Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
Mavzuli ekspress-o„rganish. Mavzuli ekspress-o‗rganish kameral nazorat natijalari bo‗yicha joyiga chiqqan holda soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotning ishonchliligini hamda soliq to‗lovchining hisobotlarida aks ettirilgan soliq va bojxona imtiyozlarini qo‗llashning qonuniyligini tasdiqlash uchun amalga oshiriladi. Soliq to‗lovchi tomonidan davlat soliq xizmati organining kameral nazorat natijalariga doir talabnomasiga javoban taqdim etilgan axborotning ishonchliligini tasdiqlash maqsadida ushbu axborotni o‗rganish zarurligi mavzuli ekspress- o‗rganishni tayinlash uchun asos bo‗ladi. Mavzuli ekspress-o‗rganishlarni tayinlash mezonlari quyidagilardan iborat: soliq va bojxona imtiyozlarini qo‗llashning qonuniyligi; ustav fondida (ustav kapitalida) davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq bo‗lgan xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar tomonidan sof foyda to‗g‗risidagi hisobotlardagi hamda dividendlarni hisoblashdagi, shuningdek davlat unitar korxonalari tomonidan sof foydani hamda sof foydaning 30 foizi miqdorida O‗zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga ajratmalarni aniqlashdagi davlat soliq 116 xizmati organlaridagi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektning faoliyati to‗g‗risidagi boshqa mavjud ma‘lumotlar bilan tafovutlar; olingan va realizatsiya qilingan tovar-moddiy qimmatliklar, bajarilgan ishlarning va ko‗rsatilgan xizmatlar hajmlarining, nomenklaturasining (assortimentining) va summalarining kameral nazorat natijasida soliq to‗lovchining bank hisobvaraqlari bo‗yicha pul mablag‗lari harakati tahlili chog‗ida aniqlangan nomutanosibligi; soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga muvofiq zimmasiga axborot taqdim etish majburiyati yuklatilgan organlar va tashkilotlardan davlat soliq xizmati organlariga kelib tushgan axborot bo‗yicha aniqlangan tafovutlar hamda chetga chiqishlar; valyuta to‗g‗risidagi qonun hujjatlari sohasida aniqlangan qoidabuzarliklar, shu jumladan tashqi savdo kontraktlari bo‗yicha import va eksport qilinayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) narxlarining oshirib yuborilishi va kamaytirilishi. Mavzuli ekspress-o‗rganish faqat kameral nazorat amalga oshirilgan soliq davri uchun amalga oshirilishi lozim. Mavzuli ekspress-o‗rganishni amalga oshirish muddati yetti kalendar kundan ortiq bo‗lmasligi kerak. Zarur hollarda (foydali qazilmalarni kavlab olish hajmini aniqlashda, nazorat o‗lchovlari va hokazoda) mavzuli ekspress-o‗rganishda ishtirok etish uchun o‗rganish natijasidan manfaatdor bo‗lmagan ekspertlar, mutaxassislar va tarjimonlar jalb etilishi mumkin. Hududlarni, ishlab chiqarish, omborxona, savdo binolarini va boshqa binolarni, shu jumladan soliq to‗lovchi tomonidan daromad olish uchun foydalanilayotgan yoki soliq solish ob‘ektlarini saqlash bilan bog‗liq bo‗lgan joylarni ko‗zdan kechirish soliq to‗lovchining soliq xizmati organining talabnomasiga javoban taqdim etgan hujjatlarida aks ettirilgan ish o‗rinlari sonini, tovar-moddiy qimmatliklarning, asosiy vositalarning yoki boshqa mol-mulkning mavjudligini tasdiqlash maqsadida o‗tkaziladi. Zarur hollarda, ko‗zdan kechirish chog‗ida foto- va videotasvirga olish amalga oshirilishi mumkin. Soliq to‗lovchi tomonidan mavzuli ekspress-o‗rganishga taalluqli hujjatlar 117 taqdim etilmagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi tomonidan bu to‗g‗risida dalolatnoma tuziladi. Dalolatnoma ilgari soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etilgan axborotni ishonchli emas deb topish uchun asos bo‗ladi. Mavzuli ekspress-o‗rganish natijalari bo‗yicha qoidabuzarliklar mavjud bo‗lgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlarining tegishli normasiga havola qilgan holda, soliq to‗lovchining tushuntirishlarini inobatga olib, aniqlangan qoidabuzarliklar batafsil bayon qilingan ma‘lumotnomani tuzadi. Mavzuli ekspress-o‗rganish ma‘lumotnomasiga quyidagilar ilova qilinishi kerak: o‗rganishni tayinlash uchun asos bo‗lgan mezon ko‗rsatilgan hujjatlarning nusxalari; o‗rganishni o‗tkazish davomida olingan hujjatlarning nusxalari, shuningdek o‗rganish doirasidagi harakatlar bajarilganligini tasdiqlovchi boshqa hujjatlar. Soliq to‗lovchiga o‗rganish ma‘lumotnomasi taqdim etilgan kun yoki ma‘lumotnomani soliq to‗lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilgan sana mavzuli ekspress-o‗rganish tugallangan kun deb hisoblanadi. Mavzuli ekspress-o‗rganish davomida soliq to‗lovchilar o‗rganish tugaguniga qadar soliqqa oid huquqbuzarlikni mustaqil ravishda bartaraf etishga haqlidir. Mavzuli ekspress-o‗rganish natijalari kameral nazorat materiallariga ilova qilinadi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling