Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
-BO`LIM. “SOLIQ MAMURCHILIGINING AHAMIYATINI
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Soliq nazorati va uning ahamiyati
3-BO`LIM. “SOLIQ MAMURCHILIGINING AHAMIYATINI OSHIRISHDA SOLIQ NAZORATINI ROLI” 8-MAVZU: SOLIQ ORGANLARI NAZORAT FAOLIYATINI TASHKIL QILISHNINIG SHAKLLARI VA ZAMONAVIY USULLARI 1. Soliq nazorati va uning ahamiyati. 2.Soliq nazoratining shakllari va ularni amalga oshirish tartibi. 1. Soliq nazorati va uning ahamiyati Respublikamizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlar iqtisodiy-ijtimoiy sohalarda tub o‗zgarishlarni yuzaga keltirdi. Bu islohotlar orasida moliya-kredit tizimini isloh qilish alohida o‗rin egallaydi.Chunki jamiyatning barcha sohalari faoliyati pulli munosabatlar bilan bevosita bog‗liqdir, vaholanki, pulli munosabatlami samarali ishlash mexanizmi, o‗z navbatida, boshqa sohalarga bevosita ta‘sir etadiki, bu moliya-kredit tizimining jamiyat iqtisodiy tizimidagi o‗rni naqadar yuqori ekanligini ko‗rsatadi. Soliqlar davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatini amalga oshirishning asosiy manbai hisoblanadi. Demak, davlat budjeti daromadlarini tashkil qiluvchi soliqlarning to‗liq va o‗z vaqtida undirilishini ta‘minlash muhim ahamiyat kasb etadi. Shuning uchun barcha davlatlar qatori mamlakatimizda ham soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlami to‗liq, to‗g‗ri va o‗z vaqtida budjetga undirilishini nazorat qilish tizimi yaratilgan. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‗lovchilarning moliyaviy xo‗jalik faoliyatini soliq qonunchiligiga rioya etish nuqtai nazaridan nazorat qilishning huquqiy, uslubiy va tashkiliy asoslarini o‗rganadi. Ma‘lumki, soliq 107 to‗lovchilar davlat budjetiga to‗laydigan soliqlarini mustaqil ravishda hisoblab, belgilangan muddatda va miqdorda amalga oshirishlari lozim. Davlat soliq to‗lovchilarga soliqlarning fiskal majburiyatidan kelib chiqqan holda shunday qat‘iy talabni qonun normalari asosida belgilab qo'ygan. Soliq nazorati qanchalik qat‘iy bo‗lsa va tekshiruvlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‗yicha chora ko‗rish muqarrarligi to'liq ta‘minlansa, davlat budjeti manfaatlari har tomonlama muhofaza qilingan va budjet daromadlarining shakllanishi kafolatlangan bo‗ladi. Shu nuqtai nazardan soliq organlari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat ishlarining huquqiy masalalari, nazoratni tashkil qilishning uslubiy yo‗nalishlari, nazorat natijalarini rasmiylashtirish va soliq qonunchiligiga rioya etishda qonunbuzarlikka yo‗l qo‗ygan soliq to‗lovchilarga chora ko‗rish tartiblarini belgilaydi. Soliq nazoratini to‗g‗ri ta‘minlash davlat va mahalliy budjetning daromad qismi to‗ldirilishining muhimligini belgilaydi. Bundan tashqari, soliq nazorati obyektlarining ko‗pligi sababli ham uning muhim ekanligini belgilovchi omillardandir. Shu sababli ham soliqlar va boshqa majburiy to‗lovlarni undirishda butun dunyoda soliq nazorati amaliyoti muhim o‗rin egallaydi. Chunki ushbu nazorat orqali budjetga soliq to‗lovchilar tomonidan qasddan yoki yanglishishlar natijasida soliqdan yashirilgan to‗lovlar aniqlanib, ijtimoiy adolat va huquqbuzarlik uchun jazoning muqarrarlik tamoyillari ta‘minlanadi. Soliq nazoratiga O‗zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‗g‗risida»gi Qonun 2-moddasida «Soliq nazorati - soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishning, shuningdek soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini nazorat qilishning yagona tizimidan iborat» 37 deb ta‘rif berilgan. Soliq nazorati moliyaviy-xo‗jalik nazorati turiga kiradi. Ushbu nazorat turi davlat moliyaviy nazorati bilan xususiy va umumiy jihatdan yaqindir. Lekin soliq nazorati o‗zining obyekti, mazmuni, usul va uslubi, nazorat qiladigan shaxslar va idoralar turiga qarab davlat moliyaviy nazoratidan farq qiladi. Bundan tashqari, 37 O‗zbekiston Respublikasining ―Davlat soliq xizmati to‗g‗risida‖gi № 474-I son Qonuni 29.08.1997 y. 108 soliq nazorati davlat budjeti daromad qismini to‗ldirish bilan bog‗liq maxsus vazifani nazorat qilishi bilan ham boshqa nazoratlardan farq qiladi. Soliq nazorati - soliqqa tortiladigan subyektlar va obyektlarni hisobga olishning, soliq to‗g‗risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini, soliqlarning O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya va Respublika yo‗l jamg‗armalariga majburiy to‗lovlarning to‗g‗ri hisoblab chiqarilishi, to‗liq va o‗z vaqtida to‗lanishini nazorat qilish hisoblanadi. Soliq nazoratining obyekti - soliq va yig‗imlami undirish hamda ushbu majburiyatlami bajarmagan soliq to‗lovchilami javobgarlikka tortish bilan bog'liq munosabatlar majmuidir. Soliq nazoratining subyektlari - Davlat soliq xizmati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi soliqqa oid jinoyatlarga qarshi kurashish Departamenti organlari va mulkdorlar tomonidan yollangan auditorlik xizmati vakillari bo‗lishi mumkin. Soliq nazoratini olib borishdan ko‗zlangan asosiy maqsad, soliqqa tortishni takomillashgan tizimini tashkil etish, soliq to‗lovchilar, banklar va boshqa soliqqa oid munosabatlar qatnashuvchilari o‗rtasida soliq qonunchiligini buzishga yo‗l qo‗ymaydigan soliq intizomini yaratishdir. Bundan tashqari, davlat soliq nazoratining alohida vazifalari ham mavjud boiib, bundan ko‗zlangan maqsad soliqqa oid munosabatlaming alohida sohalarini tartibga solish hisoblanadi. Masalan, naqd pul sohasidagi qonunchilik normalariga amal qilish va savdo-sotiq, valyuta qonunchiligini tartibga solish kabi vazifalardir. Soliq nazoratining vazifalari quyidagilardan iborat: -soliq va yig‗imlami to‗liq va to‗g‗ri hisoblanishi hamda budjet (budjetdan tashqari fondlarga) o‗z muddatlarida to‗lanishini ta‘minlash; -soliq va yig'imlar to‗g‗risidagi qonunlami buzuvchilarga jazoning muqarrarligini ta‘minlash; -soliq qonunchiligi buzilishini oldini olish, soliq to‗lovchilarni soliq va yig‗imlar bo‗yicha o‗z majburiyatlarini bajarmaganligi yoki to‗liq bajarmaganligi natijasida davlatga yetqazilgan zararni undirish; 109 -soliqqa tortish metodologiyasi va qonunchiligini takomillashtirishga oid takliflar ishlab chiqish. Nazoratni amalga oshirishda uning mazmunini aniqlab olish ham muhim masalalardan hisoblanadi. Shu tufayli soliq nazorati mazmuni sifatida: -yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi qonunlar bajarilishini tekshirish; -soliq organlarida hisobda turish va bu bilan bog‗liq majburiyatlarni tekshirish; -buxgalteriya hisobini to‗g‗ri yuritish, soliq hisobotlarini to‗g‗ri va belgilangan muddatlarda taqdim etish, ulardagi ma‘lumotlaming asosliligini tekshirish; -soliq to‗lovchilaming soliq qonunchiligiga oid protsessual qonun normalari talablariga rioya etilishini tekshirish; -banklarning soliq qonunchiligi ijrosi bo‗yicha majburiyatlarini bajarilishini tekshirish; -naqd pul muomalasiga oid qonunchilik normalariga rioya etilishini tekshirish; -soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi qonunlar buzilishini oldini olish; -yashirin soliq obyektlarini aniqlash; -soliq qonunchiligini buzuvchilarni aniqlash va ularni javobgarlikka tortish; -soliq to‗lovchilar tomonidan soliq va yig‗imlar to‗g‗risidagi majburiyatlarini bajarmaslik yoki yetarli darajada bajarmaslik oqibatida davlatga yetkazilgan zarami undirish kabilardir. Soliq nazoratining usuli - bu nazoratni amalga oshirishning aniq harakat uslubidir. Rivojlangan mamlakatlarda soliq nazoratini tashkil etishda turli usullardan foydalaniladi. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling