Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq to‟lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
5. Soliq to‟lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini
nazorat qilish va javobgarlik. Xorijiy valyutada soliq hisoboti taqdim etuvchi soliq to‘lovchilar ro‘yxatdan o‘tgan davlat soliq xizmati organlarida yangi dasturiy majmua yaratilguniga qadar ShKlarda qo‘lda yuritiladigan hisob-kitoblar to‘g‘riligiga hamda yangi dasturiy majmua ishga tushirilib, amaliyotga joriy qilingandan so‘ng, tegishli ma‘lumotlar to‘liq yangi dasturiy majmuaga o‘tkazilishiga davlat soliq xizmati organlari rahbari javobgar hisoblanadi. ShKlarda soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblarni to‘g‘ri va haqqoniy yuritilishini ta‘minlash uchun quyidagilar: Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limining soliq to‘lovchi ShKsini yuritish uchun mas‘ul xodimi hamda bo‘lim boshlig‘i soliqlar va boshqa majburiy 82 to‘lovlar bo‘yicha hisoblangan (kamaytirishga hisoblangan), qo‘shimcha hisoblangan, undirilgan (to‘langan, qaytarilgan), to‘lash muddati kechiktirilgan (hisobdan chiqarilgan, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoni berilgan), hisoblangan penya va jarima summalarini ShKlarda to‘g‘ri va to‘liq aks ettirilishi, shuningdek ularni hisobini yuritilishi va belgilangan hisobotlarni to‘g‘ri tuzilishi bo‘yicha; DSIning Yuridik shaxslarga soliq solish, Jismoniy shaxslarga soliq solish va boshqa funkstional bo‘linmalarining mas‘ul xodimlari mazkur Tartib bilan belgilangan shakllar bo‘yicha ma‘lumotlarni to‘liq va to‘g‘ri to‘ldirib (yoki tayyorlab) o‘z vaqtida ta‘minlanishi bo‘yicha; Kameral nazorat bo‘limining mas‘ul xodimlari, qabul qilingan soliq hisobotlaridagi ShKga kiritilishi lozim bo‘lgan hisoblangan soliq summalarining to‘g‘ri aks ettirilishi, soliq hisobotlari reestrini saqlanishi hamda tegishli funkstional bo‘limga belgilangan muddatlarda taqdim etib borilishi, soliq hisobotlaridagi soliq summasini reestrdagi soliq summalariga to‘g‘ri kelishi va ularning haqqoniyligi bo‘yicha; Davlat soliq xizmati organining rahbarlari, Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limida byudjetga va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga soliq va majburiy to‘lovlar bo‘yicha tushumlar hisobini hamda soliq to‘lovchilarning ShKlarini yuritilishini to‘g‘ri tashkil etilishi, shuningdek nazorat qilinishi bo‘yicha qonunda belgilangan tartibda javobgardirlar. ShKlarga asossiz tarzda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi taqiqlanadi. ShKlarni yuritish uchun asos bo‘ladigan boshqa ma‘lumotlarni noqonuniy ko‘rsatganlik va ShKlarga noqonuniy ma‘lumotlar kiritganlik uchun mas‘ul xodimlar qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling