Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
T.:TFI, 2019. l-
Тақризчилар: А.Нуруллаев –иқтисод фанлари номзоди, доцент А.Аманов – иқтисод фанлари номзоди, доцент; Рецензенты :А.Нуруллаев- кандидат экономических наук, доцент; А.Аманов -кандидат экономических наук, доцент; Reviewers: А.Нуруллаев - Candidate of Economic Sciences, Associate Professor; А.Аманов - Candidate of Economic Sciences, Associate Professor Ўқув қўлланмада солиқ маъмуриятчилигининг иқтисодий моҳияти, мақсади ва вазифалари, функциялари ва роли, унинг давлат солиқ менежменти тизимида тутган ўрни ѐритилган. Унда солиқ маъмуриятчилиги фаолияти самарали тизимини шакллантириш йўли орқали Ўзбекистон Республикаси солиқ тизими тараққиѐтининг концептуал асослари ва Ўзбекистон Республикасида солиқ сиѐсатини ислоҳ ислоҳ қилиш масалалари алоҳида кўриб чиқилган. Солиқ хизмати фаолиятини ташкил этиш, ҳам солиқ тўловчилар ҳам солиқ хизмати органлари фаолияти орқали давлатнинг хуқуқ ва мажбуриятлари, солиқ назорати ва солиқ қонунчилигини бузганлик учун жавобгарлик тизими чуқурлашган тарзда ўрганилган. Ўзбекистон Республикасида амал қилувчи аниқ олинган солиқлар ва йиғимларнинг ҳисобланиши ва тўланиши тартиби батафсил ѐритилган. Ўқув қўлланманинг мазмуни амал қилаѐтган қонунчилик нормаларига асосланади ва олий таълимнинг 5230800-‖Солиқлар ва солиққа тортиш‖ бакалавриат йўналиши бўйича Давлат таълим стандартлари талабларига мос 3 келади. Мазкур ўқув қўлланма олий таълимнинг бакалавриат босқичи 5230800- ‖Солиқлар ва солиққа тортиш‖ йўналиши талабалари учун мўлжалланган. В учебном пособие раскрываются экономическая сущность, цель и задачи, функции и роль налогового администрирования, его место в системе государственного налогового менеджмента. Отдельно излагаются концептуальные вопросы налоговой системы Узбекистана, реформы налоговой политики в Республике Узбекистан путем формирования эффективной системы функционирования налогового администрирования. Углубленно рассматриваются вопросы организации налоговой службы, права и обязанности, как налогоплательщиков, так и государства, система налогового контроля и ответственности за нарушения налогового законодательства. Подробно исследуется порядок исчисления и уплаты конкретных налогов и сборов, действующих в налоговой системе Республики Узбекистан. Содержание учебного пособия базируется на нормах действующего законодательства и соответствует требованиям Государственного образовательного стандарта высшего образования по направлению бакалавриата 5230800 ―Налоги и налогообложение”. Для студентов высших учебных заведений, по направлению бакалавриата 5230800 ―Налоги и налогообложение‖. The schoolbook reveals the economic nature, purpose and objectives, functions and role of tax administration, its place in the system of state tax management. The conceptual issues of the tax system of the Uzbekistan, the reform of tax policy in the Republic of Uzbekistan through the formation of an effective system of tax administration functioning are set out separately. The organization of the tax service, the rights and obligations of both taxpayers and the state, the system of tax control and responsibility for violations of tax laws are in-depth. The procedure for calculating and paying specific taxes and fees applicable in the tax system of the Republic of Uzbekistan is studied in detail. The content of the schoolbook is based on the norms of current legislation and complies with the requirements of the State educational standard of higher education in the direction of undergraduate 5230800 - ―Taxes and taxation‖. For university students enrolled in the direction of undergraduate 5230800 - "Taxes and taxation." 4 KIRISH Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida davlatning iqtisodiyotni tartibga solishdagi roli kuchayib, uz oldiga kuyilgan maksad va vazifalarni amalga oshirishda avvalombor solik siyosati, shu jumladan solik ma‘murchiligi xam muxim vosita bulib xizmat kiladi. Ma‘lumki, soliq tizimini isloh qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – soliq to‘lovchilar zimmasidagi soliq yukini kamaytirish orqali ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Har bir mamlakatda ham ushbu maqsadga faqat izchil soliq siyosatini amalga oshirish orqali erishiladi. Respublikamizda so‘ngi yillarda soliq islohotlariga alohida e‘tibor qaratilib, soliq organlari faoliyatini tubdan isloh qilish, soliq qonunchiligini soddalashtirish va tadbirkorlik sub‘ektlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tendentsiyasi muntazam amalga oshirilib kelinmoqda. Bu borada Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoev tomonidan so‘ngi paytlarda qabul qilinayotgan Farmon va qarorlar soliq siyosatini erkinlashtirish, tadbirkorlikni rivojlantirish, ijtimoiy sohani rag‘batlantirish, soliq yukini kamaytirish hamda soliq ma‘murchiligini takomillashtirishga qaratilayotganligi alohida ahamiyatga ega. Mamlakatimiz soliq ma‘murchiligini takomillashtirish asosan soliq to‘lovchilar va davlat o‘rtasida soliq munosabatlari samaradorligi va sifatini oshirishga yo‘naltirilgan bo‘lib, bu soliq siyosatimizning asosiy yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu sababdan ham, Prezidentimiz soliq yukini pasaytiruvchi potensial zaxira, halol soliq to‘lovchilar orasida raqobat rejimi tengligini ta‘minlash va soliq tizimi faoliyati bilan bog‘liq xarajatlarni pasaytirish orqali soliq ma‘murchiligi darajasini oshirilishiga soliq siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida qaramoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida‖gi PF-4947-sonli farmoni bilan tasdiqlangan Harakatlar strategiyasida ―soliq solish tizimini izchillik bilan soddalashtirish, soliq solinadigan bazani kengaytirish orqali soliq yukini pasaytirish, soliq ma‘muriyatchiligining 5 zamonaviy uslublarini joriy etish orqali soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish‖ 2017-2021 yillarda amalga oshiriladigan eng muhim vazifa qilib belgilandi 1 . Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan 2017 yil 18 iyulda qabul qilingan PF- 5116-sonli farmonida, Prezidentimiz amaldagi soliq tizimi xususan uning muhim yo‘nalishi bo‘lgan soliq ma‘murichiligini amalga oshirishdagi quyidagi muammolarni qayd etib o‘tdi 2 : - soliq solish tizimining murakkabligi va bir xil soliq solish bazasiga ega soliqlarning yetarli darajada unifikatsiya qilinmaganligi, soliq qonunchiligining o‘zgaruvchanligi, soliq to‘lovchilar tomonidan o‘z soliq majburiyatlarini to‘liq bajarish imkonini bermayapti; - soliq to‘lovchilarning soliqlarni to‘lash bo‘yicha o‘z konstitutsiyaviy burchini ixtiyoriy bajarishini ta‘minlashga qaratilgan huquqiy madaniyatini oshirish yuzasidan, ayniqsa, joylarda amalga oshirilayotgan ishlar talab darajasida takomillashtirilmagan; - soliq organlarining Davlat byudjetiga tushumlar to‘liqligini ta‘minlash faoliyati ustidan tashqi nazorat mexanizmlarining mavjud emasligi soliq solinadigan bazani kengaytirish, soliqlarning yig‘iluvchanligini oshirish va soliq to‘lovchilarni hisobga olish imkonini bermayapti; - soliq organlarining tashkiliy tuzilmasi soliq solish ob‘ektlarini to‘liq qamrab olish va soliq solinadigan bazani kengaytirish, shuningdek soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida yig‘ish, davlat va mahalliy byudjetlar daromadlarini to‘ldirish mavjud resurslarni safarbar qilish imkonini bermayapti; - soliq organlari faoliyatiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy qilish holati soliq ma‘muriyatchiligining shaffofligini, soliq solish masalalarida manfaatdor vazirlik va idoralar bilan hamkorlik qilish hamda davlat xizmatlaridan foydalanish samaradorligini ta‘minlamayapti. 1 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi ―O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‗risida‖gi PF-4947-sonli farmoni 2 O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoevning ― Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling