Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‟liq obyektlarni
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2.Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‟liq obyektlarni
hisobga olish. Soliq solish obyektlarini va soliq solish bilan bog‘liq obyektlarni hisobga olish davlat soliq xizmati organi tomonidan har bir soliq to‘lovchi bo‘yicha hamda u to‘layotgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha, soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish orqali amalga oshiriladi. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan 60 bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasi soliq to‘lovchi tomonidan taqdim etilgan moliyaviy va soliq hisobotlarining ma‘lumotlari, Soliq to‘lovchilarning majburiyatlari yuzaga kelganligi to‘g‘risida axborot taqdim etadigan organlar va tashkilotlartomonidan taqdim etiladigan ma‘lumotlar, shuningdek davlat soliq xizmati organlari boshqa manbalardan to‘plagan, shu jumladan soliq tekshiruvlari vaqtida to‘plagan axborotlar asosida shakllantiriladi. Soliq solish obyektlari hamda soliq solish bilan bog‘liq obyektlar to‘g‘risidagi ma‘lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. Ushbu qoidalar tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali olib o‘tilishi munosabati bilan to‘lanishi lozim bo‘lgan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarga, shuningdek undirilishi tegishli davlat organlari va tashkilotlari tomonidan amalga oshiriladigan boshqa majburiy to‘lovlarga tatbiq etilmaydi. 3.Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog„liq obyektlarning hisobini yuritish. Soliq va boshqa majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‗liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq blgilanadi. Soliq to‗lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‗qotilgan yoki yo‗q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga to‗lanishi kerak bo‗lgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar summasini soliq to‗lovchi to‗g‗risida, shuningdek shunga o‗xshash boshqa soliq to‗lovchilar to‗g‗risida o‗zlarida mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar asosida O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkinSoliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to‗lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‗lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari 61 bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‗g‗ridan-to‗g‗ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohidaalohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‗ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‗zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‗yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri hisobga olish usuli qo‗llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‗liq bo‗lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‗lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi. Soliq hisoboti. Soliq hisoboti soliq to‗lovchining soliq va boshqa majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha yoki to‗langan daromadlar bo‗yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisobkitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‗z ichiga oladigan hujjatidir. Hisobot O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Soliq hisoboti qog‗ozda va elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u kichik tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxs bo‗lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to‗lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs – soliq to‗lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‗lovchiga soliq davri boshlanganidan e‘tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo‗lgan davr 62 yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari o‗zgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo‗shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo‗lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi. Soliq hisobotida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javobgarlik soliq to‗lovchining zimmasiga yuklatiladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi hisobga qo‗yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo‗yicha soliq hisoboti ham Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda obyektlar bo‗yicha hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etiladi. Tadbirkorlik sub'ekilari uchun qulaylik tug'dirish maqsadida tadbirkorlik sub'ekilari uchun soliq hisobotlarini faqat elektron shaklda taqdim etilish bo'yicha qoida joriy qilingan. Masalan, Jismoniy shaxslar daromad solig‗i bo‗yicha soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar, yuridik shaxslar yer solig‗i va mol-mulk solig‗i bo‗yicha soliq hisobotini esa obyektlar joylashgan joyda hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha taqdim etadilar. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‗lovchida Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyati bo‗yicha da‘vo qilish muddati mobaynida saqlanadi. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning hisobini yuritish Soliq va boshqa majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha soliq solish obyekti hamda soliq solish bilan bog‗liq obyektlar soliq qonunchiligiga muvofiq blgilanadi. Soliq to‗lovchi tomonidan hisob hujjatlari yo‗qotilgan yoki yo‗q qilingan taqdirda, davlat soliq xizmati organlari budjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga to‗lanishi kerak bo‗lgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlar 63 summasini soliq to‗lovchi to‗g‗risida, shuningdek shunga o‗xshash boshqa soliq to‗lovchilar to‗g‗risida o‗zlarida mavjud bo‗lgan ma‘lumotlar asosida O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan belgilanadigan tartibda hisob-kitob qilish orqali aniqlashi mumkin. Soliq kodeksida soliq solishning turli tartibi nazarda tutilgan faoliyat turlarini amalga oshirayotgan soliq to‗lovchilar soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobini yuritishlari shart. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobi soliq to‗lovchilar tomonidan buxgalteriya hisobi ma‘lumotlari asosida yuritiladi. Faoliyatning muayyan turiga taalluqli barcha daromadlar va xarajatlar tegishli hisob hujjatlari bilan tasdiqlanishi kerak. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohida-alohida hisobi mutanosib usul yoki to‗g‗ridan- to‗g‗ri hisobga olish usuli orqali yuritilishi mumkin. Soliq solish obyektlari va soliq solish bilan bog‗liq obyektlarning alohidaalohida hisobini yuritish usuli yuridik shaxsning butun kalendar yilga mo‗ljallangan hisob siyosati bilan belgilanadi hamda yil mobaynida o‗zgartirilishi mumkin emas. Hisobga olishning mutanosib usulida daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq obyektlar realizatsiya qilishdan olingan sof tushumning umumiy summasidagi faoliyatning muayyan turlari bo‗yicha realizatsiya qilishdan olingan sof tushum ulushiga mutanosib tarzda shu muayyan faoliyat turiga kiritiladi. To‗g‗ridan-to‗g‗ri hisobga olish usuli qo‗llanilganda daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq obyektlar faoliyatning qaysi turi amalga oshirilishi bilan bog‗liq bo‗lsa, shu turga kiritiladi. Bunda faoliyatning biron turiga kiritish mumkin bo‗lmagan daromadlar, xarajatlar va soliq solishning boshqa obyektlari yoki soliq solish bilan bog‗liq obyektlar hisobga olishning mutanosib usuli orqali faoliyatning muayyan turiga kiritiladi. Soliq hisoboti. Soliq hisoboti soliq to‗lovchining soliq va boshqa majburiy to‗lovning har bir turi bo‗yicha yoki to‗langan daromadlar bo‗yicha hisob-kitoblar hamda soliq deklaratsiyalarini, shuningdek hisobkitoblarga va soliq deklaratsiyalariga doir ilovalarni o‗z ichiga oladigan hujjatidir. Hisobot 64 O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi va O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan tasdiqlanadigan shaklda tuziladi. Soliq hisoboti qog‗ozda va elektron hujjatga doir talablarga rioya etilgan holda elektron hujjat tarzida tuziladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan imzolanishi kerak, shuningdek agar u kichik 68 tadbirkorlik subyekti bo‘lmagan yuridik shaxs bo‗lsa, uning muhri bilan tasdiqlanadi. Elektron hujjat tarzida taqdim etilgan soliq hisoboti soliq to‗lovchining elektron raqamli imzosi bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxs – soliq to‗lovchi qayta tashkil etilayotganda yoki tugatilayotganda, har bir qayta tashkil etilayotgan yoki tugatilayotgan soliq to‗lovchiga soliq davri boshlanganidan e‘tiboran qayta tashkil etish yoki tugatish tugallangan kunga qadar bo‗lgan davr yuzasidan tegishincha topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoxud tugatish balansi asosida alohida-alohida soliq hisoboti tuziladi. Mazkur hisobot topshirish dalolatnomasi, taqsimlash balansi yoki tugatish balansi tasdiqlangan kundan e‘tiboran uch ish kuni ichida taqdim etiladi. Ushbu qismning qoidalari o‗zgartirish, shuningdek boshqa yuridik shaxsni qo‗shib olish orqali qayta tashkil etilayotgan yuridik shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Tadbirkorlik subyekti – yuridik shaxs ixtiyoriy tugatilgan taqdirda, unga soliq davri boshlanganidan to yuridik shaxslarni davlat ro‗yxatidan o‗tkazuvchi organ tugatish tartib-taomili boshlanganligi haqida xabardor qilingan sanagacha bo‗lgan muddat uchun alohida soliq hisoboti tuziladi. Soliq hisobotida ko‗rsatilgan ma‘lumotlarning to‗g‗riligi uchun javobgarlik soliq to‗lovchining zimmasiga yuklatiladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi tomonidan Soliq kodeksida belgilangan muddatlarda taqdim etiladi. Soliq hisoboti soliq to‗lovchi hisobga qo‗yilgan joydagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etiladi. Ayrim turdagi soliqlar bo‗yicha soliq hisoboti ham Soliq kodeksida nazarda tutilgan hollarda obyektlar bo‗yicha hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etiladi. Tadbirkorlik sub'ekilari uchun qulaylik tug'dirish maqsadida tadbirkorlik sub'ekilari uchun soliq hisobotlarini faqat elektron shaklda taqdim etilish bo'yicha qoida joriy qilingan. Masalan, Jismoniy shaxslar daromad solig‗i bo‗yicha soliq deklaratsiyasini yashash joyidagi davlat soliq xizmati organiga taqdim etadilar, yuridik shaxslar yer solig‗i va mol-mulk solig‗i bo‗yicha 65 soliq hisobotini esa obyektlar joylashgan joyda hisobga qo‗yilgan joy bo‗yicha taqdim etadilar. Soliq hisoboti davlat soliq xizmati organlarida va soliq to‗lovchida Soliq kodeksida belgilangan soliq majburiyati bo‗yicha da‘vo qilish muddati mobaynida saqlanadi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling