Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


 Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy 
to‟lovlar hisobini yuritish. 
Yuridik shaxslarning shaxsiy kartochkalarini ochishi quyidagi tartibda amalga 
oshiriladi: 
1. ShK 
amaldagi soliq qonunchiligiga asosan soliq to‘lovchining 
majburiyatlaridan kelib chiqib, har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlar turi 
bo‘yicha alohida ochiladi. 
2. Davlat soliq xizmati organlarida byudjetga va byudjetdan tashqari davlat 
maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek 
fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, 
O‘zbekiston yoshlarining 
«Kamolot» ijtimoiy harakatini rivojlantirish 
jamg‘armasiga, Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, 
soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga 
to‘lovlar bo‘yicha ShK yuritiladi. 
3. Soliq to‘lovchi yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga 
qo‘yilishi (davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydan tashqari soliq to‘lovchining ob‘ektlari 
bo‘yicha hisobga olingan yoki «Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti 
to‘g‘risida»gi 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Qonunining
15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati paydo bo‘lgan soliq 
to‘lovchilar bundan mustasno) bilan bir vaqtda quyidagi to‘lov turlari bo‘yicha 
topshirilgan hisobotga asosan ShKlar ochiladi:
a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;  
b) yagona ijtimoiy to‘lov;  
v) fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari;  
g) fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari. 
4. Ma‘lumotlar bazasidagi barcha soliq to‘lovchilarning o‘tgan hisobot yili 
oxiridagi qoldiq summalarini joriy yilga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida dasturiy 
mahsul orqali joriy yil uchun ShKlar avtomatik tarzda ochiladi. 


73
5. Soliq to‘lovchiga ShK ochish uchun asos bo‘lib soliq to‘lovchi tomonidan 
DSIga soliq majburiyatlari bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari, tekshirish 
natijalarida soliq va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha qo‘shimcha 
(kamaytirishga) hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yoki soliq 
to‘lovchi tomonidan to‘langan to‘lov topshiriqnomalari hisoblanadi. 
6. «Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston 
Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati 
paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilarga tuman (shahar) Ijtimoiy ta‘minot bo‘limidan 
ma‘lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 3 ish kunidan oshmagan muddatda ShKlar 
ochiladi. 
7. Yuridik manzili o‘zgarganligi sababli, boshqa tuman (shahar)dan kelgan soliq 
to‘lovchilarga ma‘lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 1 ish kunidan oshmagan 
muddatda Kameral nazorat bo‘limi tomonidan Soliqlar va majburiy to‘lovlar 
tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish 
bo‘limiga 
DSI 
boshlig‘ining 
munosabat 
belgisi
bilan 
bildirgi 
berilgandan 
so‘ng, 
bir 
ish 
kunida 
ma‘lumotlar
bazasi administratori elektron fayllarni ma‘lumotlar bazasiga qabul qilib tegishli 
ShKlarni ochadi. 
8. Ma‘lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga olingan soliq to‘lovchi 
boshqa tuman (shahar) hududida soliq solish ob‘ekti va soliq solish bilan bog‘liq 
ob‘ektga ega bo‘lgan taqdirda, soliq solish ob‘ektidan kelib chiqib belgilangan 
tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha ShKlar 
ochiladi. 
Yuridik shaxslarning ShKlaridagi mavjud barcha soliq va majburiy to‘lov 
turlari bo‘yicha hisobot yilining yil oxiriga qoldiq (joriy va alohida hisobi 
yuritilgan va to‘lash muddati uzaytirilgan soliq qarzi va penyasi, penya 
hisoblanmaydigan soliq qarzi, ortiqcha to‘langan summasi, shu jumladan QQS 
bo‘yicha manfiy qoldig‘i, qo‘llanilgan moliyaviy jarimaning undirilmasdan qolgan 
qismi) summalari keyingi yilning yil boshiga qoldiq summasi sifatida soliq 


74
to‘lovchining shu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha ochilgan 
yangi ShKlariga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o‘tkaziladi. 
1.Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ShKdagi o‘tgan yil oxiriga qoldiq 
summasi hisobot yili boshiga ShKning tegishli «qoldiq» (saldo) qatorining 
«soliq qarzi», «penya», «ortiqcha to‘langan summa», «shu jumladan QQS 
bo‘yicha manfiy qoldiq» hamda «penya hisoblanmaydigan soliq qarzi miqdori» 
(ChSNNKNNP) ustunlarida aks ettiriladi. 
2.Ma‘lumotlar bazasidan barcha soliq to‘lovchilarning ShKlaridagi qoldiq 
summalarni yildan-yilga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o‘tkazish 
vakolati davlat soliq xizmati organlari ma‘lumotlar bazasi administratoriga 
beriladi. 
3.Soliq to‘lovchilarning ShKsidagi hisobot yili oxiriga qoldiq summalarini keyingi 
yilning boshiga qoldiq summalari sifatida o‘tkazish soliq organida hisobga 
qo‘yilgan barcha soliq to‘lovchilar bo‘yicha amalga oshiriladi. 
4.Yangi hisobga qo‘yilgan soliq to‘lovchilarning ShKlarida hisobga qo‘yilgan yil 
boshidagi qoldiq summa sifatida – «nol» aks ettiriladi. 
5.Yuridik manzili o‘zgarganligi munosabati bilan qayta hisobga qo‘yilgan soliq 
to‘lovchilarga ochiladigan ShKda qoldiq summalar sifatida avval ro‘yxatda 
bo‘lgan tuman (shahar) soliq organida «shaxsiy kartochkani uzatish» 
operastiyasi amalga oshirilgan sanasi bilan ShKdagi mavjud qoldiq summalari 
aks ettiriladi.
6.Ma‘lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga qo‘yilgan bo‘lib, ikkinchi bir 
tuman (shahar) hududida soliq solish ob‘ekti paydo bo‘lgan sanadan boshlab, 
ushbu DSI bazasida soliq to‘lovchilar ShKsida yil boshiga qoldiq summa 
sifatida «nol» aks ettiriladi. 
7.Soliq to‘lovchining o‘tgan yil uchun ShKsida yil boshiga oldingi yildan 
o‘tkazilgan qoldiq summalar noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, uni to‘g‘rilab 
o‘zgartirish kiritish faqat tegishli hujjatlar asosida ma‘lumotlar bazasi 
adminstratori ishtirokida Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga 
olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i 


75
tomonidan 
DSI 
boshlig‘i 
nomiga
yozilgan bildirishnomaga qo‘yilgan munosabat belgisi asosida amalga 
oshiriladi. 
10.Soliq qarzini undirish maqsadida tayyorlanadigan inkasso topshiriqnomalari, 
soliq to‘lovchi tomonidan taqdim qilingan bankda 2-sonli kartotekaga qo‘yilgan 
to‘lov topshiriqnomalari, xulosalar reestrlarida ham ushbu hujjatlarni 
tayyorlagan mas‘ul xodimning ismi sharifi qayd qilib boriladi. 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling