Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‟murchiligining
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
3.Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‟murchiligining
huquqiy asoslari. Har qanday tizimning (sohaning) mukammal faoliyat yuritishi, ushbu tizimni tartibga solib turuvchi huquqiy asoslarning mukammal, bekamu-ko‘st, puxta va pishiq ishlab chiqilganligiga bog‗liq bo‘ladi. Shunday ekan, soliq ma‘murchiligining samarali faoliyat yuritishi ham ko‘p jihatdan uni huquqiy bazasining mustahkamligi bilan ifodalanadi va unga soliq qonunchiligi orqali shakl beriladi. Soliq ma‘murchiligining hukuqiy asoslari deganda, soliqqa oid munosabatlarni huquqiy tartibga solishga xizmat qiluvchi, davlat idoralari tomonidai qabul qilingan, hamma uchun majburiy bajarilishi lozimligi belgilangan, davlatning zo‘rlik kuchi bilan ta‘minlangan qonuniylik hujjatlari tushuniladi. O‘zbekiston Respublikasi soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslarini ikki guruhga: qonunlar va qonun ostidagi meyoriy hujjatlari guruhlariga bo‘linadi. Soliq munosabatlarini tartibga solishda qonun me‘yorlari yetakchi va belgilovchi ahamiyatga ega, chunki soliqlarni joriy etish, to‘lashga oid masalalar qonunlar bilan belgilanadi va quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1.O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi barcha huquq sohalari ushun, shu jumladan soliq huquqi fani uchun ham bosh yuridik manba bo‘lib hisoblanadi. Jumladan, Konstitutsiyaning 51- moddasida «Fuqarolar qonun bilan belgilangan soliqlar va mahalliy yigimlarni to‘lashga majburdirlar» deyiladi va shu bilan soliq munosabatlari jamiyatdagi etakchi munosabatlardan ekanligi e‘lon qilinadi. 2.O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi. O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslarining ikkinchi eng muhim manbai hisoblanadi va soliq munosabatlarini tartibga solib borish aynan ushbu qonun hujati orqali amalga oshiriladi. 23 3.O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‗risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining «Davlat soliq xizmati to‘g‗risida»gi Qonuni mamlakatimizda soliq to‘g‗risidagi vonun hujjatlarining to‘g‗ri amal qilishini ta‘minlovchi va nazorat qiluvchi organ hisoblangan davlat soliq xizmati organlari faoliyatini tartibga solib boradi. 4.O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari to‘g‗risida»gi Qonuni. O‘zbekiston Respublikasining «Mahalliy davlat hokimiyat organlari to‘g‗risida»gi Qonuniga ko‘ra (6-modda) mahalliy davlat hokimiyati idoralari xalq deputatlari, viloyat, shahar, tuman kengashlari, viloyat, tuman, shahar hokimlari) o‘z vakolatlari doirasida qaror va farmoyishlar chiqarishlari mumkin va ushbu hujjatlar ham soliq ma‘murchiligi manbai sanaladi. Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati organlarining soliq va soliqqa tortishga doir qaror va farmoyishlari ham joylarda soliq munosabatlarini amaliyotda qo‘llashda muhim asoslar hisoblanadi. Soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslari sanaluvchi qonun ostidagi meyoriy hujjatlar quyidagilarni o‘z ichiga oladi: 1.O‘zbekiston Rsspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari. O‘zbekiston Rsspublikasi Prezidenti va hukumatining Farmon va qarorlari ham, soliq ma‘murchiligining huquqiy manbalari orasida muhim o‘rin tutadi. Farmon va qarorlar bilan me‘yorlar O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi sessiyasida muhokama etilib, tasdiqlangach qonun kuchiga ega bo‘ladi. Mazkur hujjatlar vositasida soliqqa oid muhim qoidalar, imtiyozlar, cheklashlar muayyan huquqiy rejim joriy etiladi va bekor qilinadi. 2.O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazigan meyoriy hujjatlar. O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Respublika Markaziy bankining qarorlari bilan tasdiqlanib, Adliya vazirligida ro‘yxatdan o‘tkazigan meyoriy hujjatlari ham soliq munosabatlarini amaliyotda qo‘llashda, soliq ma‘murchiligining huquqiy asoslarida salmoqli o‘rin tutadi. 24 3.O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi plenumi qarorlari. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo‘jalik sudi tomonidan soliqqa oid ishlarni ko‘rish yuzasidan sud amaliyotini umumlashtirish asosida soliq qonunlarini qo‘llash bo‘yicha qarorlari ham soliq ma‘murchiligini huquqiy asoslari bo‘ladi. Shuni ta‘kidlash joizki, soliq ma‘murchiligini yuqorida sanab o‘tilgan huquqiy hujjatlar bilan bir qatorda soliq munosabatlarida O‘zbekiston Respublikasining xorijiy mamakatlar va norezidentlar bilan amaga oshirilganda xalqaro normalar ham qo‘llaniladi. Biz yuqorida soliq ma‘murchiligining boshqaruv tizimi xususida fikr yuritganimizda, boshqaruv sub‘ektlari deyilganda, tegishli huquq va majburiyatlarga ega bo‘lgan tashkiliy-huquqiy asosda tashkil etilgan ma‘muriy organlar tushunilishini ta‘kidladik. Soliq munosabatlarini boshqarish tizimida soliq ma‘murchiligi boshqaruv tizimi sub‘ektlarining huquqiy asoslarini quyidagilar tashkil etadi: O‘zbekiston Respublikasining 1997 yil 29 avgustdagi ―Davlat soliq xizmati to‘g‗risida‖gi Qonuni; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini takomillashtirish to‘g‗risida‖gi 2000 yil 13 martdagi 87-sonli qarori; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining ―Davlat soliq organlari faoliyatini hukukiy tartibga solinishini takomillashtirish to‘g‗risida‖gi 2000 yil 5 maydagi 180-sonli qarori bilan tasdiqlangan; ―O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi to‘g‗risida‖gi Nizom. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― soliq mam‘muriyatchiligini tubdan takomillashtirish,soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning yig‘iluvchanligini oshirish chora tadbirlari to‘g‘risida‖ gi 2017 yil 18 iyuldagi 5116-farmoni. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida‖gi 2018 yil 29 iyundagi 5468- farmoni. 25 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ― Asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlar va budjet parametrlari to‘g‘risida‖gi 2018 yil 28 dekabrdagi 4086-qarori. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling