Учебное пособие подготовлено на основе типовой программы дисциплины «Гидрология рек»


Daryolar suv resurslarini muhofaza qilish


Download 6.22 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/200
Sana25.10.2023
Hajmi6.22 Mb.
#1720948
TuriУчебное пособие
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   200
Bog'liq
pdf

22.5. Daryolar suv resurslarini muhofaza qilish 
 
Ma’lumki, suv resurslarini muhofaza qilish ikki yo‘nalishda olib 
boriladi. Birinchisi, miqdoriy jihatdan kamayishdan saqlash bo‘lsa, 
ikkinchisi, uning ifloslanish va minerallashish darajasining ortib 
ketishining oldini olishdir. Hozirgi vaqtda o‘lkamizda yuqoridagi har ikki 
yo‘nalish ham juda muhimdir. 


216 
Respublikamizda suv resurslari cheklangan bo‘lishiga qaramay, uni 
tejashga kam e’tibor berilayapti, natijada, suvning ko‘p qismi bekorga sarf 
bo‘lmoqda. Deyarli barcha iste’molchilar doimiy ravishda me’yordan ko‘p 
suv olishga harakat qiladilar. Bu esa ekin maydonlarida yer osti suvlari 
sathining ko‘tarilishiga, yerlarning qayta sho‘rlanishiga olib kelmoqda. 
O‘z navbatida sho‘rni yuvish uchun yana katta miqdorda suv sarflanib, 
natijada, sug‘oriladigan yerlarda hosil bo‘ladigan qaytarma suvlar miqdori 
ham ortmoqda. Shundan ko‘rinib turibdiki, sug‘orishda suvni tejashning 
katta imkoniyatlari mavjud. Bunga, avvalo, kanallar o‘zanini betonlash
nov (lotok)lardan foydalanish yo‘li bilan sug‘orish tarmoqlarining foydali 
ish koeffitsiyentini 0,7­0,8 ga yetkazib hamda yuqorida aytilganidek, 
sug‘orishning ilg‘or usullarini qo‘llash bilangina erishish mumkin. 
Suv resurslarini kamayishdan saqlashning asosiy rezervlaridan yana 
biri sug‘orishda qaytarma suvlardan unumli foydalanishdir. Resrublikada 
bu suvlar, asosan, ekin maydonlaridan, sanoat korxonalaridan va 
maishiy­kommunal tarmoqlardan qaytgan suvlardan tashkil topgan bo‘ladi. 
F.E.Rubinova ma’lumotlariga ko‘ra, 1971­1975 - yillarda Farg‘ona 
vodiysida irrigatsiya maqsadlarida yiliga o‘rtacha 19 km
3
suv sarflangan 
bo‘lsa, hosil bo‘lgan qaytarma suvlar 9 km
3
ni tashkil etgan. Xuddi shu 
davr uchun Mirzacho‘lda yiliga 6,3 km
3
suv olinib, qaytarma suvlar 2,2 
km
3
ga teng bo‘lgan. Amudaryo havzasida esa turli sug‘orish massivlarida 
1961­1980 - yillar mobaynida qaytarma suvlar umumiy olingan suvning 
19,2 foizidan 62,6 foizigacha o‘zgarib turdi. 70­yillarning oxiriga kelib 
qaytarma suvlarning potensial qiymati Amudaryo havzasida yiliga 24,1 
km
3
ni (sug‘orishga olingan suvning 49,3 foizi), Sirdaryo havzasida esa 
15,8 km
3
ni tashkil etdi (22.5­jadval). 
22.5­jadval 

Download 6.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   200




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling