Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Birinchi guruhga o‟ta quvvatli, ochiq turdagi, tarmoqda foydalanishga 
mo‟l-jallangan va ko‟plab ilovalarga ega tizimlar kiradi. Tizimning ochiqligi 
foydala-nuvchiga o‟zi hohlagan qo‟shimcha masalalarni yechishga, yangi 
formatdagi ma‟lumotlarga, hamda turli xil ilovalar orasidagi aloqalarga 
qiyinchiliksiz moslashishni ta‟minlaydi. Bu guruhda ko‟proq tanilgan GAT 
Intergraph firmasiniki va Frc/info tizimi hisoblanadi. Ular turli xil rejimda 
ishlaydigan kartografiya materialini raqamli shaklga keltirish blokiga ega, ko‟p 
raqamli tashqi qurilmalardan foydalanadi, ko‟p kanalli rejimda ishlaydi, menyuni 
to‟g‟rilashga yo‟l quyadi, turli xil murakkablikdagi dasturlash tillari o‟rnatmasiga 
ega, foydalanuvchilar ilovalarini yuqori darajadagi tillarda (Cu 
++
va Pascal) yozish 
imkonini beradi. 
Ikkinchi guruh ham asosan ochiq tizimlardan tashkil topgan, ko‟proq 
geodeziya sohasidagi yirik miq‟yosli ilovalarga yo‟naltirilgan; uning asosida 
obyektlarni joylarga bog‟lashni ta‟minlovchi turli xil o‟lchashlar va hisoblashlar 
o‟tkaziladi. Bu tizimlar foydalanuvchilar interfeyslari, ma‟lumotlarni kiritish 
imkoniyatlari bo‟yi-cha ojizroq, biroq aniq masalalarni yechishda samaraliroq va 
arzonroqdir. Ularga QGis, ProCart, FinGis, Gradis, Grical/Grivis, Sistem-9 va 
boshq. kiradi. Ular quvvatli, zarur qo‟shimcha qurilmalar bilan ta‟minlangan ishchi 
stantsiyalarga o‟rnatiladi. 
Uchinchi guruhga yanayam quvvatsizroq, stolda ishlatiladigan oddiy 
shaxsiy kompyuterlar asosida ishlaydigan GATlar kiradi. Ularda tarmoq 
tomonidan qo‟llab quvvatlash yo‟q yoki yetarlik darajada emas, ma‟lumotlar 
bazasi hajm va bajariladigan operatsiyalar tezlik bo‟yicha cheklangan. Bu guruh 


24 
GATlariga MapInfo, WinGis, ArcView, AtlasGis, GeoGraf va boshqalar kiradi. 
Ular asosan ilmiy, o‟quv va ma‟lumot olish maqsadlarida foydalanish hamda 
kattaroq GATlar uchun ma‟lumotlar tayorlashga mo‟ljallangan. 
Yer kadastrining avtomatlashtirilgan tizimlari rivojlanishi, turli xil yerlar va 
ular bilan bog‟liq ko‟chmas mulklarni baholash, hisobini olib borish bilan bog‟liq 
tasvirga olishlar, avtomatlashtirilgan boshqarish tizimlari va avtomatlashtirilgan 
xaritalash maxsus yer axborot tizimlari (YAT, ing. LIS) paydo bo‟lishiga olib 
keldi. Ular yer tuzish ishlarini bajarishda ham keng qo‟llanila boshladi. 
Yer tuzish izlanishlarida GAT hududlar to‟g‟risidagi ma‟lumotlarni yig‟ish, 
uzatish, saqlash, tahlil qilish, ko‟rsatish va chiqarish tizimi sifatida katta 
ahamiyatga ega. Xususan YTLAT va GAT hududga bog‟langan ma‟lumotlarni yer 
tuzishni loyihalash maqsadida to‟plash va foydalanish imkonini beradi. 
GAT o‟zida yaxshi ishlangan MBBTga va yer sathini tavsiflaydigan 
ma‟lumotlarni boshqarish maqsadida yuqori darajali kompyuter grafikasiga ega. 
GAT obyektlar yoki yer sathini tavsiflovchi turli xil turdagi ma‟lumotlarni – 
koordinatalar, shakllar, kenglik bo‟yicha ma‟lumotlar, yozma ma‟lumotlar va 
sonlarni qayta ishlash imkonini beradi. Barcha turli xil ma‟lumotlar bitta modelga 
jamlanadi. Undan keyin chizmaga asoslangan interaktiv asboblar ma‟lumotlarni 
boshqarishni, ularni tuzatishni, so‟rovlar yaratishni, tahlilni va natijalarni 
chiqarishni ta‟minlaydi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib GATga quyidagi ta‟rifni berish mumkin. 
GAT - mashina - dastur majmuasi bo’lib, atrof muhitni inventarizatsiya-
lash, tahlil qilish, modellashtirish, bashoratlash va boshqarish bilan bog’liq 
hamda ta’lim sohasida tushunish maqsadida, ilmiy va amaliy masalalarni 
yechishda samarali foydalanish uchun, aniq hududga taalluqli kenglikka 
bog’langan ma’lumotlarni va boshqa axborotlarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash, 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling