Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Buyuk Britaniyada soliq olinishini nazorat va tartibga soluvchi idoralar


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet85/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

Buyuk Britaniyada soliq olinishini nazorat va tartibga soluvchi idoralar 
Mamlakat soliq tizimini boshqarish va tartibga solishda G‘aznachilik asosiy 
hukumat idorasi hisoblanadi. Soliq ishini tashkil qilish ushbu idoraning ikkita 
departamentiga yuklatilgan: Ichki daromadlar boshqarmasi va Bojlar va aktsizlar 
boshqarmasi. 
Ichki daromadlar boshqarmasining funktsional majburiyati mamlakatdagi 
yuridik va jismoniy shaxslardan soliq undirilishini nazorat qilishdan iborat.


291
Bojlar va aktsizlar boshqarmasi bevosita egri soliqlar olinishini nazorat 
qilish bilan shug‘ullanadi. 
Buyuk Britaniyada soliqlarni undirish xarajatlari soliqli daromadlarning 2% 
ni tashkil etib, bu ko‘rsatkich boshqa iqtisodiy jihatdan rivojlangan davlatlardan 
birmuncha past daraja ekanligi bilan e‘tiborga loyiq. 
AQShda soliq xizmati ishini tashkil qilish tartibi 
AQSh davlat byudjetining tuzilishi uch pog‘onali bo‘lganligi sababli, 
bevosita soliqlar va yig‘imlarni undirish ishlarini tashkil qilish vazifasi yuklatilgan 
organ hisoblangan Ichki daromadlar xizmati (IDX) ham uch darajali tizimdan 
iborat: 
1) 
IDX yuqori darajasida federal soliqlarni undirilishi nazorat qilinadi. 
2) 
IDXning o‘rta darajasida shtatlar darajasidagi soliq va yig‘imlarni 
undirilishini nazorat qiladi.
3) 
IDX ning quyi bo‘g‘inida joylardagi mahalliy hokimiyat idoralari 
tomonidan o‘rnatilgan mahalliy soliqlarni olinishi nazorat qilinadi. 
AQSh soliq xizmati oldiga qo‘yilgan asosiy vazifalar sifatida quyidagilar 
keltiriladi: 
a) ixtiyoriy ravishda to‘lanadigan soliqlar tushumini ko‘paytirish; 
b) soliq to‘lovchilar uchun soliq to‘lash jarayonini engillashtirish; 
v) soliq xizmati sifati va samaradorligini oshirib borish. 
Soliq boshqaruvining tarkibiy tuzilishi soliq turlari bo‘yicha emas, balki 
funktsional belgilari asosida tashkil topgan. Xususan: 
Soliq deklaratsiyalarini qayta ishlash bo‘limi soliq to‘lovchilar tomonidan 
topshirilgan deklaratsiya ma‘lumotlarini qayta ishlash bilan shug‘ullanadi. 
Soliqlarni byudjetga undirish bo‘limi to‘lanmay qolgan yoki boqimandalarni 
byudjetga yo‘naltirilishi bilan shug‘ullanadi. 
Jinoyat qidiruv bo‘limi esa soliqqa oid huquqbuzarlik holatlarini o‘rganadi 
va soliq qonunchiligi bajarilishini nazorat qiladi. 


292
Soliq to‘lovchilar xizmat ko‘rsatish bo‘limi soliq to‘lovchilarga amaldagi 
soliq qonunchiligi qoidalarini tushuntirishga va ular bilan ish olib borilishini 
tashkil qilish bilan shug‘ullanadi. 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling