Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
-BO`LIM.“SOLIQ MAMURCHILIGINING RIVOJLANISH
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog„liq obyektlarning hisobini yuritish. 1.Soliq to‟lovchilarni hisobga olish.
2-BO`LIM.“SOLIQ MAMURCHILIGINING RIVOJLANISH BOSQICHLARI MEXANIZMI” 5-MAVZU: SOLIQ TO‟LOVCHILAR VA SOLIQ OB‟YEKTLARTINI HISOBGA OLISH TIZIMI 1.Soliq to‟lovchilarni hisobga olish. 2.Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‟liq obyektlarni hisobga olish. 3.Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog„liq obyektlarning hisobini yuritish. 1.Soliq to‟lovchilarni hisobga olish. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‘lovchilarning hisobini yuritadi. Soliq to‘lovchilarning hisobini yuritish ularni hisobga qo‘yish va ular to‘g‘risidagi hisob ma‘lumotlarini yuritish orqali amalga oshiriladi. Soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilayotganda unga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami beriladi hamda soliq to‘lovchi to‘g‘risidagi hisobga qo‘yish ma‘lumotlari O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestriga kiritiladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestri O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati organi tomonidan soliq to‘lovchiga berilgan identifikatsiya raqami berilganligi to‘g‘risidagi guvohnoma yoki soliq to‘lovchi bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat 56 ro‘yxatidan o‘tkazilgan taqdirda, davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma soliq to‘lovchining hisobga qo‘yilganligini tasdiqlovchi hujjatdir. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami muayyan soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilganda unga beriladigan raqamdir. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami o‘zgarmaydi va bekor qilinganidan keyin boshqa soliq to‘lovchiga berilmaydi. Identifikatsiya raqami bir marta beriladi va faqat yuridik shaxsning tugatilishi, jismoniy shaxsning vafoti yoki boshqa mamlakatga ko‘chib ketishi munosabati bilan, ushbu voqealar ro‘y bergandan keyin uch yil o‘tgach, bekor qilinishi mumkin. Soliq to‘lovchilarga identifikatsiya raqamlarini berish Vazirlar Mahkamasining 1997 yil 11 martdagi 130-son qarori bilan tasdiqlangan «O‘zbekiston Respublikasida soliq to‘lovchilarning identifikatsiya raqamlarini berish va qo‘llash tizimi to‘g‘risida»gi nizomga asosan O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining identifikatsiya raqamlari yagona reestrini shakllantirish; soliq to‘lovchilarni hisobga olishni tartibga solish; soliqlarning byudjetga tushishini hisobga olish va soliq organlarining o‘zaro hamkorligi bo‘yicha ma‘lumotlarni komp`yuterda ishlashni joriy etish; soliq qonunchiligiga rioya etilishi bo‘yicha axborotlarning yaxlitligi va ishonchliligi ko‘p tomonlama tekshirilishi, nazorat qilinishini tashkil etish; soliq organlari bilan davlat xokimiyati va boshqaruvining boshqa organlari, bank muassasalari va moliyaviy tusdagi, shuningdek, ko‘char va ko‘chmas mulk bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiruvchi boshqa tashkilotlar o‘rtasida axborot ayirboshlashni birxillashtirish; daromadlarni, to‘langan soliqlarni va xo‘jalik yurituvchi subyektlar, shu jumladan, jismoniy shaxslar tomonidan ijtimoiy va boshqa sug‘urta bo‘yicha davlat jamg‘armalariga to‘lovlarni hisobga olishni birxillashtirishrni ta‘minlashga qaratilgan. Identifikatsiya raqami soliq to‘lovchining barcha soliq majburiyatlari va barcha ijtimoiy huquqlari bo‘yicha yagona hisoblanadi, uning davlat hokimiyati va nazorat organlari bilan davlat ijtimoiy sug‘urtasi hamda boshqa sug‘urta jamg‘armalaridan to‘lovlar (mablag‘lar) olish bo‘yicha barcha o‘zaro munosabatlarida qo‘llanadi va o‘zgartirilmaydi. Soliq to‘lovchining identifikatsiya raqami quyidagilarda albatta yozib qo‘yilishi kerak: yuridik va jismoniy 57 shaxslarning davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomada, ro‘yxatdan o‘tkazish davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida ularni hisobga qo‘yish bilan bir vaqtda amalga oshiriladi; faoliyatning ayrim turlari bilan shug‘ullanishga doir litsenziyasida; cheklardan tashqari, pul bilan hisob-kitob qilinadigan to‘lov hujjatlarida, shuningdek ularning elektron shaklida; davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan moliyaviy va soliq hisoboti hujjatlarida; yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan tuziladigan xo‘jalik, fuqarolik-huquqiy hamda mehnat shartnomalarida; yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar bitimlar tuzganligini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda, shu jumladan hisobvaraq-fakturalar hamda transport hujjatlarida; yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarda qiymat ifodasiga ega bo‘lgan moliyaviy, mulkiy hamda boshqa majburiyatlar yuzaga kelganligini, shuningdek ularning bajarilishini belgilovchi yoki tasdiqlovchi hujjatlarda. Soliq to'lovchining identifikatsiya raqami to'qqizta raqamli belgidan iboratdir, dastlabki 8 raqam soliq to'lovchining o'z raqami, oxirgi raqam esa nazorat sonini tashkil etadi. Shunday qilib, soliq to'lovchining identifikatsiya raqami tuzilishi quyidagicha ko'rinishga ega bo'ladi: Soliq to'lovchining identifikatsiya raqamini kodlashtirish uchun seriyali tartib usulidan foydalanadi. Bunda soliq to'lovchilarning identifikatsiya raqamlari barcha to'plami soliq to'lovchilarning tiplarini aniqlashtiruvchi ikki turkumlash guruhiga: jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilgan. Ushbu maqsadlarda quyidagi kodlardan foydalanilishi kerak: 20000000Xdan 29999999Xgacha — yuridik shaxslar uchun; 40000000Xdan 79999999Xgacha — jismoniy shaxslar uchun; bunda X-soliq to'lovchining identifikatsiya raqami sonlari izchilligi to'g'riligini nazorat qiluvchi son, ushbu son O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasida komp`yuter tomonidan soliq to'lovchiga identifikatsiya raqami berish jarayonida muayyan algoritm bo'yicha shakllantiriladi. Zarurat bo'lganda, kodlashtirish tizimi imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida quyidagi kodlar zaxira qilingan: 00000000Xdan 19999999Xgacha; 30000000Xdan 39999999Xgacha; 80000000Xdan 99999999Xgacha. Soliq to‘lovchi sifatida quyidagilar hisobga qo‘yiladi: yuridik 58 shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari o‘zlari joylashgan yerdagi (pochta manzilidagi) davlat soliq xizmati organida; yuridik shaxsning soliq majburiyatini mustaqil ravishda bajaradigan alohida bo‘linmalari — alohida bo‘linmaning joylashgan yeridagi yoki faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida; jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari jismoniy shaxsning yashash joyidagi davlat soliq xizmati organida; yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — doimiy muassasaning joylashgan yeridagi va (yoki) faoliyatni amalga oshirayotgan joyidagi davlat soliq xizmati organida; mol-mulk solig‘i va yer solig‘i to‘lovchilar bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari — soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida. Soliq to‘lovchida u hisobga qo‘yilganidan keyin yer solig‘i, molmulk solig‘i yoki suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq to‘lash bo‘yicha majburiyati hisobga qo‘yilgan joydan tashqarida yuzaga kelgan taqdirda, soliq to‘lovchi soliq solish obyekti joylashgan yerdagi davlat soliq xizmati organida obyekt bo‘yicha hisobga qo‘yilishi kerak. Bir vaqtning o‘zida davlat soliq xizmati organlarida va davlat statistikasi organlarida hisobga qo‘yilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan yuridik va jismoniy shaxslar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan joyda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hisobga qo‘yilishi kerak. Yuridik shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligini tasdiqlovchi hujjatning ko‘chirma nusxasi ilova qilinadi. Jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasining rezidentlari soliq solish obyekti vujudga kelgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida ushbu Kodeksga muvofiq davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Masalan, fuqaro A.Axmedov Olmazor tumanidan uy-joy sotib oldi. U o‘n kunlik myddat ichida Olmazor tuman soliq inspeksiyasiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Yuridik shaxslar — O‘zbekiston 59 Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan O‘zbekiston Respublikasining norezidentlari mazkur faoliyatni amalga oshirish boshlangan kundan e‘tiboran bir yuz sakson uch kundan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organiga doimiy muassasa sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Doimiy muassasa orqali faoliyatni amalga oshirayotgan yuridik shaxsning — O‘zbekiston Respublikasi norezidentining hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizasiga shartnoma yoki yuridik shaxs — O‘zbekiston Respublikasining norezidenti nomidan O‘zbekiston Respublikasida ish yuritish uchun berilgan ishonchnoma, shuningdek majburiyatlarining bajarilishi doimiy muassasa tashkil topishiga olib keladigan shartnoma mavjud bo‘lsa, shu shartnoma ilova qilinadi. Yer solig‘i, shuningdek ko‘chmas mulkka taalluqli qismida molmulk solig‘i to‘lovchilari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar — O‘zbekiston Respublikasi norezidentlari yer uchastkasiga, ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquq davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan kundan e‘tiboran o‘n kun ichida davlat soliq xizmati organiga hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi arizani taqdim etishi shart. Arizaga unda ko‘rsatilgan ma‘lumotlarni tasdiqlovchi hujjatlar ilova qilinadi. Davlat soliq xizmati organi hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi ariza va unga ilova qilingan hujjatlar asosida soliq to‘lovchiga soliq to‘lovchining identifikatsiya raqamini beradi, soliq to‘lovchi haqidagi hisobga qo‘yish ma‘lumotlarini O‘zbekiston Respublikasi soliq to‘lovchilarining yagona reestriga kiritadi va tegishli ariza berilgan kundan e‘tiboran uch kundan kechiktirmay kundan kechiktirmay soliq to‘lovchi hisobga qo‘yilganligi to‘g‘risida guvohnoma beradi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling