ShKlarni yuritishda kiritiladigan ma‟lumotlar
Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblangan, undirilgan, to‘langan,
qaytarilgan (hisobga olingan), kamaytirilgan hamda qonun hujjatlarida nazarda
tutilgan boshqa holatlar bo‘yicha operastiyalar, tekshiruv natijasida aniqlangan
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar hamda qo‘llanilgan moliyaviy sankstiyalar
bo‘yicha ShKlarni yuritishda quyidagi ma‘lumotlar kiritiladi:
a) soliq to‘lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etgan
soliq hisobotlari asosidagi ma‘lumotlar;
b) soliq to‘lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha taqdim etgan
aniqlashtirilgan soliq hisobotlari asosidagi ma‘lumotlar;
v) qonun hujjatlari hamda vakolatli organlar qarorlari asosida ayrim soliq
to‘lovchilarning soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha qarzdorlik
summalarini to‘lash muddatini uzaytirish, bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkonini berish,
hisobdan chiqarish, penya hisoblanishini to‘xtatish to‘g‘risidagi ma‘lumotlar;
g) byudjet va byudjetdan tashqari maqsadli jamg‘armalarga to‘langan (undirilgan)
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha ma‘lumotlar;
d) soliq tekshiruvlari natijasida qo‘shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliqlar va
boshqa majburiy to‘lovlar hamda qo‘llanilgan moliyaviy sankstiyalar to‘g‘risidagi
ma‘lumotlar;
e) soliq qarzini soliq to‘lovchining mol-mulki sotuvidan Sud ijrochilari departamenti
tomonidan tushirilgan tushumning 10 foizi (sudlar va adliya organlarini
rivojlantirish jamg‘armasining hisob raqamiga o‘tkazilgan);
j) qonunchilikda ko‘zda tutilgan boshqa holatlar.
76
3. Soliq
to‟lovchi
jismoniy
shaxslarni
ro‟yxatga
olish
Do'stlaringiz bilan baham: |