Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
2. Soliqlarini undirish yuzasidan amalga oshiriladigan ishlar.
Soliqlarning to‗g‗ri hisoblanishi va to‗liq undirilishi xo‗jalik yurituvchi subyektlarga qulay shart-sharoit yaratish hamda ular manfaatini qonuniy himoyalash uchun ham xizmat qiladi. Mustaqillik yillarida O‗zbekiston davlat soliq tizimi tez sur‘atlarda rivojlanib, har qanday rivojlangan mamlakat soliq tizimi bilan raqobatlasha oladigan darajaga erishdi. Xarajatlarni qisqartirish maqsadida davlat soliq xizmati organlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanib, soliq qarzini elektron inkasso topshiriqnomalari orqali undirilmoqda. Ushbu tartibni soliq undirish amaliyotiga joriy etish, albatta, davlat manfaatlariga mos keldi. Chunki amaldagi soliq qarzini undirish tartibi uchun sarflanadigan qog‗oz va boshqa yordamchi materiallar sarf-xarajatlari ancha qimmatga tushmoqda edi. 2011- yilning yanvar oyidan boshlab soliq qarzini undirishning elektron inkasso topshiriqnomalari tizimi joriy etildi. Soliq qarzini undirishning elektron inkasso topshiriqnomalari tizimining joriy etilishi quyidagi afzalliklarga ega: — xodimning vaqtini tejaydi; —qarzdor korxona hisobraqamiga avtomatik ravishda inkasso topshiriqnomasi o‗z vaqtida qo‗yilishini ta‘minlaydi; — soliq qarzi undirilishini tezlashtiradi; —soliq undirish xarajatini kamaytiradi (qog‗oz, bo‗yoqlar, printerlar va boshqa xarajatlarni qisqartirish evaziga); — byudjetga tushumlarning o‗z vaqtida tushishini ta‘minlaydi; — soliq nazorati samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash bo‗yicha bajarilmagan majburiyatlari bo‗lgan soliq to‗lovchi o‗zining bank hisobvarag‗ida pul mablag‗lari mavjud bo‗lishidan qat‘i nazar, soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni amaldagi Soliq kodeksda belgilangan to‗lash muddatidan 101 kechiktirmay ularni xizmat ko‗rsatayotgan bankka to‗lash uchun to‗lov topshiriqnomasini taqdim etishi shart 33 . Agar soliq to‗lovchilar byudjet oldidagi majburiyatlarini belgilangan vaqtda va to‗liq hajmda bajarmagam taqdirda: yuridik shaxslar, shuningdek, tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‗yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun – soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash muddati tugaganidan keyin uch ish kunidan kechiktirmasdan davlat soliq xizmati organi tomonidan ularga soliq qarzini to‗lash to‗g‗risidagi talabnoma yuboriladi. Jismoniy shaxslar uchun, bundan tadbirkorlik faoliyatiga doir qism bo‗yicha yakka tartibdagi tadbirkorlar mustasno, - soliq majburiyatlarini bajarish muddatlari tugaganidan keyin davlat soliq xizmati organining jismoniy shaxsdan soliq qarzini undirish to‗g‗risidagi ariza bilan sudga murojaat qilinadi, bundan soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‗lgan hollar mustasno. Bunda soliq qarzining summasi undiruvni mol- mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdordan oz bo‗lgan, biroq to‗lash muddati tugaganidan keyin bir yil ichida to‗lanmagan taqdirda ham soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash majburiyatlarining bajarilishini ta‘minlash choralari qo‗llaniladi. Yuqorida keltirib o‗tilgan soliq qarzining summasi undiruvni mol-mulkka qaratish uchun qonun hujjatlarida belgilangan eng kam miqdor 2019 yil uchun 2018 yil 26 dekabrdagi ―O‗zbekiston Respublikasining 2019 yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‗rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari hamda 2020-2021 yillarga byudjet mo‗ljallari to‗g‗risida» gi PQ-4086 sonli Qaroriga muvofiq quyidagicha belgilangan: 33 O‗zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi.Rasmiy nashr – O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi. - T.: ―Adolat‖, 2018. 59-modda. 102 Soliq to‗lovchilar Eng kam miqdor (so‗mda) O‗zbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni to‗lash yuklatilgan yuridik shaxslar va ularning alohida tuzilmalari 4 054 600 Jismoniy shaxslar 1 013 700 Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling