Учебное пособие по курсу «Основы менеджмента». Гулистан, 2006. 170 с. Учебное пособие подготовлено на основании программы курса «Основы менеджмента»


«Menejment asoslari» fani bo`yicha 3-variant test savollari


Download 1.79 Mb.
bet72/77
Sana07.03.2023
Hajmi1.79 Mb.
#1247983
TuriУчебное пособие
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77
Bog'liq
portal.guldu.uz-MENEJMENТ ASOSLARI

«Menejment asoslari» fani bo`yicha 3-variant test savollari.


1. Qandaydir bir guruh tashkilot tushunchasiga mos kelishi uchun quyidagi talablardan qaysilariga javob berishi lozim:
A) kamida 3 ta odam a’zo bo`lishi va ular kerakli ishlab chiqarish resurslari hamda zaruriy strategik masalalarga ega bo`lishi;
B) kamida 4 ta odam a’zo bo`lishi va ular kerakli bilim, tajriba tadbirkorlik qobiliyatlari, asosiy ishlab chiqarish vositalariga biznes reja va kamida 2 ta aniq maqsadga ega bo`lish;
V) kamida 2 ta odam a’zo bo`lishi va hech bo`lmaganda bitta maqsadga ega bo`lishi hamda ushbu maqsadga erishish yo`lida birgalikda harakat qilayotgan guruh a’zolarining mavjud bo`lishi;
G) kamida 3 ta odam a’zo bo`lgan o`zining nizom jamg`armasi, biznes rejasiga ega va davlat organlari registratsiyasidan o`tgan odamlar guruhi;
2. Marketing faoliyatining asosiy muammolari bo`yicha qarorlar kim tomonidan qabul kilinadi ?
A) marketingni boshqaruvchi
B) kompaniya vitse-prezidenti
V) kompaniyaning direktorlar kengashi
G) ishchi personali
3. Aniq vaziyatda korxonanig maqsadlariga erishishda qaysi usul va vositalar ko`proq yordam ko`rsatishini boshqaruvchilar qaysi yondashuv yordamida aniqlashadi ?
A) ilmiy-texnikaviy yondashuv
B) tizimli yondashuv
V) yangi sifatli yondashuv
G) vaziyat yondashuvi
4. Rejalarni amalga oshirish uchun ishlab chiqarish tizimining yangi ijtimoiy, iqtisodiy, texnikaviy va tashkiliy elementlarini yaratish va tartibga solish jarayoni nima deb ataladi ?
A) rejalashtirish
B) tashkillashtirish
V) nazorat
G) motivatsiya
5. Aniq xulq atvorga undovchi motiv (rag`batlantiruvchi omillar) lar orqali nima ta’riflanadi ?
A) usullarning mazmuni
B) usullarning tashkiliy shakli
V) usullarni yo`naltirilganligi
G) usullarni ta’sir ko`rsatish xarakteri
6. Armiya va boshqa harbiylashgan tashkilotlarda qaysi usul ko`p tarqalgan?
A) tashkiliy
B) ma’muriy
V) iqtisodiy
G) ijtimoiy-psixologik
7. Quyidagi vazifalarning qaysi biri menejment vazifalariga tegishli emas?
A) rejalashtirish
B) motivatsiya
V) koordinatsiya (muvofiqlashtirish)
G) to`g`ri javob yo`q.
8. Тashkilotning ichki muhiti bu:
A) ichki o`zgaruvchilardan tarkib topgan bo`lib, ularga texnologiya, texnika, odamlar, vakolatlar va maqsadlar;
B) ichki o`zgaruvchilarning o`zaro aloqalaridan tashkil topib, ularga boshqaruv vakolatlari, odamlar, texnologiya, vazifalar va tadbirkorlik ko`nikmalari;
V) ichki o`zgaruvchilardan tashkil topib, ularga maqsadlar, boshqaruv tuzilmasi, vazifalar, texnologiya va inson kiradi;
G) tashkilotni iqtisodiy va xo`jalik faoliyatini ta’minlovchi barcha omillar, elementlar va tarkibiy qismlar yig`indisidan iborat;
9. Qisman va to`liq axborot qaysi omillar bo`yicha turlanadi ?
A) mo`ljali bo`yicha
B) ishonchligi bo`yicha
V) mazmuni bo`yicha
G) to`laligi bo`yicha
10. Birinchi ilmiy menejment maktabining asoschisi kim ?
A) F. Тeylor
B) R. Arkrayk
V) Т. Gobbs
G) A. Fayol
11. Тexnologiya bu:
A) texnika, asosiy ishlab chiqarish vositalari yig`indisi;
B) xom-ashyo, materiallar va axborotni qayta ishlash usullari yig`indisi;
V) sifatli va arzon tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishda qo`llaniladigan mehnat predmetlari va vositalari yig`indisi;
G) Vudvord va Тompson texnologiyalaridan iborat;
12. Тizimlar nazariyasi birinchi marta qayerda qo`llanilgan ?
A) aniq va tabiiy fanlarda
B) fakatgina tabiiy fanlarda
V) aniq fanlarda va texnikada
G) fakat aniq fanlarda
13. Boshqaruv va tashkillashtirishga nisbatan fikrlash usuli bo`lib nima hisoblanadi ?
A) vaziyat yondashuvi
B) yangi-sifat yondashuvi
V) ilmiy-amaliy yondashuvi
G) tizim yondashuvi
14. Dasturlash – bu . . .
A) nazorat
B) tashkillashtirish
V) motivatsiya
G) rejalashtirish
15. Menejment so`zi quyidagi so`zning sinonimi :
A) «boshqaruv» terminiga
B) «mehnat intensivligi» terminiga
V) «ishchini unumdorligi» terminiga
G) «mehnatni tashkil etish» terminiga
16. Adaptiv tuzilma:
A)tashqi muhit va o`zgarishlarga tez moslashuvchan tuzilma.
B)matritsaviy va loyihaviy tuzilmalardir.
V)gorizontal aloqalarga asoslangan bo`lib, tashkilot maqsadiga
samarali erishish usullari yig`indisi.
G) barcha ilg`or tuzilmalar yig`indisi.
17. Byurokratik tuzilma jihatlari:
A) mehnat taqsimoti, boshqaruv iyerarxiyasi, umumlashgan qoida va standartlarni o`zaro bog`liq tizimi;
B) tartib-intizom, adolat tamoyiliga rioya qilish, yakkaboshchilik asosida boshqaruv tizimi, boshqaruvda ma’muriy usullarning ustuvorligi;
V) ishga yollash, aniq, professional va malakaviy talablarga javob berishi asosida bo`ladi va buyruq zanjiri;
G) a, v;
18. Sub’ektivlik qaysi usullarning prinsipial xususiyati ?
A) tashkiliy
B) ma’muriy
V) ijtimoiy psixologik
G) iqtisodiy
19. A. Maslou nazariyasiga muvofiq-ehtiyojlar:
A) 4 xil: fiziologik, xavfsizlik, ijtimoiy va hokimiyatga intilish ehtiyojlari;
B) 5 xil: fiziologik, xavfsizlik, ijtimoiy, muvaffaqiyatga erishish va hokimiyatga intilish;
V) 2 ta guruh: fiziologik va ijtimoiy ehtiyojlar;
G) 2 ta guruh: birlamchi va ikkilamchi ehtiyojlar;
20. Qaysi asrda iqtisodiy usullardan foydalanish keng tarqalgan ?
A) XIX asr boshi
B) XIX asr oxiri
V) XX asr boshi
G) XX asr oxiri
21. Muammoni shakllanishi – qarorlarni boshqarish jarayonini qaysi bosqichiga tegishli ?
A) qarorlarni tayyorlash bosqichi
B) qarorlarni qabul qilish bosqichi
V) qarorlarni amalga oshirish bosqichi
G) qarorlarni tayyorlash va qabul qilish bosqichi
22. Ob’ekt to`g`risida har tomonlama to`liq ma’lumot beruvchi va qarorlar qabul qilishga bevosita imkon yaratuvchi axborot nima deb ataladi ?
A) iqtisodiy
B) bir maqsadlik
V) xuquqiy
G) to`liq
23. Kirishuvchanlik (kommunikatsiya) davrida tomonlar :
A) qo`shiq aytishi, o`ynashi, eshitishi
B) yurishi, sakrashi, ko`rishi
V) eslab qolishi, o`qishi, yozishi
G) eshitish, ko`rish qobiliyatiga ega bo`lishlari kerak
24. Boshqaruv darajalari o`rtasidagi o`zaro vertikal aloqalarni menejment texnologiyasini tashkil etuvi qaysi omillar ta’minlaydi?
A) qaror qabul qilishda umumiy rahbarlik:qaror qabul qilish qoidasi, qaror qabul qilishda rejalar.
B) qaror qabul qilishda rejalar:maqsadli guruhlar va ularning qaror qabul qilishdagi roli
V) o`zaro harakatning matritsali turi: teng sharoitda guruhlarning o`zaro harakati
G) qaror qabul qilish qoidasi: o`zaro harakatni matritsali turi
25. Maqsadga erishish uchun resurslarni joylashtirish bo`yicha qarorlarni yig`indisi-bu
A) mazmun
B) reja
V) tarkib
G) tizim deb ataladi
26. Departamentlash-bu:
A) har xil lavozimlar, vakolatlar doirasining o`zaro munosabatini belgilash;
B) mexanik va organik turlarga bo`linib boshqaruv bo`g`inlari o`rtasidagi o`zaro aloqalarni ta’minlashga qaratilgan;
V) korxonani Funktsional bo`g`inlarga ajratish;
G) mehnat taqsimotining gorizantal va vertikal shakllari bo`lib, majburiyatlarni bajarishda ma’suliyatni oshirishga yo`naltirilgan;
27. Sotsiotexnik tizimning elementlari qaysilar ?
A) xom ashyo, mehnat resurslari
B) material, kapital
V) odamlar, kapital
G) odamlar va texnikalar
28. Oxirgi vaqtda qaysi mamlakatda notijorat tashkilotlariga nisbatan ham «menejment» tushunchasi ishlatila boshlandi ?
A) Germaniya
B) Italiya
V) Rossiya
G) AQSH
29. Boshqaruv funktsiyasi sifatida rejalashtirish mazmuni-
A) ob’ekt va sub’ekt faoliyatini muvofiqlashtirish negizida asosiy maqsadga erishishdan;
B) bozor talabi va moddiy resurslar manbaini hisobga olib, ishlab chiqarishni rivojlanish proporsiyalari va asosiy yo`nalishlarini asosli aniqlashdan;
V) tashqi muhit omillari ta’sirini inobatga olgan holda tashkilotning kuchli va kuchsiz tomonlarini aniqlash va resurslar taqsimotidan;
G) oliy rahbariyat tomonidan keng qatlamdagi mutaxassislarni jalb qilgan holda aniq maqsadlar, vazifalar belgilanib, unga erishish uchun butun mehnat jamoasini safarbar qilishdan iborat;
30. Rejalashtirish mohiyati:
A) ko`rsatilgan muddatda tashkilot va uning bo`linmalarini rivojlanish maqsadlarini aniqlash, vazifalarni bajarish muddatlari va ularning vositalarini belgilashda;
B) ichki va tashqi muhit omillari faoliyatini tahlil qilish va shu asosda uzoq muddatli qarorlar qabul qilishda;
V) qo`yilgan vazifalarni yechish uchun kerakli resurslarni izlab topishda namoyon bo`ladi;
G) a, v;
31. Menejment asoslari fanining predmeti:
A) korxonadagi boshqaruv tizimini;
B) boshqaruv tizimini rivojlanish tamoyillari;
V) rahbarlik usullari va san’ati, tadbirkorlik faoliyati turlarini boshqarish;
G) boshqaruv tizimini rivojlanish qonunlari va qonuniyatlarini;
32. Boshqaruv tizimi tarkibi;
A) menejerlar, rahbarlar va xodimlar;
B) boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlar;
V) iqtisodiy, ma’muriy va ijtimoiy usullar;
G) oliy, quyi va o`rta boshqaruv bo`g`inlari;
33. Menejmentni ilmiy yo`nalish sifatida shakllanishida rol o`ynagan omillar:
A) sanoat revolyutsiyasi, ishlab chiqarishni markazlashuvi va
kontsentratsiyasi, mehnat taqsimotini chuqurlashuvi;
B) iqtisodiy erkinlik, davlatni aralashmaslik siyosati, ta’limni rag`batlantirilishi;
V) yirik olimlarni izlanishlari va asarlari, yirik korxona va kompaniyalarning paydo bo`lishi;
G) a, b;
34. Respublikamizda yangi boshqaruv tizimi:
A) bozor munosabatlari, iqtisodiy erkinlik va mustaqillik, iqtisodiy usullarni ustuvorligiga, moddiy rag`batlantirishga asoslangan bo`lib, tezkor va egiluvchan, moslashuvchan bo`lishi lozim
B) tashqi muhit ta’siriga moslashuvchan, boshqaruv tamoyillari va qonunlari asosida, davlat tomonidan tartibga solinadigan bo`lishi;
V) aholi turmush darajasini oshiruvchi, ijtimoiy xarakterga ega, shaxsiy manfaatlarni ustuvorligiga asoslangan bo`lishi;
G) a, v.
35. Ma’muriy maktabning boshqaruvga qo`shgan hissasi:
A) mehnat unumdorligini oshirish usullari, yaxshi xodimlarni tanlash va o`qitish, boshqaruv tamoyillarini ishlab chiqish;
B) boshqaruv tamoyillarini rivojlantirish, boshqaruv funktsiyalarini tavsiflash, tashkilot boshqaruviga tizimli yondashuv;
V) boshqaruvda yondashuvlarni rivojlantirilishi, boshqaruvni iqtisodiy usullarini qo`llash, boshqaruvning inson omiliga e’tibor;
G) moddiy rag`batlantirishni kengaytirish, mehnat normalarini joriy etish, xodimlarni o`qitish, tashqi muhitni tahlil etish.
36. Insoniy munosabatlar maktabining boshqaruvga qo`shgan hissasi:
A) mehnat unumdorligi va ishlab chiqarish samaradorligini oshirishda inson omilini faollashtirish va uni ehtiyojlarini qondirish; FТТ yutuqlaridan foydalanish;
B) mehnat unumdorligi va ishdan qoniqish darajasini oshirishda shaxslararo munosabatlarni boshqarish usullarini qo`llash;
V) insonning xulqi to`g`risidagi fan xulosalarini tashkilot va odamlarni boshqarishda qo`llash;
G) b, v.

Download 1.79 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling