Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
-MAVZU: SOLIQLARINI UNDIRISH MEXANIZMINIVA UNI
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar. 3. Soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish.
7-MAVZU: SOLIQLARINI UNDIRISH MEXANIZMINIVA UNI TAKOMILLASHTIRISH 1.Soliq qarzlarining vujudga kelish sabablari hamda soliqlarni undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar. 83 2. Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar. 3. Soliqlarni undirish mexanizmini takomillashtirish. 1.Soliq qarzlarining vujudga kelish sabablari hamda soliqlarni undirish yuzasidan amalga oshiriladigan tadbirlar. Soliq qonunchiligiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar, yuridik shaxslar va ularning alohida bo‗linmalari soliq to‗lovchilardir. 18 Ularga quyidagi majburiyatlar yuklatiladi: soliq majburiyatlarini o‗z vaqtida va to‗liq hajmda bajarish; qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritish, moliyaviy va soliq hisobotini tuzish; hududiy Davlat soliq inspeksiyasiga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim etish; soliq tekshiruvlari o‗tkazilayotgan vaqtda hududiy Davlat soliq inspeksiyasiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish, to‗lash bilan bog‗liq hujjatlar hamda ma‘lumotlarni taqdim etish; hududiy Davlat soliq inspeksiyasining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarish, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga to‗sqinlik qilmaslik; soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗g‗ri va o‗z vaqtida hisoblab chiqarish, hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga o‗tkazish, shuningdek qonun hujjatlariga muvofiq boshqa soliqqa oid majburiyatlar. Shuning uchun ham, o‗tilgan "soliqlarni undirishning zarurligi", "soliqlarning o‗z vaqtida undirilishi" va "soliqlarning o‗z vaqtida byudjet ixtiyoriga o‗tkazilishi" bilan bog‗liq bo‗lgan jarayonlarni alohida-alohida emas, balki bir-biri bilan uzviy bog‗liqlikdagi jarayon sifatida qaramoq lozimdir. 18 Tangriqulov A., Xomma A., Toshmatov Sh., Norqo‗ziyev I., Roziqov N. ―Soliq qarzi va uni undirish‖. ―Yangi asr avlodi‖, 2010y. - 8-bet. 84 Shu o‗rinda «O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham bu masalaga alohida e‘tibor berilganligini ham qayd etib o‗tishimiz kerak. Konstitutsiyaning 51-moddasida ―Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yig‗imlarni to‗lashga majburdirlar‖, 19 - deb yozib qo‗yilgan. Soliq kodeksining 6-moddasidagi ―Soliq solishning majburiyligi prinsipi‖da keltirilishicha: ―Har bir shaxs Soliq kodeksida belgilangan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lashi shart‖. 20 Yurtboshimiz Shavkat Miromonovich ta‘kidlaganlaridek, ―Fuqarolarimiz soliqdan qochish emas, uni vaqtida to‗lashdan manfaatdor bo‗lishi zarur‖. 21 Soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning obyektiv zarurligiga tegishli bo‗lgan holatlarni shartli ravishda uch bosqichga bo‗lib o‗rganishning maqsadga muvofiq ekanligini aniqlash uncha murakkab emasdir. Dastlabki yoki birinchi bosqich o‗z ichiga qadimgi dunyo davridan o‗rta asrlarning boshlariga tegishli bo‗lgan davrni o‗z ichiga olib, bu davrlarda soliqlarni byudjetga o‗z vaqtida undirishning obyektiv zarurligi tan olingan bo‗lsa-da, davlatning o‗zi bu vazifani bevosita bajarmagan. Soliqlarni undirish quyi bo‗g‗inning, shahar yoki jamoalarning, ko‗pchilik hollarda esa sotib oluvchilarning yordami tufayli amalga oshirilgan. Bu bosqichda soliqlarning undirilishi ustidan davlat nazorati o‗rnatilmagan. Ikkinchi bosqichda (XVI-XIX asrning boshlarida) mamlakatlarda davlatning moliyaviy tashkilotlari paydo bo‗ladi. Bu davrda davlat soliq undirishga xos bo‗lgan soliqqa tortish kvotasini o‗rnatish, soliqlarning undirilish jarayonini nazorat qilish, uning undirilish chegarasini belgilash kabi funksiyalarni o‗z zimmasiga oladi. Shunday bo‗lishiga qaramasdan, bu ikkinchi bosqichda ham, sotib oluvchilarning soliqlarni undirishdagi roli kattaligicha qolavergandir. 19 O‗zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi 51-moddasi. - T.: O‗zbekiston, 2018 y. 20 O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: ―Adolat‖, 2018. 6-modda. 21 Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. – Toshkent: “O‘zbekiston” NMIU, 2019. – 55 b. 85 Sotib oluvchilarning xizmatidan foydalanishning ma‘nosi shundan iboratki, egri (bilvosita) soliqlar, favquloddagi soliqlar yoki yangidan joriy etilayotgan soliqlarning ayrimlari ularning aniq bo‗lishi bilan bir vaqtning o‗zida savdoga qo‗yilgan. Soliq uchun kim eng yuqori bahoni belgilasa, soliqni undirish huquqi o‗shanga sotilgan. Undan so‗ng esa sotib oluvchi u yoki bu soliqni undirish borasida davlat vakolatiga ega bo‗lgan holda o‗zining yordamchilari bilan birgalikda soliq undirish huquqini sotib olishda ketgan xarajatlarni qoplash va foyda olish maqsadida soliqni undirib olish bilan shug‗ullangan. O‗z mexanizmida juda katta kamchiliklarga ega bo‗lishiga qaramasdan davlat ana shu tartibdan uzoq yillar davomida foydalangan va uning bu tarzda ish tutishining asosiy sabablaridan biri soliqlarning o‗z vaqtida byudjetga tushumini ta‘minlashning obyektiv zarurligi bilan belgilanadi. Soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning ahamiyati quyidagi yo‗nalishlarda namoyon bo‗ladi. Birinchidan, soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlash byudjetdan qilinadigan ijtimoiy-madaniy tadbir xarajatlarini (maorif, sog‗liqni saqlash va sport, fan, madaniyat, ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy ta‘minot va boshqalar) o‗z vaqtida moliyalashtirish imkonini beradi. Ikkinchidan, aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish xarajatlarining o‗z vaqtida byudjetdan moliyalashtirilishi ham byudjetga soliqlarning o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning ahamiyatini ko‗rsatuvchi yana bir omildir. Agar aholini ijtimoiy jihatdan himoya qilish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning asosiy qismi so‗nggi yillarda kam ta‘minlangan va ko‗p bolali oilalarga mo‗ljallanganligi inobatga olinsa, bu narsa soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning naqadar ahamiyatli ekanligini yana bir bor yaqqol ko‗rsatadi. Uchinchidan, bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiyot tarmoqlarining mutanosib rivojlanishini ta‘minlashdan davlatning o‗zi ham manfaatdor bo‗lganligi uchun byudjetdan ham ma‘lum bir xarajatlarning qilinishini taqoza etadi, bu xarajatlarning byudjetdan o‗z vaqtida amalga oshirilishini soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlamasdan amalga ochirich mumkin emas. 86 To‗rtinchidan, yuqorida uchinchi punktda qayd etilgan holat bilan bir vaqtning o‗zida davlat iqtisodiyotning ayrim tarmoqlarini ustuvor rivojlanishini ta‘minlash maqsadida byudjetdan markazlashtirilgan investitsiyalarni moliyalashtirish uchun ham kattagina hajmdagi xarajatlarni amalga oshirishga majburdir, bu muammoni ham soliqlarni byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlamasdan turib bajarib b`olmaydi. Beshinchidan, soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlanmasligi davlat hokimiyati, boshqaruv va sud organlari hamda fuqarolarning o‗z-o‗zini boshqarish organlarini saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning, rezerv fondini shakllantirish bilan bog‗liq bo‗lgan xarajatlarning va byudjetdan qilinadigan boshqa xarajatlarning o‗z vaqtida moliyalashtirilishiga o‗zining salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Bularning barchasi soliqlarning byudjetga o‗z vaqtida tushumini ta‘minlashning ahamiyati naqadar katta ekanligini ko‗rsatib turibdi. Soliqlar va majburiy to‗lovlarning byudjetga o‗z vaqtida va to‗liq tushishini ta‘minlash, soliq va to‗lov intizomini mustahkamlash, xo‗jalik yurituvchi subyektlarning byudjet oldidagi o‗z majburiyatlarini bajarishlari uchun mas‘uliyatini oshirish maqsadida O‗zbekiston Respublikasi Prezidentining ―Byudjet bilan hisob-kitoblar uchun xo‗jalik yurituvchi subyektlarning mas‘uliyatini oshirish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ PF-1504-son farmoni qabul qilindi. Mazkur farmonga muvofiq, Davlat soliq qo‗mitasiga soliqlar va byudjetga to‗lovlar bo‗yicha qarzdorlarni korxonaning mulki hisobidan undirib olish huquqi berildi. Muddatida to‗lanmagan soliqlarni undirish bilan bog‗liq bo‗lgan qonun hujjatlarida asosan soliq organlarining huquqlari, soliq to‗lovchilarning majburiyatlari belgilab berilgan. Qonun hujjatlarida, soliq qarzini majburiy undiruvdagi ahamiyati jihatidan ko‗rib chiqilsa, avvalambor O‗zbekiston Respublikasining 29 avgust 1997 yildagi ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi Qonuniga to‗xtalib o‗tishni taqozo qiladi. 87 Ushbu qonun bilan belgilangan Davlat soliq xizmati organlarining huquqlaridan biri, soliq to‗lovchiga majburiyatini bajarishi zarurligi haqida hamda soliq qarzini majburiy undirish yuzasidan ko‗riladigan choralar to‗g‗risida talabnoma yuborish vakolati hisoblanadi. Soliq qarzini majburiy undiruv bilan bog‗liq bo‗lgan eng asosiy hujjat Soliq kodeksi hisoblanadi. Soliq kodeksida soliq qarzini majburiy undirishning barcha jarayonlari o‗z aksini topgan. Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirish mexanizmi tarkibiy jihatdan (harakatlantiruvchi kuchlari) uch qismdan iboratdir: 1. "Soliq to‗lovchilar", "Soliq agentlari", "Soliq to‗lovchilarning vakillari"; 2. Vakolatli organlar; 3. Normativ-huquqiy hujjatlar. Muddatida to‗lanmagan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirish mexanizmining har bir tarkibiy qismi, o‗z navbatida, bir necha elementlardan iboratdir. Qarzdorlarni tarkibiy qismi sifatida O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 13-moddasiga asosan "Soliq to‗lovchilar", "Soliq agentlari", "Soliq to‗lovchilarning vakillari" kabi elementlardan tashkil topgan. Soliq to‗lovchilar Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyati yuklatilgan jismoniy shaxslar va ularning alohida bo‗linmalaridir. Soliq agentlari tomonidan Soliq kodeksiga muvofiq zammasiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni hisoblab chiqarish soliq to‗lovchidan ushlab qolish hamda byudjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga o‗tkazish majburiyati yuklatilgan shaxslardir. Soliq to‗lovchining vakillari qonunga yoki ta‘sis hujjatiga muvofiq soliq to‗lovchining vakili bo‗lishiga vakolatli shaxslardir. Soliq kodeksda "soliq 88 to‗lovchi" tushunchasining qo‗llanilishi uning "soliq agenti", "soliq to‗lovchining vakili" ma‘nosida ham ishlatilishini nazarda tutadi. 22 Qarzdorlarning tarkibiy qismi sifatida O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi 14-moddasiga asosan "Vakolatli organlar" kabi elementlardan tashkil topgan. Vakolatli organlar quyidagilardir: 1) davlat soliq xizmati organlari - O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar davlat soliq boshqarmalari, shuningdek tumanlar, shaharlar va shahardagi tumanlar davlat soliq inspeksiyalari; 2) bojxona organlari - O‗zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‗mitasi, Davlat bojxona qo‗mitasining Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri bo‗yicha boshqarmalari, bojxona komplekslari va bojxona postlari; 3)moliya organlari - O‗zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Qoraqalpog‗iston Respublikasi Moliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining moliya boshqarmalari, tuman va shahar hokimliklarining moliya bo‗limlari; 4) boshqa majburiy to‗lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlari - O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyatini moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy ta‘minlash Departamenti, Sud departamentining Qoraqalpog‗iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar hududiy boshqarmalari, shuningdek tuman (shahar) sud ijrochilari bo‗limlari. Shuningdek O‗zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Davlat notariuslari. 23 O‗zbekiston Respublikasida amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq xo‗jalik yurituvchi subyekt hisoblangan soliq va yig‗imlarni mudatida byudjetga o‗tkazib bermasa yoki to‗lashdan bo‗yin tovlasa u holda, ushbu xo‗jalik yurituvchi subyekt byudjet oldida soliq qarziga ega bo‗ladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling