Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
“Soliq ma‟murchiligi” - soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va
boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan funksiyalarni bajarilishini ta‘minlaydi. Soliq ma‘murchiligini mohiyatini aniqlash uchun, bizning nazarimizda, bir necha muhim holatlarga e‘tibor bermoq lozim. Ularning muhimlari va eng asosiylari tarkibiga quyidagilarni kiritish mumkin; 1. Soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimidir. Soliq ma‘murchiligi soliq munosabatlarini boshqarish tizimi ekan, biz bu erda uning mohiyatini belgilab berishda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan ―boshqarish‖ so‘ziga alohida e‘tibor berishimiz kerak. Boshqacha so‘zlar bilan aytganda, ―boshqarish‖ning mohiyatiga xos bo‘lgan holatlar soliq ma‘murchiligining mohiyati uchun ham xosdir 18 Shu erning o‘zida soliq ma‘murchiligining mohiyatini aniqlashga ko‘mak beruvchi yana bir holatni aniqlashimiz mumkin. Gap shundaki, soliq ma‘murchiligi, birinchi navbatda, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi sifatida qaralayotgan ekan, uning tizim ekanligiga ham e‘tibor qaratmoq lozim. Soliq ma‘murchiligi tizim sifatda qaralsa, tabiiyki, uning bir necha elementlardan iborat ekanligi ma‘lum bo‘ladi. 2. Soliq ma‘murchiligi davlat soliq siyosatining amalga oshirilishini ta‘minlaydi va shunga xizmat qiladi. Shunday ekan, bu holat ham soliq ma‘murchiligining mohiyatini belgilab berishda o‘z ta‘sirini ko‘rsatmasdan qolmaydi. Shunga mos ravishda soliq ma‘murchiligi operativ holda hayotga tadbiq etilayotgan soliq siyosatining asosiy yo‘nalishlarini o‘zida aks ettirmog‘i lozim. 3. Soliq ma‘murchiligi soliq organlarining faoliyatlarini muvofiqlashtirib turadi. Bu narsa soliq ma‘murchiligiga bevosita xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq organlarining faoliyatlarini tashkil etishda alohida ahamiyat kasb etadi. Bu siz soliq organlarining faoliyatini sog‘lom tashkil etishni tasavvur etish mumkin emas. 4. Soliq ma‘murchiligining mohiyati, konkret holda, u tomonidan bajarilishi mumkin funksiyalar orqali namoyon bo‘ladi. Soliq ma‘murchiligi, eng avvalo, soliq munosabatlarini boshqarish tizimi bo‘lganligi uchun, unga umumiy ko‘rinishdagi boshqarishga xos bo‘lgan barcha funksiyalar tegishlidir. 5. Soliq ma‘murchiligi soliq huquqining qoidalariga asoslanadi, ularni o‘ziga xos tarzda to‘ldiradi, uni nazariy va amaliy nuqtai-nazardan soliq mexanizmining o‘z i ga xos bo‘lgan sterjeni sifatida talqin etish mumkin. Soliq xuquqining normalari soliq ma‘murchiligi tizimini oqilona tashkil etishga imkon beradi va uni butun soliq mexanizmiga tarqatadi. 6. Soliq munosabatlari soliq ma‘murchiligining predmetini tashkil etadi. Ma‘lumki, soliq munosabatlari davlat (soliq nazoratining sub‘ekti sifatida) bilan 19 soliqqa tortish sub‘ektlari (yuridik va jismoniy shaxslar) o‘rtasida vujudga kelib, bu sub‘ektlar zimmasiga o‘z mablag‘lari hisobidan soliqlarni to‘lash majburiyati yuklangandir. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling