Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy
to‟lovlar hisobini yuritish. Yuridik shaxslarning shaxsiy kartochkalarini ochishi quyidagi tartibda amalga oshiriladi: 1. ShK amaldagi soliq qonunchiligiga asosan soliq to‘lovchining majburiyatlaridan kelib chiqib, har bir soliq va boshqa majburiy to‘lovlar turi bo‘yicha alohida ochiladi. 2. Davlat soliq xizmati organlarida byudjetga va byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, O‘zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg‘armasiga, Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘lovlar bo‘yicha ShK yuritiladi. 3. Soliq to‘lovchi yuridik shaxslar davlat soliq xizmati organlarida hisobga qo‘yilishi (davlat ro‘yxatidan o‘tgan joydan tashqari soliq to‘lovchining ob‘ektlari bo‘yicha hisobga olingan yoki «Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilar bundan mustasno) bilan bir vaqtda quyidagi to‘lov turlari bo‘yicha topshirilgan hisobotga asosan ShKlar ochiladi: a) jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; b) yagona ijtimoiy to‘lov; v) fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasiga sug‘urta badallari; g) fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan pensiya badallari. 4. Ma‘lumotlar bazasidagi barcha soliq to‘lovchilarning o‘tgan hisobot yili oxiridagi qoldiq summalarini joriy yilga ko‘chirib o‘tkazish jarayonida dasturiy mahsul orqali joriy yil uchun ShKlar avtomatik tarzda ochiladi. 73 5. Soliq to‘lovchiga ShK ochish uchun asos bo‘lib soliq to‘lovchi tomonidan DSIga soliq majburiyatlari bo‘yicha taqdim etilgan soliq hisobotlari, tekshirish natijalarida soliq va boshqa majburiy to‘lov turlari bo‘yicha qo‘shimcha (kamaytirishga) hisoblangan soliq summalari to‘g‘risidagi ma‘lumotlar yoki soliq to‘lovchi tomonidan to‘langan to‘lov topshiriqnomalari hisoblanadi. 6. «Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-moddasida belgilangan pensiya to‘lovi majburiyati paydo bo‘lgan soliq to‘lovchilarga tuman (shahar) Ijtimoiy ta‘minot bo‘limidan ma‘lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 3 ish kunidan oshmagan muddatda ShKlar ochiladi. 7. Yuridik manzili o‘zgarganligi sababli, boshqa tuman (shahar)dan kelgan soliq to‘lovchilarga ma‘lumot kelib tushgan kundan so‘ng, 1 ish kunidan oshmagan muddatda Kameral nazorat bo‘limi tomonidan Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limiga DSI boshlig‘ining munosabat belgisi bilan bildirgi berilgandan so‘ng, bir ish kunida ma‘lumotlar bazasi administratori elektron fayllarni ma‘lumotlar bazasiga qabul qilib tegishli ShKlarni ochadi. 8. Ma‘lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga olingan soliq to‘lovchi boshqa tuman (shahar) hududida soliq solish ob‘ekti va soliq solish bilan bog‘liq ob‘ektga ega bo‘lgan taqdirda, soliq solish ob‘ektidan kelib chiqib belgilangan tartibda tegishli soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha ShKlar ochiladi. Yuridik shaxslarning ShKlaridagi mavjud barcha soliq va majburiy to‘lov turlari bo‘yicha hisobot yilining yil oxiriga qoldiq (joriy va alohida hisobi yuritilgan va to‘lash muddati uzaytirilgan soliq qarzi va penyasi, penya hisoblanmaydigan soliq qarzi, ortiqcha to‘langan summasi, shu jumladan QQS bo‘yicha manfiy qoldig‘i, qo‘llanilgan moliyaviy jarimaning undirilmasdan qolgan qismi) summalari keyingi yilning yil boshiga qoldiq summasi sifatida soliq 74 to‘lovchining shu soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar turlari bo‘yicha ochilgan yangi ShKlariga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o‘tkaziladi. 1.Soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning ShKdagi o‘tgan yil oxiriga qoldiq summasi hisobot yili boshiga ShKning tegishli «qoldiq» (saldo) qatorining «soliq qarzi», «penya», «ortiqcha to‘langan summa», «shu jumladan QQS bo‘yicha manfiy qoldiq» hamda «penya hisoblanmaydigan soliq qarzi miqdori» (ChSNNKNNP) ustunlarida aks ettiriladi. 2.Ma‘lumotlar bazasidan barcha soliq to‘lovchilarning ShKlaridagi qoldiq summalarni yildan-yilga dasturiy mahsul orqali avtomatik ravishda o‘tkazish vakolati davlat soliq xizmati organlari ma‘lumotlar bazasi administratoriga beriladi. 3.Soliq to‘lovchilarning ShKsidagi hisobot yili oxiriga qoldiq summalarini keyingi yilning boshiga qoldiq summalari sifatida o‘tkazish soliq organida hisobga qo‘yilgan barcha soliq to‘lovchilar bo‘yicha amalga oshiriladi. 4.Yangi hisobga qo‘yilgan soliq to‘lovchilarning ShKlarida hisobga qo‘yilgan yil boshidagi qoldiq summa sifatida – «nol» aks ettiriladi. 5.Yuridik manzili o‘zgarganligi munosabati bilan qayta hisobga qo‘yilgan soliq to‘lovchilarga ochiladigan ShKda qoldiq summalar sifatida avval ro‘yxatda bo‘lgan tuman (shahar) soliq organida «shaxsiy kartochkani uzatish» operastiyasi amalga oshirilgan sanasi bilan ShKdagi mavjud qoldiq summalari aks ettiriladi. 6.Ma‘lum bir tuman (shahar) soliq organida hisobga qo‘yilgan bo‘lib, ikkinchi bir tuman (shahar) hududida soliq solish ob‘ekti paydo bo‘lgan sanadan boshlab, ushbu DSI bazasida soliq to‘lovchilar ShKsida yil boshiga qoldiq summa sifatida «nol» aks ettiriladi. 7.Soliq to‘lovchining o‘tgan yil uchun ShKsida yil boshiga oldingi yildan o‘tkazilgan qoldiq summalar noto‘g‘riligi aniqlangan taqdirda, uni to‘g‘rilab o‘zgartirish kiritish faqat tegishli hujjatlar asosida ma‘lumotlar bazasi adminstratori ishtirokida Soliqlar va majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish, ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish bo‘limi boshlig‘i 75 tomonidan DSI boshlig‘i nomiga yozilgan bildirishnomaga qo‘yilgan munosabat belgisi asosida amalga oshiriladi. 10.Soliq qarzini undirish maqsadida tayyorlanadigan inkasso topshiriqnomalari, soliq to‘lovchi tomonidan taqdim qilingan bankda 2-sonli kartotekaga qo‘yilgan to‘lov topshiriqnomalari, xulosalar reestrlarida ham ushbu hujjatlarni tayyorlagan mas‘ul xodimning ismi sharifi qayd qilib boriladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling