Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq nazoratining shakllari va ularni amalga oshirish tartibi
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2.Soliq nazoratining shakllari va ularni amalga oshirish tartibi.
Soliq nazorati quyidagi shakllarda amalga oshiriladi: soliq to‗lovchilarni hisobga olish; 110 soliq solish ob‘ektlarini va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlarni hisobga olish; budjetga va davlat maqsadli jamg‗armalariga tushumlarni hisobga olish; kameral nazorat; xronometraj ko‗zdan kechirish; xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi sonining va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring; soliq tekshiruvlari; mavzuli ekspress-o‗rganish; fiskal xotirali nazorat-kassa mashinalarini qo‗llash; aksiz to‗lanadigan ayrim turdagi tovarlarni markalash, shuningdek ayrim korxonalarda moliya inspektori lavozimini joriy etish; davlat daromadiga qaratilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan olingan pul mablag‗lari davlat daromadiga o‗z vaqtida va to‗liq tushishini nazorat qilish; boshqa majburiy to‗lovlarni undirish vazifasini amalga oshiruvchi davlat organlari va tashkilotlar ustidan nazorat qilish; soliq monitoringi. Bojxona organlari tovarlarni O‗zbekiston Respublikasining bojxona chegarasidan olib o‗tilishi munosabati bilan to‗lanishi lozim bo‗lgan soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirish bo‗yicha soliq nazoratini o‗z vakolatlari doirasida amalga oshiradi. Soliq nazoratini amalga oshirishda xronometraj ko‗zdan kechirishdan foydalaniladi. 2019 yil 1 yanvardan soliq qonunchiligiga kiritilgan o‗zgarishlarga asosan xronometraj ko‗chdan kechirish joriy etildi. Xronometraj ko‗zdan kechirish — xronometraj o‗tkaziladigan davrda tushumlarning haqiqiy hajmlarini, pul tushumi summalarini, ishlab chiqarish hajmlarini, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini aniqlash maqsadida amalga oshiriladigan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) haqiqiy 111 realizatsiya hajmlarini aniqlashga doir soliq nazoratining shakli hisoblanadi. Pul tushumini, ishlab chiqarish hajmlarini va tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish hajmlarini xronometraj ko‗zdan kechirish tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qiluvchi soliq to‗lovchilarda, bevosita tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilish joyida, mahsulot ishlab chiqarish sexlarida, shuningdek ishlarni bajarish va xizmatlar ko‗rsatish joylarida hamda soliq to‗lovchi daromadlar olish uchun foydalanayotgan yoxud soliq solish ob‘ektlarini saqlash bilan bog‗liq boshqa joylarda davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan o‗tkaziladi. Xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish muddati yetti kalendar kundan ortiq bo‗lmasligi kerak. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish to‗g‗risidagi buyruq soliq solish ob‘ektlarini va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlarni hisobga olish jarayonida soliq to‗lovchi tomonidan realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) hamda soliq solish ob‘ektlarining haqiqiy hajmlari kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar aniqlangan taqdirda davlat soliq xizmati organining rahbari yoki rahbar o‗rinbosari tomonidan qabul qilinadi. Davlat soliq xizmati organining realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish to‗g‗risidagi buyrug‗ida xronometraj o‗tkaziladigan soliq to‗lovchi, uning identifikatsiya raqami, xronometrajni o‗tkazish joyi va muddati, davlat soliq xizmati organining xronometrajni o‗tkazadigan mansabdor shaxslari majburiy tartibda ko‗rsatiladi. Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirish ishlab chiqarish, realizatsiya qilish hajmlarini hamda pul mablag‗lari tushumini kuzatish va qayd etish orqali o‗tkaziladi. Bunda xronometrajni o‗tkazishga boshqa shaxslarni, shu jumladan ekspertlarni jalb etishga yo‗l qo‗yilmaydi. 112 Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirishni amalga oshirish jarayonida soliq to‗lovchidan hisobga olish hujjatlarini talab qilishga, soliq to‗lovchiga nisbatan talablar qo‗yishga yoki soliq to‗lovchining faoliyatiga boshqacha tarzda aralashishga yo‗l qo‗yilmaydi, bundan soliq to‗lovchidan hamda rahbarlik vazifalarini yoki buxgalteriya hisobi va moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshiruvchi shaxslardan, soliq to‗lovchining boshqa moddiy javobgar xodimlaridan tushuntirishlar olish, shuningdek nazorat-kassa mashinalarida va to‗lov terminallarida saqlanayotgan xronometrajni o‗tkazish davriga doir ma‘lumotlarni olish mustasno. Davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxslari tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishning haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirish natijalari bo‗yicha ikki nusxadan kam bo‗lmagan miqdorda ma‘lumotnoma tuzadi. Ma‘lumotnomaning bir nusxasi soliq to‗lovchiga topshiriladi. Soliq to‗lovchi ma‘lumotnomani olishdan bo‗yin tovlagan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda ma‘lumotnomaga tegishli yozuvni kiritadi va ma‘lumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan soliq to‗lovchiga jo‗natiladi hamda u jo‗natilgandan keyin uch kun o‗tgach topshirilgan hisoblanadi yoxud soliq to‗lovchining shaxsiy kabinetiga elektron tarzda jo‗natiladi. Realizatsiya qilingan tovarlarning (ishlarning, xizmatlarning) haqiqiy hajmlarini aniqlash bo‗yicha xronometraj ko‗zdan kechirish natijalaridan soliq solish ob‘ektlari va soliq solish bilan bog‗liq ob‘ektlar to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bazalarini shakllantirish va yuritish, shu jumladan elektron shaklda shakllantirish va yuritish, shuningdek taqdim etiladigan hisobotlarning va hisoblab chiqarilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to‗lovlarning summalari ishonchliligini solishtirib ko‗rish uchun foydalaniladi. Davlat soliq xizmati organlari soliq to‗lovchi faoliyatining xususiyatlari va mavsumiy omillarni hisobga olgan holda soliq to‗lovchi tomonidan taqdim etilgan xronometraj ko‗zdan kechirish o‗tkazilgan davrga oid soliq hisobotida aks 113 ettirilgan, tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushum to‗g‗risidagi ma‘lumotlarni tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan xronometraj jarayonida olingan tushum to‗g‗risidagi ma‘lumotlar bilan solishtirishni amalga oshiradi. Agar xronometraj ko‗zdan kechirish o‗tkazilgan davrga oid taqdim etilgan soliq hisobotida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi alomatlari aniqlansa, davlat soliq xizmati organlari Soliq Kodeksining 70-moddasiga asosan soliq to‗lovchiga talabnoma yuboradi. Soliq to‗lovchida tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumning kamaytirilganligi takroran aniqlangan taqdirda, bu harakatlar soliqlarni to‗lashdan bo‗yin tovlaganlik sifatida tasniflanadi. Tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan tushumni xronometraj ko‗zdan kechirishni o‗tkazish hamda kamaytirilgan tushum summasidan soliqlarni hisoblab chiqish tartibi tadbirkorlik sub‘ektlari faoliyatini tekshirishlarni muvofiqlashtirish bo‗yicha vakolatli organ bilan kelishilgan holda O‗zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‗mitasi tomonidan belgilanadi. Soliq nazoratining yana bir turi bu-xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringidir. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlarning soliq solinadigan bazani aniqlashtirish maqsadida xodimlarning hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligini aniqlash uchun amalga oshiriladi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring davlat soliq xizmati organlarining mansabdor shaxslari tomonidan joylarga chiqqan holda, soliq to‗lovchi foydalanadigan ob‘ektlarda va hududlarda soliq to‗lovchining mansabdor shaxslari yoki ularning vakillari ishtirokida, mavjud xodimlarning sonini birma-bir sanab chiqish hamda ma‘lumotnoma bilan rasmiylashtirish orqali amalga oshiriladi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy 114 sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish uchun quyidagilar asos bo‗ladi: davlat soliq xizmati organlari tomonidan o‗tkazilgan kameral nazorat natijalariga ko‗ra, davlat soliq xizmati organlariga soliq to‗lovchilar tomonidan taqdim etilgan hisobotlarda ish haqi fondi, shuningdek xodimlar soni kamaytirilganligini taxmin qilish imkonini beradigan tafovutlar yoki nomutanosibliklar mavjudligi; jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari; vazirliklar va idoralarning davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladigan soliq ma‘lumotlarida va hisobotlarida ko‗rsatilgan xodimlar soni o‗rtasida farqlarning mavjudligi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan amalga oshiriladigan monitoring to‗g‗risidagi ma‘lumotlar tekshirishlarni ro‗yxatga olish kitobiga kiritilmaydi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish to‗g‗risidagi buyruq davlat soliq xizmati organlarining rahbari yoki rahbar o‗rinbosari tomonidan qabul qilinadi. Buyruqda monitoring amalga oshiriladigan sub‘ekt, faoliyatning asosiy turi, joyi va muddatlari, monitoringni amalga oshirish uchun asos bo‗lgan farq yoki nomuvofiqliklar, shuningdek davlat soliq xizmati organlarining monitoringni amalga oshiruvchi xodimlari ko‗rsatiladi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshiruvchi xodimlar tomonidan soliq to‗lovchidan boshqa axborot yoki tushuntirishlar talab qilishga yoxud uning moliya-xo‗jalik faoliyatiga boshqacha shaklda aralashishga yo‗l qo‗yilmaydi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring natijalari bo‗yicha u amalga oshirilgan kuni davlat soliq xizmati organining mas‘ul xodimi tomonidan ma‘lumotnoma tuziladi. Ma‘lumotnoma soliq to‗lovchining mansabdor shaxsi yoki monitoring 115 jarayonida bevosita ishtirok etgan vakili ishtirokida tuziladi va bir nusxasi ularga topshiriladi. Soliq to‗lovchi xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoring natijalari bo‗yicha tuzilgan ma‘lumotnomani olishni yoki ma‘lumotnoma bilan tanishishni rad etgan taqdirda, davlat soliq xizmati organining mansabdor shaxsi bu haqda mazkur ma‘lumotnomaga tegishli yozuv kiritadi. Bunda ma‘lumotnomaning bir nusxasi pochta orqali buyurtma xat bilan yuboriladi. Monitoring natijalaridan faqat xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligini amalga oshirishda, shuningdek soliq solinadigan bazani aniqlashda foydalaniladi. Xo‗jalik yurituvchi sub‘ektlar xodimlarining hisobotdagi va haqiqiy sonining muvofiqligi yuzasidan monitoringni amalga oshirish tartibi O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling