Учебное пособие для студентов первого курса 5120100 «Филология и преподавание языка»
-§. Til kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli sifatida
Download 1.23 Mb. Pdf ko'rish
|
Tilshunoslik nazariyasi
3-§. Til kishilar o‘rtasidagi aloqa quroli sifatida. Til me’yorlariga
mutaxassislar shunday ta’rif beradilar. Chunonchi, til hodisalaridan adabiy til qoida talablariga mos holda, har bir xalqning umumiy tili sifatida namunali tarzda foydalanishni, tilning adabiyligini ta’minlovchi vositalarni saralashni belgilovchi me’yor adabiy til (nutq) me’yoridir. Adabiy me’yor tilning jamiyat a’zolari tomonidan eng yuksak ishlangan, silliqlashtirilgan shakli hisoblanadi. “Me’yor ma’lum bir til jamoasida mustahkam qo‘llanib kelinayotgan lisoniy hodisalar yig‘indisidir. Me’yor til qurilishi unsurlarining hammasiga tegishlidir va shunga ko‘ra til sohalariga xos quyidagicha me’yorlarni belgilash mumkin: 1) fonetik me’yorlar; 2) talaffuz me’yorlari; 3) so‘z yasash me’yorlari; 4) morfologik me’yorlar; 5) sintaktik me’yorlar; 6) uslubiy me’yorlar; 7) lug‘aviy (leksik) me’yorlar” kabi [T.Qudratov, 1993: 35]. Bu til sohalari bo‘yicha me’yoriy sistemani tashkil etadi. Umumtilshunoslikda til sistemasi o‘ta murakkab tuzilishga ega bo‘lgan ma’lum bir butunlikni, yaxlitlikni tashkil etadi deb qaraladi. Mazkur sistemaning asosiy unsurlari belgilar sanaladi. Ammo shuni ham aytish kerakki, bu tilning ijtimoiyligini, uning jamiyat taraqqiyotimahsuli ekanligini inkor etmaydi, balki uni yanada aniqroq namoyon qiladi. Chunki belgilar ham jamiyat tomonidan yaratilgandir. Belgilar voqelikdagi mavjud narsa, predmet va voqea-hodisalarni nomlash uchun xizmat qiladi. Ularning ba’zilari esa ana shular o‘rtasidagi semantik-grammatik aloqani o‘rnatish uchun qo‘llaniladi. Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, tilshunosligimizda, “til va nutq” dixotomiyasiga asoslangan tadqiqot ishlari anchagina bo‘lishiga qaramay, til belgilarining nutqqa ko‘chirilishi bilan bog‘liq muammolar endigina o‘rganilmoqda. Bu sohada izohlanishi lozim bo‘lgan masalalar hali ko‘p. Insonlar ibtidoiy holatidan ilk madaniylashgan va ongli harakatlangan davrlaridan boshlab jamiyat hayotidagi o‘z yashash sharoitiga yangicha o‘zgarishlar qilishga kirishdi. Zero, bu davrda 11 hayvonot dunyosidan farqli ravishda ularda aloqa-munosabat vositasi, aniqrog‘i mazmunli (madaniy holda) yashash uchun nutq (so‘zlashuv), ya’ni til, nutq va yozuv hamda shu asosda ongli mehnat faoliyati paydo bo‘ladi. Til-nutq va yozuv ham ijtimoiy hodisa sifatida yuzaga kelib, u faqat insoniyatga xos belgi hisoblanadi, kishilik jamiyatidagina mavjud bo‘ladi va xizmat qiladi. Tilning ijtimoiy hodisa ekanligi izoh talab qilmaydi, albatta. Shu bois, “til kishilar o‘rtasidagi aloqa vositasi” deb berilgan ta’rifga qo‘shilamiz. Lekin bu uning vazifasiga ko‘ra mohiyatini belgilab beradi. Tilning material nuqtai nazardan nimani taqozo etishining bunga aloqasi yo‘q. Bu jihatdan til o‘ziga xos murakkab sistemani tashkil etadi. Download 1.23 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling