Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


“Soliq ma‟murchiligi” fanining maqsadi va kadrlar tayyorlashdagi


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

3.“Soliq ma‟murchiligi” fanining maqsadi va kadrlar tayyorlashdagi 
ahamiyati. 
Mamlakatimizda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish davrida soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar davlatning asosiy daromad manbasi hisoblanib, ularning 
o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi, davlat budjetiga to‘liq hamda o‘z vaqtida 
o‘tkazilishi ustidan soliq ma‘murchiligi va soliq nazoratini amalga oshirish muhim 
ahamiyatga ega.


12
Soliqlar va soliqqa tortish ixtisosligi talabalariga soliq xizmati organlari 
tomonidan soliq to‘lovchilarning moliyaviy xo‘jalik faoliyatini soliq 
qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazardan nazorat qilishning huquqiy, uslubiy va 
tashkiliy asoslarini o‘rganishlari lozim bo‘ladi. Buning uchun esa talabalar soliq 
to‘lovchilarga nisbatan soliq majburiyatining yuzaga kelishi, soliq nazorati, uning 
shakllari, turlari, nazorat qiluvchi vakolatli organlar, ularning huquqlari va 
majburiyatlari, tekshirish o‘tkazish tartiblari, tekshirish natijalarida aniqlangan 
soliq qonunchiligi buzilish holatlari bo‘yicha ma‘muriy yoki moliyaviy jazo 
choralarini qo‘llash bo‘yicha etarli darajada malaka va ko‘nikmalarga ega 
bo‘lishlari lozim. Qolaversa mamlakatimizda amalga oshirilayotgan soliq 
islohotlarining tadrijiy rivojlanishi va Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan 
soliq siyosatidagi ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish ushbu soha 
mutaxassislaridan chuqur iqtisodiy bilimga ega bo‘lishni talab etadi. 
Bu fanni to‘liq o‘zlashtirgan talaba soliq ma‘murchiligiga oid quyidagi 
bilimlarga ega bo‘ladi va amaliy ko‘nikmalar o‘zlashtiradi: 
- Soliq qonunchiligiga oid tekshiruvlarning nazariy, huquqiy, uslubiy va 
tashkiliy asoslarini; 
- Xujjatli, nazorat tartibida va tezkor o‘tkaziladigan tekshiruvlarning mohiyati 
va xususiyatlarini; 
- Tekshiruv natijalari haqida shakllantiriladigan tekshiruv materiallarining 
tarkibi, ularni rasmiylashtirish tartiblarini; 
- Tekshiruv materiallarini rasmiy ro‘yxatdan o‘tkazish, aniqlangan huquq 
buzilish xolatlari bo‘yicha ma‘muriy yoki jinoiy chora ko‘rish va ularni 
bajarilishini nazorat qilish bilan bog‘liq ishlarni yuritishni. 
- Ma‘muriy amaliyot yuritish bo‘yicha soliq organlarining tekshiruv natijalari 
asosida rasmiylashtiriladigan hujjatlarni yuritish tartiblarini; 
- Nazoratchi, taftishchi tekshiruvchi, va davlat soliq xizmati organining 
mansabdor shaxslari tushunchalarining amaliy tafsilotini; 
- Nazorat qilish vakolati berilgan funkstiyaviy bo‘limlar va ularning 
vazifalari, huquqlari va majburiyatlarini; 


13
- Soliq nazoratiga oid dasturiy mahsullarni; 
- Davlat soliq xizmatining inspektorlik lavozimlarida ishlayotgan xodimlarga 
mutaxassis sifatida qo‘yiladigan talablarni. 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling