Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
Identifikatsiya bosqichi bo‟lg‟usi ET yechishi kerak bo‟lgan masalalarni
tushunish va unga qo‟yiladigan talablarni shakllantirish bilan bog‟liq. Ushbu bosqichda tizim nima qiladi va qanday resurslardan foydalanish kerak degan savolga javob olish kerak (masalani identifikatsiyalash, loyihalash jarayoni ishtirokchilarini va ularning o‟rnini aniqlash, resurslar va maqsadlarni ko‟rsatish). Masalani identifikatsiyalash uning shaklsiz (verbal) bayonnomasini tuzishdan iborat bo‟lib, unda quyidagilar ko‟rsatiladi: masalaning umumiy tavsifi; uning ichida ajratiladigan bo‟lak masalalar; kalitli tushunchalar (obyektlar), 125 ularning kiruvchi va chiquvchi o‟lchamlari; yechimning taxminiy ko‟rinishi hamda yechilayotgan masalaga tegishli bilimlar. Kontseptualizatsiya bosqichida muammoli soha mazmunli taxlil qilinadi, foydalaniladigan tushunchalar va ularning o‟zaro aloqalari ko‟rsatiladi, masalani yechish usullari aniqlanadi. U bilim sohasining o‟z ichiga asosiy qoidalar va munosabatlarni oladigan modelini yaratish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda masalaning quyidagi xususiyatlari aniqlanadi: foydalaniladigan ma‟lumotlar turla- ri; boshlang‟ich va chiqariladigan ma‟lumotlar, umumiy masalaning ichki masala- lari; foydalaniladigan strategiyalar va gipotezalar; obyektlar orasidagi o‟zaro aloqa-lar turlari; foydalaniladigan munosabatlar turlari (iyerarxiya, sabab-oqibat, bo‟lak-butun va sh.o‟.); yechish davrida foydalaniladigan jarayonlar; yechishni bajarish uchun zarur bilimlar tarkibi; yechish davrida foydalaniladigan jarayonlarga qo‟yi-ladigan cheklashlar turlari; qabul qilingan yechimlarni asoslash uchun foydalanila-digan bilimlar tarkibi. Formalizatsiya bosqichida barcha kalitli tushunchalar va munosabatlar qandaydir formallashtirilgan tilda bayon etiladi, u yoki mavjud tillar orasidan tanlanadi, yoki yangidan yaratiladi. Boshqacha aytganda, ET masalasini tanlangan formal tilda yechish bayonini shakllantirish asosida, deklarativ va protsedura bilimlarini taqdim etish usullari va ko‟rsatish vositalari tarkibi aniqlanadi. Xususan, bilimlarni taqdim etish usullari (Freymalar, sahnalar, semantik tizim va sh.o‟.), ularni manipulyatsiyalash usullari (mantiqiy xulosa, analitik model, statistik model va boshq.) va ularni interpretatsiyalash ko‟rsatiladi. Professional bilimlarni formallashtirishning asosiy muammolaridan biri to‟la yoki qisman bajarilishi mutaxassis bo‟lmagan ijrochiga yuklanishi mumkin bo‟lgan masalani aniqlashdir. Ekspert tizimlarida yechiladigan masalalarning formallashtirilganligi, ETlarning tugallangan nazariyasi va ularni loyihalashning metodologiyasi yo‟qligi, loyihalash jarayonida, ishlab chiqaruvchilarning ushbu muammoli soha to‟g‟risidagi bilimlari ko‟payishiga qarab, ETlarni yaratish tamoyillari va usullarini takomillashtirish zaruratiga olib keladi. Akademik G.S. Pospelov aytganidek 126 «ekspert tizimlarini yaratish oddiy buyurtmachi - bajaruvchi tizimi bo‟yicha borishi mumkin emas… Buning mumkin emasligiga sabab, aniq ekspert tizimi to‟ldirilishi kerak bo‟lgan bilimlar bajaruvchida emas, balki buyurtmachidadir…» Professional bilimlarni formallashtirish - bu yuqori malakali mutaxassislar tajribasini umumlashtirish, loyihaviy masalalarni yechish usullarini va ularning cheklashlarini umum qabul qilingan texnologik bayonlash qoidalari bo‟yicha rasmiylashtirishdir. Shunday bayonnomalarni tayyorlash imkoniyatidan kelib chi- qib, loyihaviy masalani yaxshi va kam formallashtirilgan turlarga bo‟lish mumkin. Yaxshi formallashgan deb shunday masalalarga aytiladiki, ular yechilishining ketma-ketligi tartibi shunchalik to‟la va tushunarli yozilganligi sa- babli, umuman mutaxassis bo‟lmagan bajaruvchi ham ushbu bayonnomadan foy- dalanib, malakali mutaxassis ishtirokisiz, qanoatlanarli yechimni olish imkoniyati- ga ega bo‟ladi. Bunda yechim shakli va mazmuni bo‟yicha faqat aytilgan bayon- nomaga va boshlang‟ich ma‟lumotlarga bog‟liq bo‟ladi (yaxshi formallashtirilgan loyihaviy yechimning tipik namunasi-injenerlik va texnik-iqtisodiy hisoblashlar). Kam formallashgan masalalarda faqat ayrim xarakatlarni bajarishning ketma-ketligini yozib ko‟rsatish mumkin. Bunday hollarda mutaxassis bo‟lmagan bajaruvchi bayonnomadan foydalanib, zarur bo‟lganda malakali mutaxassisdan maslahat olib turishi kerak. Mos tarzda olingan natija nafaqat bayonnoma va boshlang‟ich ma‟lumotlarga, balki masalani yechishda qatnashayotgan mutaxassisning tajribasi va malakasiga ham bog‟liq bo‟ladi. Qayd etish zarurki, yer tuzishning ko‟plab loyihaviy masalalari kam formallashtirilgan ko‟rinishda bo‟ladi. Masalan, almashlab ekish hududini tashkil etishning grafikaviy qismini ishlashda printsipial ahamiyatga ega qarorlarni qabul qilish uchun juda yuqori malaka talab etiladi va shu bilan bir qatorda, oddiy yaxshi formallashtirilgan xarakatlar ham bor (me‟yoriy ma‟lumotlarni yig‟ish, loyihaviy yechimlarni iqtisodiy asoslash va boshq.) Bajarish bosqichi maqsadi - talab etilgan masalalarni yechuvchi ETning bitta yoki bir necha turlarini yaratishdir. O‟xshash turlarini (prototiplarni) yaratish, uning bo‟laklarini dasturlashdan yoki ularni ma‟lum asbob vositalaridan 127 tanlashdan hamda bilimlar bazasini to‟ldirishdan iborat. Prototip ETga kiritilgan bilimlarni taqdim etish g‟oyalari, metodlari va usullarining yechilayotgan masalalarga mosligini tekshirishni ta‟minlashi kerak. Prototipni yaratish taqdim etishning tanlangan yechish metodlari va usullari, juda bo‟lmaganda, ushbu bilim sohasining qator masalalariga yaroqli ekanligini tasdiqlashi hamda bilimlar bazasi kengayishi sari shu turdagi barcha masalalarning yuqori sifatli va samarali yechimlarini olish tendentsiyasini namoyon etishi kerak. Sinash (testlash) bosqichida bilimlarni taqdim etishning tanlangan usulini va ET ishini to‟la baholash amalga oshiriladi. Tajriba foydalanishi bosqichida ET ning foydalanuvchilar uchun yaroqliligi aniqlanadi. Ekspert tizimlariga ham foydalanuvchi so‟rovi bo‟yicha, ham so‟roviga bog‟liq bo‟lmagan hollarda ma‟lumotlarni taxlil qilish, korrektsiyalash (to‟g‟ri- lash), sintez qilish va qaror qabul qilishni hamda qator analitik-klassifikatsiya vazifalarni bajarishni amalga oshirishga qodir ma‟lumotlar va bilimlar bazalariga ega, avtomatlashtirilgan axborot tizimlarining mustaqil sinfi sifatida qarash kerak. Xususan, ETlar kiruvchi ma‟lumotlarni guruhlar bo‟yicha taqsimlashni, maslahat berishni, xulosa qilishni, tashxis qo‟yishni, bashoratlashga o‟rgatishni, masalalar va obyektlarni identifikatsiyalashni, olingan natijalarni interpretatsiyalashni va sh.o‟. bajara olishi kerak. Ekspert tizimlarini an‟anaviy avtomatlashtirilgan axborot tizimlari bilan birlashtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Bunday komleks tizimning ekspert qismi zarur ma‟lumotlarni, ularga ishlov berish usullarini, turli xil ma‟lumotlar bazalaridagi ma‟lumotlarni sifatli qidiruvni ta‟minlash uchun qo‟shimcha vosita berishi mumkin. Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling