Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
31-§. Dunyo tillari. Dunyo tillarini qarindosh va qarindosh
bo‘lmagan tillarga ajratib o‘rganish XVIII asrning ikkinchi yarmida paydo bo‘lgan tarixiy-qiyosiy tilshunoslikning izlanish samaralaridan biridir. Umuman qiyosiy-tarixiy tilshunoslikning, tilshunoslikka bergan eng katta hosilasi butun dunyodagi tillarning geniologik tasnifini yaratish imkonini berganligi bilan ahamiyatlidir. Boshqacha qilib aytsak, komporativistikaning asoslanishi butun dunyodagi tillarning geniologik tasnifini yaratish imkonini berdi. Tillarni bir-biriga qiyoslab, taqqoslab o‘rganish tillardagi so‘zlarning ma’nolari, grammatik xususiyatlari bir- biridan juda katta farq qilishini ko‘rsatdi. Bir - biridan katta farq qilagn tillar kelib chiqishiga ko‘ra qardosh tillar bo‘la olmaydi. Shuningdek, tillarni qiyoslash oqibatida ba’zi tillarning leksik boyligi, grammatik xususiyatlari, ulardagi so‘zlarning shakllari va ma’nolari, paydo bo‘lish manbai ham bir-biriga ancha yaqin ekanligi ko‘rinadi. Bunday tillar bir tildan kelib chiqqan, qardosh tillar hisoblanib, grammatik tuzilishi va boshqa xususiyatlari jihatidan bir-birlariga yaqin bo‘lgan tillar guruhi til oilasi deb qaraladi. Masalan, o‘zbek, uyg‘ur, qozoq, qirg‘iz, tatar, boshqird, ozorbayjon, yoqut, turkman, gagauz, qoraqalpoq, turk, chuvash kabi tillar turkiy til oilasiga kiritiladi. Chunki, bu tillardagi o‘xshashlik, yaqinlik, umuman, qardoshlik tomonlari ularning so‘z boyligi, fonetik, grammatik qurilishiga bir – biriga juda o‘xshaydi. Qardosh tillar jamiyatning tarixiy taraqqiyot jarayonida yo differensiya yoki integratsiya yo‘li bilan paydo bo‘ladigan tarixiy hodisadir. Shuning uchun tillarning qarindoshligini biologik hodisa deb qarash xatodir [I.Yo‘ldoshev, O‘.Sharipova, 2007: 156]. Qardosh bo‘lmagan ba’zi tillarda o‘xshashlik hodisalari uchrashi mumkin. Til ochiq tizim bo‘lgani uchun, bir tildan ikkinchi bir tilga tinimsiz so‘zlarning kirib kelishi yuz beradi. Ma’lum bir tilda boshqa bir qardosh bo‘lmagan tildan kirgan so‘zlar ham ko‘plab uchraydi. Masalan, o‘zbek tiliga arab tilidan: ism, fe’l, harf, kalima, jumla, qofiya, vazn, balog‘at, istiora, mantiq, falsafa, savod, ma’no, mazmun singari, rus tilidan mashina, stol, stul, ruchka kabi anchagina so‘zlar o‘zlashgan. Lekin bunday so‘zlar o‘zbek tilining arab tili yoki rus tili bilan qardosh 112 til ekanligiga asos bo‘lolmaydi, chunki birinchidan, bunday tillarning qardosh ekanligini isbot qilish uchun faqat so‘zning o‘zi asos bo‘la olmaydi. Ikkinchidan, har bir tilning so‘z boyligida boshqa tildan kirgan so‘zlar juda ozchilikni tashkil etadi va ularning grammatik xususiyatlari butunlay boshqacha bo‘ladi. Uchinchidan, tarixiy taraqqiyot jarayonida turli munosabatlar tufayli boshqa tillardan kirib qolgan so‘zlar tillarning tarixini solishtirib, taqqoslab o‘rganilgan etnogenez jihatdan ham qardosh bo‘lib chiqmaydi, chunki til materialining kelib chiqishi jihatidan bir-biriga to‘g‘ri kelmaydi, qardosh emasligi ma’lum bo‘ladi. Rus, bulg‘or, chex, polyak tillari ham bir oiladagi qardosh tillarga qarashli bo‘lganligi uchun bu tillar leksikasidagi so‘z boyligi ma’nolari, so‘larning fonetik va grammatik tuzilishlari jihatidan ham birmuncha o‘xshashlik, yaqinligi aniq sezilib turadi. Jumladan, evropa tillari va boshqa tilarda ham bunday xususiyatlarni qiyoslab o‘rganishda qardoshlik aloqalari aniqlandi. Bu misollar shuni ko‘rsatadiki, qardosh tillarda so‘z negizlari, grammatik vositalar jihatidan farq qilsa ham, ularning manbai bir bo‘lib, ular bir o‘zak tildan kelib chiqqan hisoblanadi. Ulardagi biror so‘z yoki grammatik vositalardagi noo‘xshashlik ma’lum bir fonetik qonuniyat asosida yuz bergan. Masalan, o‘zbek tilidagi g‘ tovushiga qozoq tilidagi u (w) tovushi muvofiq keladi: bog‘ - bau (baw), tog‘-tau (taw); o‘zbek tilidagi t tovushiga ozarbayjon tilidagi d tovushi muvofiq keladi: temir- demir, til-dil; o‘zbek tilidagi y tovushiga qardosh tillardagi tovushlarning bir-biriga muvofiq kelishi fonetik qonunga asoslangan hamda qardosh tillardagi so‘zlarning leksik ma’nolari va grammatik qurilishlaridagi ba’zi bir farqlar ular tilining o‘ziga xos xususiyatlariga bog‘liq. Demak, qardosh tillar oilasiga kiradigan tillarda ba’zi tovushlar bir- biridan ozmi-ko‘pmi farq qilsa ham, grammatik vositalar, so‘zlarning ma’nolari asosan o‘zaro juda yaqin bo‘ladi. Shu kabi har bir tilning boyligi inson irqining oq yoki sariq ekanligiga bog‘liq bo‘lmaydi. Shu asosda, geneologik tasnif qardosh tillarning tarixiy taraqqiyoti jarayonida bir o‘zak tildan tarqalganligini va ularning o‘zaro munosabatini, so‘z ma’nolari va grammatik shakllarini, nutq tovushlarining bir-biriga yaqinligini, o‘xshashligini nazarda tutib, tillarni guruhlarga ajratadi. 113 Professor N.Uluqov tillarning geniologik tasnifiy birliklari deb quyidagilarni ko‘rsatadi [N.Uluqov, 2016: 44]: Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling