonning tabiiy holatiga salbiy ta’sir qilmasdan ekin talabidan kelib 
chiqqan xolda sugʻorish ishlarini amalga oshirishdan iborat (1.4- rasm). Shu bilan 
bir qatorda sugʻorish natijada yuzaga keladigan salbiy oqibatlarni oldini olish ya’ni 
yerni botqoqlanishi, sugʻoriladigan maydonning yuvilishi (eroziyaga uchrashi), 
sizot suvlarini koʻtarilishi va hududni shoʻrlanishini yuzaga keltirish va boshqalar. 

Download 1.96 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling