Учебное пособие для вузов. Т.: Тфи, 2019. с. A. S. Djuraev- doctor of Economics, Professor of the Department of «Taxes and Taxation»
Soliq tizimida soliq ma‟murchiligini takomillashtirish tamoyillarining
Download 4.14 Mb. Pdf ko'rish
|
SOLIQ MA‟MURCHILIGI OQUV QOLLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq ma‟murchiligi
2. Soliq tizimida soliq ma‟murchiligini takomillashtirish tamoyillarining
ustuvorligi. Bugungi kunda Respublikamizda soliq siyosatini erkinlashtirish, soliq tizimini isloh qilishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu uning tashkiliy tuzilishini ya‘ni soliq ma‘murchiligini soddalashtirish va takomillashtirishdan iborat. Soliq ma‘murchiligining mohiyati, vazifalari, qoidalari, soliq solish stavkalari va soliqqa tortiladigan ob‘ektlarning hozirgi talqini soliq tizimi shakllanishining O‘zbekiston xususiyatlariga xos bo‘lgan hamda erkin bozor munosabatlariga o‘tish davrida bajariladigan o‘ziga xos vazifalar bilan bog‘liq dolzarb masalalar echimiga yo‘naltirilgan. Sababi soliq ma‘murchiligida mamlakatimizning iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy manfaatlari mujassamlashadi. Xorij andozalariga ko‘ra soliq organlari tizimi ikki elementdan tarkib topgan: - soliq ma‘murchiligi tizimi; - soliq organlarini tashkil qilish tizimi. Soliq ma‘murchiligi atamasi soliq xizmati tizimida keng tarqalmaganligi uchun unga shu o‘rinda ta‘rif berib o‘tishimiz maqsadga muvofiq bo‘ladi. ―Soliq ma‟murchiligi‖ - soliq organlari umumiy faoliyatini tashkil etish va boshqaruv tizimi bo‘lib, u soliq organlarida qonun tomonidan ko‘zda tutilgan funksiyalarni bajarilishini ta‘minlaydi. Soliq ma‘murchiligi tushunchasi tarkibiga quyidagilar kiradi: - davlat byudjetiga soliq to‘lovlarini tushishini ta‘minlash buyicha rejalashtirish; - soliq munosabatlarining tashkiliy shakl va metodlari asosida boshqaruv tizimi; - soliq nazorati tadbirlari. 20 Soliq munosabatlarining zamonaviy samarali boshqaruv tizimini ta‘minlashimiz uchun soliq ma‘murchiligining quyidagi funksiyaviy xususiyatlari takomillashtirilishi zarur bo‘ladi. Birinchidan, - soliq ma‘murchiligi davlat byudjetining daromad qismini shakllantirishda soliq tushumlarini rejalashtirish funksiyasini bajaradi va soliqlarning mezon kriteriy ko‘rsatgichlari buyicha rejalashtiriladi. Bunda asosan: - mamlakatimiz iqtisodiyotining o‘sish sur‘atlarini inobatga olingan holda soliq tushumlari, ularning tarkibiy turlari buyicha bashoratlashtiriladi; - davlat byudjetining soliqli daromadlari aniqlanadi; - byudjet daromadlariga nisbatan xarajatlar farqi (defistiti) aniqlanadi; - davlat byudjetidagi respublika va mahalliy byudjetlar mablag‘lari ulushi aniqlanadi. Soliq tushumlarining rejalashtirilishi quyidagicha muddatlarda mo‘ljallanib amalga oshirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi, ya‘ni qisqa muddatli reja – odatta joriy bir yillik soliq tushumlarini rejalashtirish; va uzoq muddatli maqsadli reja – bir yildan uzoq muddatga rejalashtirish. Ikkinchidan, - soliq hisobini yuritish funksiyasi ya‘ni soliq organlari tomonidan soliqlarning umumiy buxgalteriya hisobini olib borish. Soliq ma‘murchiligining bu funksiyasida soliq to‘lovchilar sonining o‘zgarishi dinamikasi, belgilangan soliq va yig‘imlarning o‘z vaqtida byudjetga tushishi, soliq organlarining moliyaviy ahvoli. Bu borada quyidagi vazifalarni bajarilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi: - soliq to‘lovchilarni ruyxatdan o‘tkazib hisobini olib borish; - soliq to‘lovchilarni hisobotlari va deklarastiyalari buyicha ish yuritish; - soliq tushumlari buyicha ortiqcha to‘lov va boqimandalar hisobini yuritish; - ma‘lumotlar natijasini tahlil qilish. Uchinchidan, - soliq nazorati funksiyasi. Bu funksiyaning xususiyati samarali soliq ma‘murchiligining muhim sharti hisoblanadi. Soliq nazoratining asosiy maqsadi soliq to‘lovchilarning soliq to‘lovlaridan qochishini, buyin tovlashni oldini olishga qaratilgan. 21 Soliq nazoratining amaliyotdagi foydalaniladigan shakllari quyidagicha: - soliq to‘lovlarini o‘z vaqtida davlat byudjetiga tushushining nazorati; - soliq huquqbuzarliklarini oldini olish buyicha monitoring; - mavjud ma‘lumotlarga asoslangan holda qisqa muddatli, rejali tekshirish va hujjatli reviziya o‘tkazish; - tekshiruv materiallari buyicha ma‘muriy amaliyot yuritish ya‘ni qo‘llanilgan ma‘muriy va moliyaviy jarimalarning to‘lanishini nazorat qilish. To‘rtinchidan, - soliq munosabatlarini tartibga solish. Soliqqa tortish jarayonini boshqarishning murakkabligi shundan dalolat beradiki, soliqlar bir vaqtning o‘zida ham ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va xo‘jalik xususiyatiga egadir. Soliq ma‘murchiligining ob‘ekti, soliqqa tortish sub‘ektlaridan turli darajadagi byudjetlarga tushadigan mablag‘lar oqimini tashkil qiladi va amalga oshirish bilan yuzaga keladigan munosabatlar tizimini muvozanatlashtiradi. Soliqlar vositasida iqtisodiy jarayonlarni tartibga solish soliq ma‘murchiligining muhim qismi hisoblanib davlatning soliqlar orqali iqtisodiyotni boshqaruvi va soliqlar vositasida soliq munosabatlarini rag‘batlantirish tizimini tartibga solinishi quyidagi omillarni nazarda tutgan holda amalga oshirilishi kerak: - soliqqa tortish tizimini va tuzilmasining iqtisodiyoti uchun samarali shaklini ishlab chiqish; - soliq va yig‘imlar muddati, miqdorini o‘zgartirish; - soliq krediti ya‘ni imtiyozlar berish; - soliqqa tortishning umumiy darajasini o‘rnitish. Hozirgi paytda islohotlar sari iqtisodiyotni modernizastiyalash jarayonida O‘zbekiston iqtisodiyoti, xo‘jalik yurituvchi sub‘ektlar o‘rtasidagi huquqiy va moliyaviy munosabatlar sohasida yuz berayotgan islohiy o‘zgarishlar va shunga monand ravishda soliq siyosatini erkinlashtirilishida barqaror soliq ma‘murchiligini takomillashtirishimiz jahon talablariga javob beradigan soliq ma‘murchiligi, davlatning moliyaviy ehtiyojlari va soliq to‘lovchilarning moliyaviy salohiyatlari asosida optimallashtirilgan rejalarni tuzish, me‘yoriy 22 tartibga solish va soliq organlari bilan soliq to‘lovchilar o‘rtasidagi hamkorona soliq nazoratini tashkil qilish metodlariga asoslangan bo‘lishi lozim. Download 4.14 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling