291
Bojlar va aktsizlar boshqarmasi bevosita egri soliqlar olinishini nazorat
qilish bilan shug‘ullanadi.
Buyuk Britaniyada soliqlarni undirish xarajatlari soliqli daromadlarning 2%
ni
tashkil etib, bu ko‘rsatkich boshqa iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardan
birmuncha past daraja ekanligi bilan e‘tiborga loyiq.
AQShda soliq xizmati ishini tashkil qilish tartibi
AQSh davlat byudjetining tuzilishi uch pog‘onali bo‘lganligi sababli,
bevosita soliqlar va yig‘imlarni undirish ishlarini tashkil qilish vazifasi yuklatilgan
organ hisoblangan Ichki daromadlar xizmati (IDX)
ham uch darajali tizimdan
iborat:
1)
IDX yuqori darajasida federal soliqlarni undirilishi nazorat qilinadi.
2)
IDXning o‘rta darajasida shtatlar darajasidagi soliq va yig‘imlarni
undirilishini nazorat qiladi.
3)
IDX ning quyi bo‘g‘inida joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari
tomonidan o‘rnatilgan mahalliy soliqlarni olinishi nazorat qilinadi.
AQSh soliq xizmati oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar
sifatida quyidagilar
keltiriladi:
a) ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan soliqlar tushumini ko‘paytirish;
b) soliq to‘lovchilar uchun soliq to‘lash jarayonini engillashtirish;
v) soliq xizmati sifati va samaradorligini oshirib borish.
Soliq boshqaruvining tarkibiy tuzilishi soliq turlari bo‘yicha emas, balki
funktsional belgilari asosida tashkil topgan. Xususan:
Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash bo‘limi soliq to‘lovchilar
tomonidan
topshirilgan deklaratsiya ma‘lumotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi.
Soliqlarni byudjetga undirish bo‘limi to‘lanmay qolgan yoki boqimandalarni
byudjetga yo‘naltirilishi bilan shug‘ullanadi.
Jinoyat qidiruv bo‘limi esa soliqqa oid huquqbuzarlik holatlarini o‘rganadi
va soliq qonunchiligi bajarilishini nazorat qiladi.
292
Soliq to‘lovchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi soliq to‘lovchilarga amaldagi
soliq qonunchiligi qoidalarini tushuntirishga va ular
bilan ish olib borilishini
tashkil qilish bilan shug‘ullanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: