Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»


Soliq ma‟murchiligi fanini o‟qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar


Download 4.14 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/141
Sana21.11.2023
Hajmi4.14 Mb.
#1792655
TuriУчебное пособие
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141
Bog'liq
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA

2.Soliq ma‟murchiligi fanini o‟qitishning zarurligi, uning boshqa fanlar 
bilan o‟zaro bog‟liqligi. 
Soliq ma‘murchiligi fanining boshqa fanlar singari o‘ziga xos predmet va 
vazifalari mavjud. Bu fanni o‘qitishning zarurligi iqtisodiyotni modernizatsiya 
qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta tashkil etishda davrida soliq 
munosabatlarining ahamiyati o‘sib borayotganligidan kelib chiqadi. 
Soliq ma‘murchiligi fani soliq voqe‘liklarini (harakatlarini) chuqur o‘rganish 
asosida zaruriy xulosalar chiqarib, ularni amaliyotga tadbiq etish yo‘llarini 
o‘rgatadi. 
Soliq ma‘murchiligi fani soliq amaliyotidagi eng to‘g‘ri, eng mukammal va 
eng progressiv voqe‘liklarni o‘rganib, amaliyot uchun xuddi bir dasturiy amalday 
yoritib 
boradi. 
Nazariya 
voqeliklarni 
amaliyotdan 
oladi 
va
yana amaliyotga eng to‘g‘ri, ma‘qul va ilg‘or tajribalar olinib amaliyotga yo‘l 
ko‘rsatish uchun o‘rgatiladi. 
Demak, nazariya amaliyot uchun kerak va amaliyot uchun kompas, barometr, 
yo‘l boshlovchi vazifasini bajaradi. Nazariyasiz amaliyot yo‘ldan adashgan 
yo‘lovchidir. Nazariyani chuqur bilgan amaliyotchi har qanday o‘zgarishlarda ham 
ishlab keta oladi va yo‘ldan adashmaydi. 
Soliq ma‘murchiligi fanini o‘qitishning zarurligi amaliyotda yo‘ldan 
adashmaslik, keraksiz soliqlar bo‘yicha o‘zgartishlarga yo‘l qo‘ymaslik, 


10
amaliyotda istiqbolli qadamlar tashlash uchun va katta muvaffaqiyatlarga erishish 
uchun ham zarurdir. 
Soliq ma‘murchiligi fani soliq nazariyasi fani bilan chambarchas bog‘liqdir, 
uning maxsus bo‘limi, ya‘ni chuqurlashtirilgan va kengaytirilgan bo‘limidir. 
Chunki soliq nazariyasi qonuniyatlari umumiqtisodiy nazariya qonuniyatlaridan 
chetga chiqib keta olmaydi, ularga asoslanadi va rivojlantiriladi. 
Soliq munosabatlari moliya munosabatlarining tarkibiy qismi bo‘lganligi 
bois, soliqlar va soliqqa tortish fani ham moliya nazariyasi fani bilan chambarchas 
bog‘liq. Soliqlar va soliqqa tortish fanining o‘ziga xos xususiyatlari soliq 
to‘lovchilar bilan davlat o‘rtasidagi majburiy xarakterga ega bo‘lgan pul 
munosabatlarini o‘rgatadi. 
Soliq ma‘murchiligi fani o‘z navbatida ―Iqtisodiy nazariya‖, Soliq 
nazariyasi‖, ―Yuridik shaxslarni soliqqa tortish‖, ―Jismoniy shaxslarni soliqqa 
tortish‖, ―Soliq statistikasi va prognozi‖, kabi boshqa fanlar bilan o‘zaro bog‘liq. 
―Soliq ma‘murchiligi fani ―Yuridik shaxslarni soliqqa tortish‖, ―Chet 
mamlakatlar soliq tizimi‖ va boshqa fanlarni o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Soliq ma‘murchiligi fanini o‘qitishdan maqsad - soliqlar va soliqqa tortish 
tizimida rejalashtirish, soliq to‘lovchilar va soliqqa tortiladigan ob‘ektlar xisobini 
yuritish, soliq to‘lovchilar tomonidan soliq qonunchiligiga rioya etilishini nazorat 
qilish, soliqlar va soliqqa tortishni tartibga solish kabi muammoli masalalarni 
o‘rgatishdan iborat. Bundan tashqari soliqlarni rejalashtirishning strategiyasi va 
taktikasini, soliq rejalashtiruvining maqsadlarini o‘rganish va regional darajada 
soliqlarni rejalashtirish masalalarini taxlil qila olish, rejalashtirishda soliq 
potensialini baholay olish bo‘yicha yo‘nalish profiliga mos bilim va qo‘niqma va 
malaka shakllantirishdir. 
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlarini bartaraf etishda 
soliqlarning rag‘batlantiruvchi funkstiyalardan soliq ma‘murchiligida samarali 
foydalanish. 


11
Soliq ma‘murchiligi tizimida yuqorida ko‘rsatilgan ustuvor yo‘nalishlarning 
eng dolzarblarini qo‘llagan holda soliqqa tortishni tartibga solish bo‘yicha taklif 
muloxazalar ishlab chiqish va amaliyotga joriy etish yo‘llarini bilishi kerak. 
Iqtisodiyotni 
modernizatsiyalash 
va 
diversifikatsiyalash 
sharoitida 
Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar - agrar, mulkiy 
munosabatlar, tashqi iqtisodiy, moliya-kredit tizimi va ijtimoiy sohalarda tub 
o‘zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohatlar orasida moliya-kredit tizimini isloh 
qilish alohida rol o‘ynaydi. Chunki, jamiyatni barcha sohalari faoliyati pulli 
munosabatlar bilan bevosita bog‘liqdir, vaholanki, pulli munosabatlarni samarali
ishlash mexanizmi o‘z navbatida boshqa sohalarga bevosita ta‘sir etadiki, bu 
moliya-kredit tizimini jamiyat iqtisodiy tizimidagi o‘rni naqadar yuqori ekanligini
ko‘rsatadi. «Qattiq moliyaviy siyosatni amalga oshirish, barqaror pul muomalasini 
ta‘minlash, soliq tizimini takomillashtirish, umumiy qilib aytganda izchil moliya-
kredit siyosatini amalga oshirish iqtisodiy islohatlarimizni muvaffaqiyatli 
ta‘minlashga xizmat qilmog‘i lozim‖ - degan edi, - prezidentimiz I.A.Karimov. 
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash va diversifikatsiyalash sharoitida soliqlar 
davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai 
hisoblanadi. Demak, davlat budjeti daromadlarini tashkil qiluvchi soliqlarning 
to‘liq va o‘z vaqtida undirilishini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning 
uchun barcha davlatlar qatori mavlakatimizda ham soliqlar va boshqa majburiy 
to‘lovlarni to‘liq, to‘g‘ri va o‘z vaqtida budjetga undirilishini nazorat qilish tizimi 
yaratilgan. 

Download 4.14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling