Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы
Download 3.13 Mb. Pdf ko'rish
|
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i
Ekspert tizimlari (33-rasm) – bu aniq amaliy masalalalarni yechishda baza
obyektlari bilan manipulyatsiya qilishni ta’minlovchi, ahamiyatli komponentlari bilimlar bazasi (ularni taqdim etish uchun belgilangan shaklga mos qurilgan) va chiqarish mexanizmidan iborat odam-mashina tizimidir. 33-rasm. Ekspert tizimi faoliyatining umumiy chizmasi Bilimlar bazasi o‟zida ekspert ma‟lumotlari to‟plamini ifodalaydi, ya‟ni, ma‟lum fan sohasidagi mutaxassislar bilimlari. Odatdagi ma‟lumotlar bazasidan farqli o‟laroq, bilimlar boshqacha taqdim etish shaklini talab etadi: buning uchunerkin tarkibli semantik tarmoqdan va doimiy tarmoqlar-freymalardan foydalani-ladi. Freymalar umumiy tushunchalarni bayonlaydi, slotlar va katakchalar, ularni aniqlashtiradi va natijada ET lari iyerarxik tarkibga ega bo‟ladi. «Yechuvchi» (chiqarish mexanizmlari bloki) yordamida ekspertlarning professional bilimlari va real vaziyatlar (masalaning kiruvchi ma‟lumotlari) orasida aloqalar belgilanadigan mantiqiy xarakatlar yig‟ilgan. Shunday qilib, ET eng asosiy bilim sohasi va mos masalalarni yechish usullari to‟g‟risidagi ekspertlarning tasavvurlari modeli hisoblanadi. Tizimning takomilligi ushbu bilim sohasiga tizim yaratuvchilarining qanchalik chuqur kirib borganliklariga, ya‟ni ularning tajribasiga bog‟liq bo‟ladi. ET ning bo‟laklarga ajratilgan tarkibi 34–rasmda keltirilgan. Foydalnuvchi so‟roviga asosan chiqarish moduli (yechuvchi) mavjud bilimlardan foydalanib, javobni qidiradi, bu qidirish, odatda, foydalanuvchi va ET orasidagi muloqat yordamida amalga oshiriladi. Agar masalaning yechilishi foydalanuvchida shubha Inson (ekspert, foydalanuvchi) Chiqаrish mexanizmi Bilimla rbazasi 123 uyg‟otsa, u tushuntirish talab etishi mumkin (bu vazifani rasmda ko‟rsatilmagan tushuntirishlar pastki tizimi bajaradi). 34-rasm. Ekspert tizimi tarkibi Bilimlarni o‟zlashtirish moduli, agar u ETga qo‟shilgan bo‟lsa, induktiv chiqarish tamoyilida faoliyat ko‟rsatadi; bunday modullarni ishlash endi boshlanayapti, shuning uchun ko‟pchilik mavjud ETlarda u yo‟q bo‟lishi mumkin. Ekspert tizimlarini yaratish – kompyuter dasturlarini yaratish, ma‟lumotlar bazalarini, axborot-izlash tizimlarini ishlab chiqishga nisbatan kamroq shakllangan jarayon. Buning sababi, ushbu sohaning yoshida (ETlar 30 yilga yaqin vaqtdan ЭТ маркази Foydalanuvchi so‟rovi Bilimlar bazasi taxrirchisi Ekspertlardan olinadigan bilimlar Ма‟lumot- lar bazasi Bilimlarni o‟zlashtirish moduli Bilimlar bazasi (bilim sohasi bo‟yicha ma‟lum dalillar, ushbu bilimlarni ko‟rsatuvchi formal qоidalar) Foydalanuvchi interfeysi Foydalanuvchi tushuntiruvchi Ciqarish mexanizmi (interpretator, rejachi) 124 buyon ishlanmoqda) emas, balki, turli xil bilim sohalarida kelib chiqadigan, yomon formallashtiriladigan masalalarning xilma-xilligidadir. Shunga qaramasdan ET yetarlik darajada keng qo‟llaniladi; ularni quyidagi turlar bo‟yicha klassifikatsiyalash mumkin: - interpretatsiya (kuzatilayotgan ma‟lumotlar bo‟yicha vaziyatlarni baholash); - bashoratlash (berilgan vaziyatdan kelib chiqishi mumkin bo‟lgan xulosalarni chiqarish); - tashxislash (diagnostika, texnik tizim ishidagi yoki inson organizmidagi buzilishlarni kuzatishlar ma‟lumotlari asosida chiqarish); - loyihalash (belgilangan cheklashlarni qoniqtiradigan obyektlarning shaklini qurish); - rejalash (ko‟zlangan maqsadga erishish uchun xarakatlar rejasini ishlab chiqish); - nazorat (xavf yoki kutilmagan vaziyat to‟g‟risida ogohlashtirish berish); - tuzatish (faoliyatdagi kamchiliklarni tuzatish bo‟yicha tavsiyalar berish); - ta‟mirlash (tizimda aniqlangan kamchiliklarni tugatish); - o‟qitish; - boshqarish (tizimni o‟zgaruvchi sturlioitlarga moslash). Hozirgi vaqtda o‟z ichiga 6 asosiy bosqichni oladigan ETni yaratishning ma‟lum texnologiyasi shakllandi: identifikatsiya, kontseptualizatsiya, formalizatsiya, bajarish, sinash va tajribali foydalanish. Download 3.13 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling