Ученый XXI век
Download 1.16 Mb. Pdf ko'rish
|
ona-tili-darslarida-talabalarning-insholarini-tahlil-qilish-usullari
Ученый XXI века • 2020 • № 12-1 (71) 53 WAYS TO ANALYZE STUDENT ESSAYS IN NATIVE LANGUAGE CLASSES M.D. Tilavova 1 , B.Q. Sapayeva 2 Abstract This article explores a set of ideas for writting essays and analyzing pupils's es- says, one of the types of written work. Keys words: written speech, essay, literacy, orthography, lexical error, methodically er- ror, morphological error. Insho – o‘quvchilar mustaqil ravishda yaratadigan ijodiy ishning oliy ko‘rin- ishidir. Insho o‘quvchining o‘zligi demakdir. Uning tafakkuri, dunyoqarashi, narsa, voqea-hodisalarga munosabati, tarbiyalanganlik darajasi, mustaqil turmushga tayyorligini belgilovchi bosh me’yor ham inshodir. Boshqacha aytganda, insho bolaning qiyofasini aks ettiruvchi bir ko‘zgudir. O‘quvchi ijodiy asar yaratish maydoniga ona tili fani orqali kiradi va bu asarning ilk sabog‘ini ham u ona tili fanidan oladi. Ona tili fani o‘quvchiga ijod qilish uchun zarur ozuqa beradi.Insho o‘quvchining ona tilidan egal- lagan bilimlarini o‘zida mujassamlashtiradi. Til hodisalari insho orqali o‘quvchining ijodiy – amaliy faoliyatiga ko‘chadi.Insho yozma nutqni rivojlantirishning eng asosiy vositalaridan hisoblanadi. “O‘zbek tilining izohli lug‘atida” “insho” atamasi shunday izohlanadi: “Insho – (tashkil etish; yaratish, qurish, barpo qilish; ijod, bayon, tahrir) o‘quv yurtlarida ona tili va adabiyotdan yozma ish”. [4. ‒ Б. 257] Insho bayondan farq qiladi. Bayonda o‘zgalarning fikri, ya’ni tayyor material o‘zlashtirilib, izchil ravishda qayta bayon etilsa, inshoda tanlangan mavzu yuzasidan yig‘ilgan material asosida shaxsiy fikr-mulohazalar bildiriladi. Inshoning xususiyatlari- dan biri uning mavzu materialidir. Badiiy asarda obrazlar orqali berilgan muallif g‘oyasi mavzu bilan uzviy bog‘liq holda yoritiladi. Mavzu va g‘oyani aniq belgilab olmasdan va zarur material, faktlar yig‘may turib, inshoni muvaffaqiyatli yozish mumkin emas. Fakt- dalillarsiz insho mazmunsiz, quruq gapdan iborat bo‘lib qoladi. Insho tuzilishi jihatdan kirish so‘zi bilan boshlanib, so‘ngra mavzu, g‘oya yoritiladi. Keyin esa xulosalanadi. Xullas, mavzu, g‘oya, material, faktlar, reja hamda xulosa inshoning asosiy nazariy vositalaridir. Kuzatish va tajribalar shuni ko‘rsatyaptiki, uzluksiz ta'lim tizimining bar- cha bosqichlarida o‘quvchining og‘zaki va yozma nutqini rivojlantirishga ajratilgan dars soatlari miqdori yetarli bo‘lsa-da, o‘quvchilarning yozma nutqi borasidagi natijalar qoniqarli emas. Buning asosiy sabablaridan biri hozirgacha adabiy ta'limda insholarni tashkil etishning ilmiy-metodik asoslari belgilab olinmagani, o‘qituvchilarning o‘quvchilar inshosini tashkil etishda yetarli darajada bilimga ega emasliklari, tarbiya- lanuvchilarning yozma nutqini o‘stirish bilan bog‘liq ishlarning yetarli emasligidir. Orfografiya o‘qitishda o‘quvchilarning savodxonlik darajasini o‘rganish, ularning orfogafik va punktuatsion xatolarini tuzatish, ularni hisobga olish va baholash, xatolarni tugatish usullari alohida o‘rin tutadi. Maktabda o‘tkaziladigan barcha turdagi yozma ishlar o‘quvchilarning savodxonligini aniqlash vositasi hamdir. Binobarin o‘quvchilarn- ing savodxonligini aniqlashda yozma ishlarning hamma turlaridan foydalanish mum- kin. O‘quvchilarning orfografik malakasi haqida tasavvur ta'sir qilish uchun ko‘proq nazorat diktant, hamda insho va bayonlardan foydalanish tavsiya etiladi.O‘qituvchi o‘quvchilarning yozgan ishini tekshirib, xatolarini tuzatib bormasa, o‘quvchi keyingi mashqlarni bajarishga qiziqmaydi, bajarsa ham, xatolarga beparvo qaraydi. O‘quvchi o‘zining har qanday yozma ishi o‘qituvchining e`tiborida bo‘lishini sezib turishi kerak. Bu o‘quvchiga ilmiy oziq beradi. 1 Download 1.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling