Учебное пособие подготовлено в соответствии с учебной программы


Nuqta – bu koordinatalari va ularga qo’shimcha ta’riflari bilan  tasvirlanuvchi obyektdir.  Tugun


Download 3.13 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/84
Sana06.11.2023
Hajmi3.13 Mb.
#1752168
TuriУчебное пособие
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84
Bog'liq
6F7NebSD4SKKLbJCFJVp2dDjB3o5ENWmElYBpo5i

Nuqta – bu koordinatalari va ularga qo’shimcha ta’riflari bilan 
tasvirlanuvchi obyektdir. 
Tugun – bu chiziq yoki poligon turidagi kenglik obyektlarini vektorli 
ko’rinishdagi egilishining boshlang’ich yoki oxirgi nuqtasi bo’lib, u atributlarga 
ega va unda kesishadigan egilishlarning barchasi bilan topologik aloqalarni 
belgilaydi. 
Chiziq - bu vektor ko’rinishidagi kenglik obyekti bo’lib, plandagi aniq 
koordi-natalarga ega, kamida ikkita ketma-ket turgan nuqtalardan tashkil etilgan 
bo’ladi. 
Poligon - vektor ko’rinishidagi ikki o’lchamli obyekt bo’lib, yopiq ketma-
ketlikda ulangan egri chiziqlar, yoylar va segmentlardan tashkil topgan ichki 
nuqtalari va qo’shimcha tasvirlari bilan aniqlanadi. 
Turli doim bazaviy va yordamchi qatlamlarni ajratish maqsadga muvofiqdir. 
Bazaviy qatlam bilan yordamchi qatlamga nisbatan ko‟proq ishlanadi. Yordamchi 


58 
qatlam ekranga chiqarilishi mumkin, lekin unda ishlash mumkin emas (masalan, 
tasvirni tahrirlash uchun). Barcha qatlamlar bilan ishlashni vaqtinchalik 
qatlamlarni qo‟shish va ajratish mexanizmi ta‟minlaydi hamda bazaviy qatlamlarni 
vaqtinchalik qatlamga va teskarisiga aylantiradi. 
4.2. Grafikaviy taxrirchi – YTLATning tarkibiy qismi sifatida 
Grafikaviy taxrirchi – YTLATning tarkibiy qismi hisoblanadi va rastrli 
tasvirni vektorli shaklga aylantirishni ta‟minlaydi. 
Rastr – bu tasvir elementlarining (piksellar) to’g’ri burchakli raqamli 
matritsasidir; piksel – tasvir elementi (tasvirning eng kichik bo’lagi) bo’lib, tas- 
virni diskretlash natijasida olinadi. 
Rastrli ko’rsatish (ma’lumotlarning rastrli modeli) – bu obyekt sinfi 
qiymatlari biriktirilgan rastr kataklari (piksellar) to’plami shaklidagi kenglik 
obyektlarining raqamli ko’rinishidir. 
Kenglik – lokal ma’lumotlar (kenglik obyekti to’g’risidagi ma’lumotlar, 
kenglik ma’lumotlari, geografik ma’lumotlar) – bu kenglik obyektlari to’g’risidagi 
raqamli ma’lumotlar bo’lib, o’z ichiga ularning xususiyatlari (kenglik va 
nokenglik atributlari) va ularni kenglikda lokallashtirish to’g’risidagi 
ma’lumotlarni oladi. 
Grafikaviy redaktor YTLAT MBning o‟rnini tashkil etuvchi qismi 
avtomatlashgan tarzda to‟g‟rilash bilan monitor ekranidagi raqamli tasvirni 
tahrirlashni ta‟minlovchi funktsiyalar to‟plamiga ega bo‟lishi kerak. 

Download 3.13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling