Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organ va tashkilotlar bilan
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
3. Davlat soliq xizmati organlarining boshqa organ va tashkilotlar bilan
o`zaro hamkorligi. Davlat soliq xizmati organlari o`z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat xokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashqilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi. Hududlararo inspeksiya o`z vazifalari va funksiyalarini amalga oshirishda boshqa davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat xokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashqilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari o`z vakolatlari doirasida boshqa hududiy davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, maxalliy davlat xokimiyati 38 organlari. fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organlari, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, banklar va boshqa tashkilotlar bilan o`zaro hamkorlik qiladi. Davlat soliq xizmatining hududiy organlari tegishli hududlarni ijtimoiy- iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha ―yo`l xaritalari‖ ishlab chiqilishida va amalga oshirilishida kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo`yicha sektorlar bilan yaqindan hamkorlik qiladi. Qo`mitaning faoliyatiga O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini islox qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari bo`yicha Kompleks raxbari va O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining Makroiqtisodiy taxlil va prognozlashtirish, moliya va bank tizimlarini islox qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yig`ma axborot- taxlil departamenti va O`zbekiston Respublikasi Prezidenti bo`linmalari mutasaddilik qiladi. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo`linmalarining Qo`mita markaziy apparati tarkibiy bo`linmalari hamda hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo`linmalarining raxbarlari tomonidan amalga oshiriladi. Hududlararo inspeksiya bo`linmalarining Qo`mita markaziy apparati tarkibiy bo`linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan hamkorligi axborot ayirboshlash va qonun xujjatlarida belgilangan soliq nazoratining shakllarini amalga oshirishga asoslangan. Hududlararo inspeksiya tarkibiy bo`linmalarining Qo`mita markaziy apparati bo`linmalari va hududiy davlat soliq xizmati organlari bilan xamkorligi jarayonida vujudga keladigan tushunmovchiliklar Qo`mita raisining topshirig`iga muvofiq uning tegishli o`rinbosarlari tomonidan ko`rib chiqiladi. Ushbu ko`rib chiqishda tushunmovchiliklar tartibga solinmagan holatlarda, ular bo`yicha qaror bevosita Qo`mita raisi tomonidan qabul qilinadi. Hududlararo inspeksiya va uning tarkibiy bo`linmalari o`zlarining vazifa va funkstiyalarini bajarishda davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, huquqni 39 muxofaza qiluvchi organlar, mahalliy davlat xokimiyati organlari, fuqarolarning o`zini-o`zi boshqarish organlari, banklar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik qiladi. O`zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo`mitasi o`z vakolatlari doirasida soliqqa tortish sub‘ektlari va ob‘ektlari, soliq bazasini belgilash, soliq imtiyozlarini qo`llash, soliq haqidagi qonun hujjatlarining ayrim qoidalarini tushuntirish bilan bogliq masalalar yuzasidan qabul qiladigan umumiy majburiy tusdagi normativ hujjatlar O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida ro`yxatdan o`tkazilishi lozim. Soliq to`lovchilarning hisobga olinishini va soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazoratni ta‘minlash maqsadida banklar va boshqa moliya- kredit tashkilotlari: 1) xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar davlat soliq xizmati organlarida ro`yxatga olinganliklarini tasdiqlovchi hujjat taqdim etgan taqdirdagina ular uchun hisob- kitob va boshqa hisobvaraqlari ochishlari mumkin va bu hisobvaraqlar ochilganligi haqida ular ochilgan kunning ertasidan kechiktirmay mazkur organga xabar beradilar; 2) xo`jalik yurituvchi sub‘ektlar byudjet oldidagi o`z majburiyatlarini bajarganliklari to`grisida davlat soliq xizmati organlarining xulosasi taqdim etilgan taqdirdagina xo`jalik yurituvchi sub‘ektlarning hisob-kitob va boshqa hisobvaraqlarini yopishlari mumkin; 3) davlat soliq xizmati organlarining soliq to`lovchi mijozlardan belgilangan muddatda to`lanmagan soliqlar va jarimalarni so`zsiz undirish to`grisidagi farmoyishlarini (inkasso topshiriqlarini) mehnatga doir huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan, alimentlar undirish haqidagi, mualliflik shartnomalari bo`yicha haq to`lashga doir, shuningdek hayot va sogliqqa etkazilgan zararning o`rnini qoplash haqidagi talablarni qondirish uchun hisobvaraqdan pul mablaglari o`tkazilishi yoki berilishini nazarda tutadigan ijro hujjatlari bo`yicha mutanosib ravishda bajaradilar; 40 4) soliq to`lovchi mijozning mablaglari bo`lsa, uning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaragidan mablaglarni hisobdan chiqarish operastiyasi amalga oshirilgan kuni soliqlar va jarima summalarini byudjet daromadiga o`tkazadilar; 5) yuridik shaxslarning so`mdagi mablaglari etishmagan va valyuta hisobvaragida mablaglari mavjud bo`lgan taqdirda, davlat soliq xizmati organlarining taqdimnomasiga ko`ra mazkur valyuta mablaglarini byudjet oldidagi qarzni to`lash uchun zarur bo`lgan hajmda sotuv kunidagi kurs bo`yicha valyuta birjasida so`zsiz tartibda sotadilar; 6) davlat soliq xizmati organlarining yozma talabi bo`yicha soliq to`lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan pul mablaglari berish, o`tkazish yoki ularni hisobdan chiqarishga doir barcha operastiyalarni to`xtatib qo`yadilar; 7) davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslariga: yuridik shaxslarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlari; jismoniy shaxslarning depozit va boshqa hisobvaraqlari bo`yicha amalga oshirilgan operastiyalarni tekshirish uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yo`l qo`yadilar; 8) davlat soliq xizmati organlarining so`rovnomasiga ko`ra ularga so`ralayotgan davr mobaynida soliq to`lovchi mijozlarning hisob-kitob yoki boshqa hisobvaraqlaridan amalga oshirilgan operastiyalar va ana shu hisobvaraqlarda pul mablaglarining bor-yo`qligi to`grisidagi ma‘lumotlarni taqdim etadilar; 9) davlat soliq xizmati organlarining so`rovnomasiga ko`ra eksport-import kontraktlarining ijrosiga doir ma‘lumotlarni va qonun hujjatlarida belgilangan boshqa axborotni taqdim etadilar; 10) olti oy mobaynida (savdo va savdo-vositachilik korxonalari esa - uch oy mobaynida) bank hisobvaraqlari bo`yicha pul operastiyalari o`tkazish bilan bogliq moliya-xo`jalik faoliyatini amalga oshirmaganligi munosabati bilan korxonalarning hisobvaraqlari yopilgan sanadan e‘tiboran ularning faoliyatni davom ettirishi maqsadga muvofiqligi to`grisidagi masalalarni belgilangan tartibda 41 ishlab chiqish uchun axborotni ularni hisobga olgan joydagi davlat soliq xizmati organiga uch ish kuni mobaynida taqdim etadilar. Banklar va boshqa moliya-kredit tashkilotlarining soliq to`lovchi mijozlarning soliqlar, shuningdek jarima summalarini o`tkazish haqidagi topshiriqlarini bajarishni kechiktirishi taqiqlanadi. Bank va boshqa moliya-kredit tashkilotining aybi bilan soliq to`lovchi mijozning yoki davlat soliq xizmati organining soliqlarni o`tkazish haqidagi topshirigi bajarilmagan (bajarish kechiktirilgan) taqdirda bank va boshqa moliya- kredit tashkilotidan har bir kechiktirilgan kun uchun o`tkazilmagan soliqlar summasining 0,065 foizi miqdorida belgilangan tartibda penya undiriladi. Davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari xizmat vazifalarini bajarish chogida davlat hokimiyati vakili hisoblanadilar. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining soliq haqidagi qonun hujjatlariga rioya qilish xususidagi talablari barcha yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan ijro etilishi shart. Hech kim davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga aralashishga haqli emas. Davlat soliq xizmati organlari mansabdor shaxslarining o`z xizmat vazifalarini bajarishlariga to`sqinlik qilinish, ularning o`z xizmat vazifalarini bajarishlari munosabati bilan ularning sha‘ni va qadr-qimmatini haqoratlash, ularga qarshilik ko`rsatish, tahdid qilish, zo`ravonlik qilish yoki ularning hayoti, sogligi va mol-mulkiga tajovuz qilish qonun hujjatlarida nazarda tutilgan javobgarlikka sabab bo`ladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling