Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
-MAVZU: SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‟yicha ishlarni tashkil qilish.
6-MAVZU: SOLIQ IDORALARIDA SOLIQLAR VA MAJBURIY TO‟LOVLAR HISOBINING YURITILISHI 1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‟yicha ishlarni tashkil qilish. 2. Yuridik shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar hisobini yuritish. 3. Jismoniy shaxslardan undiriladigan soliqlar va boshqa majburiy to‟lovlar hisobini yuritish. 4. Shaxsiy kartochkalarda penya hisoblash va to‟lash tartibi. 5. Soliq to‟lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritilishini nazorat qilish va javobgarlik. 1. Shaxsiy kartochka tushunchasi va uni yuritish bo‟yicha ishlarni tashkil qilish. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutstiyasi 51-moddasi va Soliq Kodeksining 6- moddalariga asosan mamlakatimizda soliqlar va qonun bilan belgilangan boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lash majburiyligi qat‘iy ravishda belgilab qo‘yilgan. Shuningdek soliq to‘lovchilar (yuridik va jismoniy shaxslar) soliq kodeksi 34- moddasida belgilanganidek, o‘zlariga yuklatilgan soliq majburiyatlarini bajarish uchun davlat soliq xizmati organlarida ro‘yxatda turishlari shart. Xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar davlat ro‘yxatidan o‘tgach, jismoniy shaxslar esa uchastka davlat soliq inspektorlari tomonidan ro‘yxatga olingach Davlat soliq inspeksiyasida soliq to‘lovchi sifatida ro‘yxatga turadi va uning zimmasiga qonun hujjatlariga binoan soliq to‘lash majburiyati yuklatiladi. Shu munosabat bilan soliq sub‘ektlari va soliq organlari o‘rtasida huquqiy munosabatlar o‘rnatiladi. 66 Davlat soliq organlariga kelib tushadigan axborotning katta hajmlarda bo‘lishi, ularga qisqa muddatlarda unumli va aniq ishlov berish zarurligini inobatga olib xodimlarning say-arakatidan bevosita soliq xizmati organlarining asosiy funkstional vazifalarini hal etishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanish soliq xizmatlari ishining barcha jarayonlariga joriy etilgan. Bugungi kunda Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalari DSQ raisining 2012 yil 15 sentyabrdagi 350-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ―Davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarini yuritish‖ tartibiga asosan yuritiladi. Mazkur Tartib O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga, Mehnat kodeksiga, Fuqarolik kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‘risida»gi, «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi, «Byudjet tizimi to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning Davlat pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi, «Fuqarolarning jamg‘arib boriladigan Pensiya ta‘minoti to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi Qonunlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarga muvofiq ishlab chiqilgan bo‘lib, davlat soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchilarning shaxsiy kartochkalarida byudjetga, byudjetdan tashqari davlat maqsadli jamg‘armalariga soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning, shuningdek fuqarolarning shaxsiy jamg‘arib boriladigan majburiy pensiya badallari, O‘zbekiston yoshlarining «Kamolot» ijtimoiy harakatini rivojlantirish jamg‘armasiga hamda Davlat soliq qo‘mitasining moddiy yordam, ijtimoiy himoyalash, soliq organlarini rivojlantirish va kutilmagan xarajatlar maxsus jamg‘armasiga to‘lovlarning tezkor hisobini yuritish, soliq organlarining funkstional bo‘linmalari o‘rtasida o‘zaro axborot almashinuvi tartibini belgilaydi. Hududiy davlat soliq inspekstiyalarida soliq to‘lovchilarni hisobga olishni va ularning shaxsiy kartochkalarini elektron ko‘rinishda yuritish ishlari ―Soliq va boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarini hisobga olish, tahlil qilish ma‘lumotlar bazasiga xizmat ko‘rsatish‖ bo‘limi tomonidan yuritiladi. Davlat soliq xizmati 67 organlarida soliq to‘lovchining soliq majburiyatlarini bajarilishiga doir ayrim ma‘lumotlar soliq to‘lovchining shaxsiy kartochkalarida yuritiladi Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling