Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
31
O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: ―Adolat‖, 2018. 48-modda. 32 O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 24 oktyabrdagi 307-sonli qarori bilan tasdiqlangan ―Umidsiz soliq qarzini hisobdan chiqarish tartibi to‗g‗risida‖gi Nizom. 98 Soliq qarzining sodir bo‗lish jarayonini o‗rganish uchun soliq subyektining manfaatlari va iqtisodiy muhitning holatiga aniq baho berish juda muhim o‗rin tutadi. Soliq to‗lovchi tomonidan byudjet oldida soliq qarzini vujudga kelishining eng asosiy sabablaridan biri birinchi navbatda - korxonaning moliyaviy holati. O‗z navbatida korxonalarning moliyaviy holatiga ko‗p omillar ta‘sir etadi, shu jumladan debitorlik va kreditorlik qarzlarini oshib borishidir. Shuning uchun ham turli mulkchilik shaklidagi korxonalarini moliyaviy ahvolini yaxshilash, sotilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va xizmatlar uchun o‗z vaqtida to‗lovlarni ta‘minlash hamda korxona rahbarlari, tijorat banklari to‗lov intizomi holati uchun javobgarligini oshirish, o‗zaro qarzdorlikni qisqartirish maqsadida bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan: 1995 yil 12 maydagi Vazirlar Mahkamasining №1154-sonli «Xalq xo‗jaligida hisob- kitoblarni o‗z vaqtida o‗tkazish uchun korxona va tashkilotlar rahbarlarining javobgarligini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi qarori va 1996 yil 24 yanvardagi O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-1363-sonli «To‗lov intizomini va o‗zaro hisob-kitoblarni mustahkamlash chora-tadbirlari to‗g‗risida»gi Farmoni bilan qator choralar ko‗rsatilgan. Ular - iste‘molchilarga mahsulot ortish, ishlar bajarish va xizmat ko‗rsatishda oldindan 15 foizdan kam bo‗lmagan holda to‗lov o‗tkazish; muddati o‗tgan debitorlik qarzdorlik deb 90 kundan keyin ortilgan mahsulot, bajarilgan ishlar va ko‗rsatilgan xizmatlar uchun mablag‗ kelib tushmasa hisoblanadi, 1996 yildan esa buxgalteriya hisobi tizimiga muddati o‗tgan debitor va kreditor qarzdorlik to‗g‗risida ma‘lumot yuritish tartibi kiritilgan. Davlat soliq organlari soliq to‗lovchilar tomonidan to‗lanadigan to‗lovlarni to‗liq davlat byudjetiga o‗tkazilishini nazorat qilishda albatta soliq qarzlarini sodir bo‗lishiga sababchi bo‗ladigan holatlarni chuqur tahlil qilib lozim bo‗lgan hollarda tegishli mansabdor shaxslarga ular haqida amaliy tavsiyalar berishlari bu tavsiyalarga soliq to‗lovchining munosabatini nazorat qilib borishlari odatda ijobiy natija beradigan omillardan hisoblanadi. 99 Soliq qarzining vujudga kelishi soliq munosabatlarida sodir bo‗ladigan o‗ziga xos huquqbuzarlik yoki soliq to‗lovchining bevosita faoliyatiga tegishli moliyaviy munosabatlar oqibatida sodir bo‗ladi va davlat byudjeti daromadlariga sezilarli darajada zarar keltiradi. Soliq to‗lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etmaslikning har qanday alomatlari soliq qarzini keltirib chiqarishi mumkin. Qonunbuzarlikning bosh omili hisob-kitobni to‗g‗ri yuritmaslikdan boshlanadi. Shu tufayli hisob-kitob, ayniqsa buxgalteriya hisobini to‗g‗ri yuritish bo‗yicha qattiq talabni korxona rahbari va bosh buxgalter zimmasiga yuklashni yanada kuchaytirish, javobgarlikni oshirish hozirgi kun davr talabi bo‗lib hisoblanadi. Agar davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‗tkazilgan tekshirishlar yoki o‗tkazilgan soliq nazorati shakllari tahliliga nazar tashlaydigan bo‗lsak, soliq to‗lovchilar tomonidan soliqlarni hisoblab chiqarishda qo‗pol xatolarga yo‗l qo‗yilishi va buning natijasida ular katta miqdorda moliyaviy jarima to‗lab, iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelishini ko‗pgina mamlakatlar soliq amaliyotida uchratishimiz mumkin. Soliq qarzi summalari paydo bo‗lishi holatlarini oldini olishda quyidagi mezonlarga e‘tibor berilishi lozim: 1. Xo‗jalik subyektlari tomonidan belgilangan muddatlarda byudjet va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‗armalariga to‗lovlarni amalga oshirmasdan mablag‗larini boshqa maqsadlarga yo‗naltirish. 2. Soliq organlari tomonidan vaqtida inkasso topshiriqnomalarini soliq to‗lovchining banklardagi hisobraqamlariga qo‗ymaslik. 3. Yirik soliq to‗lovchilar tomonidan banklardagi hisob raqamlari bo‗lganligi munosabati bilan qoshida sho‗ba korxonalari ochib, asosiy oborotini ular orqali amalga oshirish. 4. Asosiy hisobraqamidan tashqari boshqa banklarda ikkilamchi hisobraqamlari ochib, asosiy pul aylanmalarini ular orqali amalga oshirish. 5. Banklar ishtirokisiz hisob-kitoblarni amalga oshirish (tovar ayirboshlash, qarzini uchinchi shaxs foydasiga kechish) holatlari hisobiga sodir etilishi mumkin. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling