Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- U. Sanaqulov, A. Turobov. 3 SO‘ZBOSHI
Mas’ul muharrir: Jo‘liboy Eltazarov – Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori. Taqrizchilar: Ne‘mat Turniyozov - Samarqand davlat chet tillar instituti professori, filologiya fanlari doktori. Azamat Pardayev - Samarqand davlat universiteti professori, filologiya fanlari doktori. ISBN – 978-9943-6178-4-1 Ushbu o‘quv qo‘llanma Samarqand davlat universiteti Ilmiy-uslubiy kengashining 2019 yil 28 oktabrdagi 3-sonli yig‘ilishi bayonnomasi qarori asosida nashrga tavsiya etildi. © U. Sanaqulov, A. Turobov. 3 SO‘ZBOSHI Mazkur o‘quv qo‘llanma oliy o‘quv yurtlarining o‘zbek tili va adabiyoti va chet tillar fakulteti talabalari uchun “Tilshunoslik nazariyasi” kursi dasturi asosida yaratildi. O‘quv qo‘llanmada tilshunoslik nazariyasiga oid boshlang‘ich masalalar yoritildi. So‘nggi yillarda oliy va o‘rta maxsus o‘quv yurtlari filologiya yo‘nalishida umumiy tilshunoslikni o‘qish-o‘rganish, o‘qitish ishlari qizg‘in tus oldi. O‘quv qo‘llanmadagi materiallarni yozish mualliflar o‘rtasida quyidagicha taqsimlandi: filologiya fanlari doktori, professor U.Sanaqulov tomonidan “Tillarning shakllanishi va taraqqiy qilishi”, “Dunyo tillari va ularning tasnifi”, mavzulari, filologiya fanlari nomzodi, dotsent A.M.Turobov tomonidan esa “Tilshunoslik nazariyasi fanining maqsadi, vazifalari”, “Tilning ijtimoiy tabiati”, “Til va tafakkur”, “Til – tafakkur – nutq munosabati”, “Til – ramzlar tizimi” mavzulari yoritildi. Tilshunoslik tarixi tilning jamiyatdagi o‘rni, tilning paydo bo‘lishi va taraqqiyoti haqidagi turli xil qarashlarni, nazariyalarni tekshiradi. Tilshunoslik nazariyalari ko‘proq umumiy tilshunoslikka asoslangani uchun ayrim bir til haqidagi nazariyalar haqida to‘xtalmasdan, balki umumiy tilshunoslik hajmidagi nazariyalarni o‘rganadi. Talabalarning tilshunoslik nazariyasini o‘zlashtirishi oson bo‘lishi uchun ayrim o‘rinlarda tilshunoslik nazariyasini jahon tillari grammatik tipologiyasiga solishtirishga harakat qilindi. Jahon tillarining fonetik, morfologik, sintaktik tizimidagi ayrim grammatik hodisalar barcha tilda ham mavjud. Lekin bu hodisalar ifodalanishi, ma’nosi va boshqa xususiyatlari bilan o‘ziga xos jihatlarga ega. Shuningdek, grammatik kategoriya sifatida mavjud holatlarni yoritishga va bu o‘ziga xoslikning sababini ochishga ham alohida e’tibor qaratildi. O‘quv qo‘llanmada tilshunoslik nazariyasi fanining maqsadi, vazifalari, tilning ijtimoiy tabiati, til va tafakkur, til – tafakkur – nutq munosabati, til – ramzlar tizimi, tillarning shakllanishi va taraqqiy 4 qilishi, dunyo tillari va ularning tasnifi va boshqa muammolarga ham o‘rin ajratildi. Mazkur o‘quv qo‘llanma turli yillar davomida 1-kurslarida o‘qilgan ma’ruzalar, kuzatilgan, o‘rganilgan, qo‘llanilgan tajribalardan kelib chiqib yaratildi. O‘quv qo‘llanmada har bir mavzuga tegishli bo‘lgan adabiyotlar muallifi, chop etilgan sana va beti matn ichida qavsga olib berildi. Negaki, qiziqqan o‘quvchi manbaga murojaat qilib, bu boradagi bilimini yanada kengaytirish imkoni bo‘ladi. O‘quv qo‘llanmada materiallar o‘ziga xos tarzda uzviy bog‘liqlikda va ketma-ketlikda berildi. O‘quv qo‘llanmadagi test savollari talabalarning mustaqil bilimini oshirishga va mustahkamlashga yordam beradi. Har bir mavzuga oid rejalar tuzildi, tayanch so‘z va iboralar belgilandi hamda nazariy masalalar ana shu rejalar asosida, tayanach so‘z va iboralar negizida yoritildi. Har bir mavzudan keyin talabalarning o‘zlashtirish darajasini aniqlash uchun nazorat savollari, fanning namunaviy o‘quv dasturi talablariga asoslangan holda mustaqil ish mavzulari va ularga doir savol hamda topshiriqlar, ularni bajarish yuzasidan tavsiyalar beridi. Shuningdek, o‘quv qo‘llanmadagi test savollari talabalarning mustaqil bilimini oshirishiga va mustahkamlashga yordam beradi. Tayanch so‘z va atamalarning o‘zbek, rus va ingliz tilidagi nomlanishi berildi. Bu o‘quvchilarni jahon tilshunosligidagi terminlarning nomlanishidan boxabar qiladi. O‘quv qo‘llanmani nazariy va amaliy jihatdan takomillashtirish, mukammallashtirishga oid fikr va mulohazalarni mualliflar minnatdorchilik bilan qabul qiladi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling